Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti
Kamayib borayotgan qoldiq usuli
Download 1.1 Mb.
|
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti
Kamayib borayotgan qoldiq usuli aktivdan foydalanish muddatida amortizatsiya summasining doimo kamayib borishini ifodalaydi. Ushbu usulda eskirish me’yori asosiy vositalarning qoldiq qiymatiga ko‘paytiriladi. Odatda, bu usulda amortizatsiya me’yori ikki hissa qilib olinadi. 5 yil xizmat etish muddatida me’yor 20% (100 : 5 = 20)ni tashkil etadi. Kamayib borayotgan qoldiq usulida me’yor 40% (20 x 2 = 40)ga barobar olinadi. Ushbu belgilangan 40% li stavka har yilning oxirida asosiy vositalarning qoldiq qiymatiga nisbatan olinadi.
Kamayib borish qoldiq usuli bo‘yicha amortizatsiya quyidagicha hisoblanadi, (so‘mlarda):
YUqorida keltirilgan misoldan ko‘rinib turibdiki, birinchi yilda amortizatsiya ajratmalari tugatish qiymati ayirilmagan to‘liq dastlabki qiymat, ya’ni 500000 so‘m asosida aniklandi. Foydalanish muddatining oxirgi yilida amortizatsiyani hisoblash uchun qo‘llanadigan hisob-kitob shakli o‘zgartiriladi, chunki oldindan baholangan va mo‘ljallangan asosiy vositalarni tugatish qiymatini hisobdan chiqarishga olib keladigan miqdorda amortizatsiyani hisoblash mumkin emas. SHuning uchun oxirgi yilda belgilangan sxema bo‘yicha hisoblangan 25920 so‘m (64800 x 40%) o‘rniga amortizatsiya 34800 so‘m qiymatida belgilanadi. Binobarin, oxirgi yilning yakunida asosiy vositalarning qiymati 30000 so‘mga kamaytirilib, ularning tugatish qiy-matiga teng bo‘lib qoladi. Yillar yig‘indisi usulida (kumulyativ usul) har yilgi amortizatsiya me’yori amortizatsiya muddati yakuniga qadar qolgan amortizatsiyalanayotgan qiymatning bo‘lagi sifatida belgilanadi. Bo‘lak amortizatsiya hisobining tugagunigacha qolgan to‘liq yillar yig‘indisini amortizatsiya muddatini belgilaydigan yillarning tartib soniga bo‘lib aniqlanadi. 5 yil foydalanish muddatiga mo‘ljallangan asosiy vositalar ob’ekti uchun yillik raqamlar yig‘indisi quyidagini tashkil etadi: Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling