Sanoat iqtisodiyoti” fanidan O‘quv materiallari samarqand 2022 kirish
Fan-texnika taraqqiyotining samaradorligini baholash
Download 0.85 Mb.
|
3.O\'quv materiallari
5.3. Fan-texnika taraqqiyotining samaradorligini baholash
Yangi texnika va texnologiyani joriy etish uchun uning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligni aniqlash kerak bo‘ladi. Shu sababli yangi texnika va texnologiyani joriy etish asosida xalq xo‘jaligida, jumladan, sanoat ishlab chiqarishida yuqori ko‘rsatkichlarga erishish uchun texnik chora-tadbirlarning qaysi biri foydali ekanligini aniqlash zarur. Texnik tadbirlarning asosiy guruhlari quyidagilardan iborat: mashina va mexanizmlar, jihozlar va asboblarning yangi hamda takomillashgan turlari va konstruksiyalari; xomashyo, materiallar, yoqilg‘i va energiyaning yangi turlari; texnologik jarayonlarning yangi va takomillashgan turlari; mahsulotning ximik va fizik xossalarini, parametr va assortimentlarini yaxshilash; texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish; jihozlarni modernizatsiyalash; bino va inshootlarning yangi tiplarini yaratish; mehnatni tashkil etish va boshqarishning yangi va takomillashgan usullari; ixtirochilik va ratsionalizatorlik takliflari. Korxonalar, tarmoqlar va tarmoqlararo komplekslarda ishlab chiqarish sur’atini tezlashtirish, mahsulot hajmini ko‘paytirish, uning sifatini oshirish, ishlab chiqarishning foydaliligini ko‘tarish uchun fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish kerak bo‘ladi. Bu ish ma’lum chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobiga bo‘lishi mumkin. Chora-tadbirlar albatta samarali bo‘lishi kerak. Uni hisobga olmasdan, bahslashmasdan fan-texnika bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqarishga joriy etilmaydi. Fan-texnika taraqqiyoti tadbirlari iqtisodiy samarasini hisoblash tartibi rasmiy hujjatlar, ya’ni metodik qo‘llanmalarda izohlab berilgan. Ularga quyidagilar kiradi: kapital qo‘yilmalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash bo‘yicha Namunali (Tipovaya) metodika; iqtisodiyotda yangi texnika, ixtirochilik va ratsionalizatorlik tavsiflaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash metodikasi; korxonalar va ishalb chiqarish birlashmalari boshqaruvining avtomatlashtirilgan sistemasining iqtisodiy samaradorligini hisoblash metodikasi; boshqaruvning kompyuterlashtirilgan tizimining samaradorligini aniqlash metodikasi; mehnatni ilmiy tashkil etish, ya’ni MIT bo‘yicha tadbir-choralarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash metodikasi; atrof-muhitni muhofaza etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun sarflangan harajatlarning iqtisodiy samarasini aniqlash uchun vaqtinchalik metodika. Undan tashqari, tarmoq vazirliklari, ilmiy tekshirish institutlari, loyiha tashkilotlari, oliy o‘quv yurtlari ham metodik materiallar tayyorlashi mumkin. Texnika taraqqiyoti eng avvalo yangi texnikani yaratish orqali amalga oshiriladi, ro‘y beradi. Shu sababli yaratilgan va joriy etilayotgan texnika samarali yoki samarasizligini bilish kerak bo‘ladi. Demak, samarani o‘lchash va baholash kerak. U qanday qilib aniqlanadi? Yangi texnikaning iqtisodiy samaradorligi barcha sanoat tarmoqlarida, ilmiy-tekshirish institutlarida, loyihalash tashkilotlarida tegishli tadbirlarni avvalgi yillardagi o‘zlashtirish natijalarini ifodalovchi hujjatlar asosida aniqlanadi. Yangi texnika samaradorligini hisoblash qiyosiy samaradorlikni aniqlash tamoyillariga asoslanadi. Hozirgi kunda bunday hisob-kitoblar xalq xo‘jaligida yangi texnikadan, ixtirochilik va ritsionalizatorlik takliflaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash metodikasi asosida amalga oshiriladi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling