Sanoat ekologiyasi reja: Sanoat yoki keyingi paytlarda muhandislik ekologiyasi


Download 23.12 Kb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi23.12 Kb.
#1593170
1   2   3
Bog'liq
13 маъруза

3. Suv muhiti – Gidrosfera
Okeanlar, dengizlar, daryo, ko’llar, botqoqlik, yer osti suvlari, muzliklarning jami va atmosfera havosidagi suv bug’i gidrosferani tashkil qiladi. Okeanlar va dengizlar organizmlarning yashash muhitini va yerda ob-havoni ta’minlashda yetakchi ahamiyat kasb etadi. Okeanlarning yuza qismidagi fotosintezlovchi organizmlar atmosferadagi kislorodning yarmini hosil qiladi hamda baliqlar va mollyuskalarning ozig’i bo’lib hisoblanadi. Tabiiy suv havzalar undagi biotik va abiotik omillar hisobiga, erimaydigan zarrachalarni cho’kishi tufayli o’zini tozalab turadi.
Gidrosfera ham atmosfera kabi ifloslanadi, klassifikatsiyalanishi quyidagiga:
1. Ifloslanish manbasiga ko’ra: dengizlarni hamda quruqlik suv havzalarini ifloslanishi.
2. Texnologik jarayonlar orqali ifloslanish.
3. Kimyoviy tarkibiga ko’ra ifloslanish. Bu o’rinda 30dan ortiq xildagi kimyoviy elementlardan iborat og’ir metallar bilan ifloslanish hisoblanadi. Ular orasida eng xavflisi simob, qo’rg’oshin va kadmiy hisoblanadi. Har bir og’ir metall birikmasining ta’siriga ma’lum darajada moslashib shu metallni tanasida to’playdigan organizmalar mavjud. Keyinchalik oziq zanjiiri orqali ular boshqa gidrobiontlarning hujayra to’qimalariga shu jumladan baliqlarga ham tushadi.
Suv havzalarining tozaligini saqlash asosiy talab hisoblanadi. Bu talab belgilangan ruxsat etilgan moddalarning konsentrasiyalarini o’zgarmasligini ta’minlashdan iborat.
Turli moddalarning zararlilik xususiyatlari albatta turlichadir.
A) organoletik xususiyatlari -hidi, rangi, mazasini o’zgartiradi. Ko’pik yoki parda hosil qiladi.
B) Umumsanitar-o’zini tozalash jarayonlarining borish tezligiga ta’sir qiladi;
V) Toksikologik-odam va hayvonlarning (suvdagi) organizmiga ta’sir qiladi.
Oqava suvga ruxsat etilgan tashlanayotgan moddani hisoblashda suvning o’rtacha soatdagi sarfi hamda suv havzasining gidrokimyoviy va biokimyoviy xususiyatlari hisobga olinadi.
4. Zamin - tuproq
Zamin-tuproq bu- organik mineral tabiatli jins bo’lib, quruqlikdagi biotik va abiotik omillarning uzoq vaqt davomidagi o’zaro ta’siri natijasida yuzaga kelgan. Tuproqda, qattiq, suyuq va gazsimon tarkiblar bor. Mineral-qattiq tarkibning yarmidan ko’pini kremniy to’rt oksidi (SiO2), to’rtdan birini alyuminiy olti oksidi(Al2O3), o’ndan birini temir oksidi Fe2O3 tashkil qiladi.
Tuproqning unumdorligi undagi chirindi-gumus miqdoriga bog’liq bo’lib mikroorganizmlar parchalagan o’simlik va hayvonlarning qoldiqlaridan iborat.
Tuproqda ham o’zini tozalash jarayonlari ro’y beradi. Bu jarayon juda sekin sodir bo’lib undagi bakteriya, zamburug’ va sodda hayvonlarning hayot faolliklari bilan bog’liq ravishda amalga oshadi. Tuproqda zaharli ta’sir etadigan moddalarning to’planishi natijasida geokimyoviy muhit va tirik organizmlarning orasidagi munosabatlar buzilib – cho’llanish yuzaga keladi. Antropogen ta’sirdan tuproqdagi jarayonlar tabiiy holdagidan 100-1000 marta tezlashib ketadi. Buning natijasida tuproqning unumdorligi yuqoladi.
Tuproqlarning ifloslanishi atmosfera havosi va suv qanday tarzda ifloslansa shu yo’llari bilan bo’ladi. Zero sanoat, transport va boshqa sohalar tashlayotgan qattiq va suyuq moddalar u yoki bu yo`l bilan tuproqqa keladi.


Savollarga javob bering

  1. Atmosfera havosi qanday ifloslanadi?

  2. Atmosfera havosining ifloslanishini sanitar-gigienik ko’rsatkichlari nimalardan iborat?

  3. Atmosferaning ifloslovchi asosiy kimyoviy birikmalarini tavsiflang?

  4. Gidrosfera qanday ifloslanadi?

  5. Tuproq uni ifloslanishi haqida ma’lumotlar keltiring.



Download 23.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling