Sanoat binolarining hajmiy-rejaviy yechimi Sanoat binolari qavatini tanlash


Oraliqlar hajmiy-rejavii parametrlari: eni, balandligi va ustun qadamidan tashkil topadi. Oraliq eni l


Download 117.44 Kb.
bet3/4
Sana04.04.2023
Hajmi117.44 Kb.
#1328802
1   2   3   4
Bog'liq
2 maruza

Oraliqlar hajmiy-rejavii parametrlari: eni, balandligi va ustun qadamidan tashkil topadi. Oraliq eni l - ko’ndalang rejalash o’qlari orasidagi masofa bo’lib, u ko’priksimon kran oralig’i va kran osti yo’li relьsi o’qidan rejalash o’qigacha bo’lgan masofaning ikki ko’payganiga teng.
Kransiz oraliqlar eni rejalash o’qlari orasidagi masofaga teng qilib olinadi.
Ustunlar qadamini (ko’ndalang rejalash o’qlari orasidagi masofa) tanlash tehnologik jihozlar gabariti va joylashtirish usuli, chiqarilayotgan mahsulotlar o’lchami, ichki ko’tarish-tashish mexanizmlari turiga bog’liqdir. Keng ko’lamda tarqalgan ustunlar qadami 6m va 12 m.
Oraliq balandligi (pol yuzasidan yopma yuk ko’taruvchi tuzilmasi pastki qismigacha) texnologik, sanitar - gigienik talablariga bog’liq bo’ladi.
Oraliq uzunligi grafik usulda, ya’ni texnologik jihozlar maketlari o’tish joylari, yo’llar eni hisobga olgan holda joylashtirish yo’li bilan, yoki analitik usulda, ya’ni quvvati hisobga olingan tsex umumiy maydonini qabul qilingan eniga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi.
Sanoat binolari profili deganda, uning ko’ndalang kesimi ko’rinishi tushuniladi. Profilni tanlashda texnologik, yorug’lik va havo almashuvi, qurilish tuman iqlimi, tom qiyaligi talablari asosiy hisoblanadi.
BINOLARNING TUZILMAVIY SXEMALARI
Tuzilmaviy sxemalari bo’yicha sanoat binolar karkasli, karkassiz, to’liksiz karkasliga bo’linadi.
Bir qavatli sanoat binolari karkasi fazoviy sistemali bo’lib, ko’ndalang ramalar harorat bo’lagi oralig’ida yopma plitalar bog’lovchilar bilan ba’zi hollarda stropila osti tuzilmalari bilan birlashtiriladi.
Ko’ndalalang rama ustunlar va stropila tuzilmalar (rigellardan) tashkil topadi.
Karkasli binolarda hamma vertikal va gorizontal yuklarni karkas elementlari qabul qiladi, devorlar (o’z yukini ko’taruvchi, osma) faqat yopma vazifasini o’taydi.
Karkasli tuzilmaviy sxema, xonalari oddiy rejalash, yig’ma elementlarni maksimal unifikatsiyalashda, bir va ko’p qavatli binolar iqtisodiy yechimini topishida qulay hisoblanadi.
Karkassiz bir qavatli binolar, yuk ko’taruvchi devorli bo’lib, unga oralig’i 12 m gacha, balandligi 6 m, kranning yuk ko’tarishi 5 t gacha bo’lgan tsexlari joylashadi.
Ikki oraliqli yoki ko’p, kransiz yoki kranni yuk ko’tarishi kamroq bo’lgan binolar, baьzi hollarda to’liqsiz karkasli loyihalanadi. Bunday binolarning devor tagi ustunlari yo’q bo’lib, tashqi devorlar yuk ko’tarish va o’rash vazifasini bajaradi.
Alohida ishlab chiqarish rejimidagi sanoat binolariga issiq namlik ko’p bo’lgan, kimyoviy, yonadigan va portlaydigan mahsulot chikaradigan tsexlar kiradi.
Loyihaniig texnologik qisminn tayyorlashda ko’rilgan maxsus tadbirlar, bino tuzilmatariga bo’ladigan ishlab chikarishni salbiy ta’sirlarini qisman kamaytiradi.

Download 117.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling