Sanoat iqtisodiyoti” fanidan O‘quv materiallari samarqand 2022 kirish
Diversifikatsiyalash. Uning mohiyati, ahamiyati va mazmuni
Download 0.85 Mb.
|
3.O\'quv materiallari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6 .6. Kooperativlashtirish . Uning shakllari va ko‘rsatkichlari
6.5. Diversifikatsiyalash. Uning mohiyati, ahamiyati va mazmuni
Iqtisodiyotni, shu jumla- dan sanoat ishlab chiqarishini diversifikatsiya qilish tufayli tarmoqlar va korxonalarning faoliyat sohalari o‘zgaradi va tayyorlanadigan mahsulotlar turi ko‘payib boradi. Diversifikatsiya natijasida turli-tuman tovarlar ishlab chiqaradigan, xizmat ko‘rsatish hamda ilmiy tadqiqot va ishlanmalar bilan band bo‘lgan kompaniyalar, birlashma va jamiyatlar, ammo hamisha ham texnologik jihatdan bog‘lanmagan keng tarmoqli komplekslar vujudga keladi. Yaqin va uzoq kelajakda ham ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: korxona va tarmoqlarning faoliyat sohalarini kengaytirish; mahsulot va xizmatlar turlarini ko‘paytirish; mahsulot va xizmatlar sifatini takomillashtirish; mahsulot va xizmatlar bozorini kengaytirish. Iqtisodiyotning real sektorida faoliyat yuritayotgan korxonalarni diversifikatsiyalash ularning nafaqat foyda (daromad) olish imkoniyatlarini mustaxkamlaydi, balki O‘zbekistonning jahon bozorida yangidan-yangi marralarga erishishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. 6.6. Kooperativlashtirish. Uning shakllari va ko‘rsatkichlari Sanoatda korxonalar ixtisoslashuvining rivoji ishlab chiqarishni kooperativlashtirish asosida amalga oshadi. Kooperativlashtirish ‒ bu ma’lum mahsulot ishlab chiqarish, ish va xizmat bajarishni birgalikda olib borish bo‘yicha tarmoqlar va ular korxonalarining davomli ishlab chiqarish aloqalari shakllaridan biri. Kooperativlashtirishda mahsulot yetkazib berish tartibi ishlab chiqarish jarayonida buyurtmachining ma’lum ishlab chiqarish-texnikaviy topshiriqni bajarishini hisobga olishini talab etadi. Kooperativlashtirish xom ashyo, yoqilg‘i va standartlashtirilgan yarimfabrikatlar hamda buyurtmalarni yetkazib berish bosqichlarini qamragan holda moddiy-texnika ta’minotidan farqlanadi. Kooperativlashtirish murakkab mahsulotlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirishni tezlashtirish, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni yaxshilash bilan bog‘liq bo‘lgan muhim vazifalarni hal etishga imkoniyat yaratib beradi. Sanoatning rivojlanish davrlarida ishlab chiqarishni kooperativlashtirishning bir qancha samarali shakllari vujudga keldi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: buyumli (agregatli) kooperativlashtirish; texnologik kooperativlashtirish; tarmoqlararo kooperativlashtirish; iqtisodiy hududlararo kooperativlashtirish. Buyumli (agregatli) kooperativlashirish - bu mashina va asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi bosh korxonaga turli butlovchi buyum va detallarni yetkazib beruvchi korxonalarning faoliyatidan iborat. Masalan, detallar bo‘yicha kooperativlashtirish usulida ixtisoslashgan korxonalar bosh korxonaga sharikopodshipniklar, porshenlar, turli uzellar va asbob-uskunalarning qismlarini yetkazib berishlari mumkin. Texnologik kooperativlashtirish — bu bir va bir necha korxonalar o‘rtasida alohida jarayonlarlarni bajarish bo‘yicha hamkorlikdir. Ishlab chiqarishning qaysi tarmoqqa taalluqliligi nuqtai nazaridan tarmoq va tarmoqlararo ishlab chiqarish kooperatsiyasi vujudga keladi. Tarmoqlararo kooperativlashtirish sanoat tarmoqdarining bir biriga xizmat ko‘rsatishini ifodalaydi. Masalan, sanoat ishlab chiqarishining mashinasozlik tarmog‘i metallurgiya sanoati bilan hamkorlik qilishi mumkin. Kooperatsiya asosida ma’lum mahsulotlarni tayyorlashi, bir biriga butlovchi buyumlar yetkazib berishi va muayyan ishlarni bajarib berishi mumkin. O‘zaro bog‘liq bo‘lgan korxonalarni joylashtirish nuqtai nazaridan iqtisodiy hududlar miqyosida va hududlararo kooperativlashtirish keng tus olishi mumkin. Hududlararo kooperativlashtirish turli iqtisodiy hududlarda joylashgan korxonalar o‘rtasidagi aloqalarni ifodalaydi. Ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil etishning bu shakliga baho berish uchun uning ahvolini va imkoniyatlarini bilish lozim. Buning uchun har xil ko‘rsatkichlardan foydalanish mumkin. Ular qatoriga quyidagilar kiradi: birinchidan, ushbu korxona bilan hamkorlik qiluvchi korxonalar soni. Bunda yetkazib beruvchi va buyurtmachi korxonalarning soni alohida-alohida hisob-kitob qilinadi. Masalan, avtomobil zavodlari yuzlab korxona (firma)lar bilan hamkorlik qilsalar, stanoksozlik korxonalarining ishlab chiqarish aloqalari atiga bir nechta korxonalar bilan chegaralangan bo‘ladi. ikkinchidan, kooperatsiya usulida olinayotgan yarim fabrikatlar va butlovchi buyumlarning ushbu korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulot tannarhidagi ulushi. Masalan, avtomobil tannarhida tashqaridan kooperativlashtirish yo‘li bilan olinadigan yarim fabrikatlar va butlovchi buyumlarning ulushi taxminan 60-65 foizni tashkil etadi. Ishlab chiqarishni kooperativlashtirish muammolarini hal etishda 2007 yilning 12 noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan “Tarmoqlar va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni alohida ahamiyatga ega. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling