Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti
ma’ruza. Korxona mexnat resurslari
Download 1.1 Mb.
|
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti
5.ma’ruza.
Korxona mexnat resurslari. Reja. 1. Korxona kadrlari potensiali va uning bozor munosabatlari sharoitidagi roli. 2.Mexnat resurslarining sifat va miqdoriy tavsifi. 3.Kadrlar strukturasi. 4.Kadrlar boshqaruvi va ishchi kuchini rejalashtirish. 1. Mexnat resurslari 16yoshdan oshgan,doimiy ishlaydigan yoki ish qidirayotgan fuqarolarni o‘z ichiga oladi. Korxona mexnat resurslari yoki kadrlari ushbu korxonada faol ijodiyot ko‘rsatuvchi barcha kasbiy-malakaviy guruh xodimlaridir, korxona faoliyati natijalariva uning raqobatbardoshligi ko‘p jihatdan llardan oqilona va samarali foydalanishga bog‘liq.Bozor munosabatlari sharoitida kadrlar potensialining axamiyatishundan iboratki,u inson omili sifatida ishlab chiqarishda boshqa qolgan resurslarni bir-biriga bog‘laydi,qarorlar qabul qilish va tavakkalchilik qobiliyatlariga ega,moliya va moddiy omillar holatini belgilab ,natijada korxonaning bozordagi mavkeini ,uning raqobat ustsnligi va tijoriy yutug‘ini ta’minlaydi. Mexnat munosabatlari korxona faoliyatida muhim va murakkab hisoblanadi. Qanchalik tehnika darajasi yuqori va takomillashgan bo‘lmasin , korxona samaradorligining o‘sishida hal qiluvchi kuch –bu munosib insoniy resurslar ,kadrlardir. O‘ta murakkab tehnik va ishlab chiqarish muammolarini echishda ko‘pchilikni bir-biri bilan bo‘lgan harakatini ta’minlash har bir odamning umumiy natijaga rag‘batlantirish va ishga ongli yondashuvisiz mumkin emas .Aynan insoniy kapital raqobatbardoshlik ,iqtisodiy o‘sish va samaradorlik garovidir. Korxona samaradorligini o‘sishida insoniy faktor ta’sirining asosiy jihatlari quyidagilardir : -kadrlarni tanlash va ko‘tarilishi; -kadrlarni tayyorlash va ularni uzluksiz o‘qitish; -xodimlar mexnatini moddiy va ma’naviy baxolashni takomillashtirish. Xodimlarni tanlash va ko‘tarilishida ikkita omil mavjud: -yuqori malaka va o‘qishga bo‘lgan qobiliyat; -hamkorlikka moyillik va muomala tajribasi. Kadrlarni o‘qitish,doimiy takomillashtirish,ishchi kuchidan oqilona foydalanish imkoniyati, unumsiz sarflarni kamaytirish uchun zamin yaratadi. 2. Korxona mexnat resurslari (kadrlari)i har bir korxonaning asosiy resursi bo‘lib, ishlab chiqarish moddiy elementlarini harakatga keltiradi, mao‘sulot,qiymat va foyda ko‘rinishidagi qo‘shimcha mahsulotni yaratadilar. korxona personali ma’lum sifat,miqdoriy va strukturali tavsiflarga ega bo‘lib,ular quyidagi absolyut va nisbiy ko‘rsatkichlarda aks etilganlar: -korxona yoki uni bo‘limlari ,alohida kategoriya guruhlar xodimlarining ma’lum muddatdagi ro‘yxat va hozirgi soni ; -ma’lum muddatda korxona yoki uni ishchi bo‘limlari xodimlarining o‘rtacha ro‘yxat soni ; -alohida bo‘limlar xodimlarining umumiy sonidagi ulushi; -ma’lum davr mobaynida korxona xodimlari sonining o‘sish sur’atlari; -korxona ishchilarining o‘rtacha razryadi; -xodimlarni qabul qilish va bo‘shatish bo‘yicha kadrlar qo‘nimsizligi. Mexnat resurslarining sifat tavsifi korxona maqsadlari va bajaradigan ishlari amalga oshirilishi uchun xodimlarning kasbiy va malakaviy jihatdan mos kelish darajasi bilan belgilanadi. Bajaradigan funksiyalariga qarab korxona xodimlari ikki guruhga bo‘linadilar: -sanoat ishlab chiqarish xodimlari,ya’ni ular asosiy ishlab chiqarish faoliyatida band bo‘lganlar va mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘ladilar; -nosanoat xodimlar-bular korxona balansidagi yordamchi xo‘jaliklar ,uy-joy xo‘jaligi,tibbiyot va sog‘lomlashtirish muassasalari,o‘quv yurti va kurslar,maktabgacha ta’lim va madaniy muassasalar, savdo xodimlaridir. Sanoat ishlab chiqarish personaliga asosiy,yordamchi,hizmat ko‘rsatuvchi sehlar xodimlari,korxona balansidagi ilmiy-tadqiqot ,konstruktorlik,texnologik muassasa va labaratoriya ,korxona boshqarma ,ta’mirlash xizmati xo‘jaliklarining xodimlari kiradi. Ishchilar kategoriyasiga bevosita moddiy boyliklarni yaratuvchi ,asosiy vositalar ta’mirini amalga oshiruvchi ,yuklarni harakatlantiruvchi shaxslar ,kichik xizmat xodimlari kiradi. Xizmatchilar guruhi quyidagi kategoriyalarga bo‘linadilar: -raxbarlar; -mutaxhasislar; -yordamchi tehnik personal. Raxbarlarga korxona raxbarlik lavozimlarini egallaganlar,ularni muovinlari; bosh mutaxassislar kiradi. Mutaxassislar kategoriyasiga injener tehnikaviy ,iqtisodiy,buxgalterlik,yuridik ishlar bilan shug‘ullanuvchi shaxslar kiradi. Yordamchi tehnik xodimlar hujjat tayyorlash va tuzish, hisob va nazorat ,ish yuritish ishlari bilan band bo‘lgan agentlar ,kassirlar,ish yurituvchilar,hisobchilar,statistlar va boshqalar kiradi. Mexnat faoliyati xarakteriga qarab korxona kadrlari kasb,mutaxassisliklar va malaka darajalari bo‘yicha bo‘linadilar. Kasb(hunar)-bu ma’lum nazariy va amaliy ko‘nikmalarni talab qiluvchi mexnat faoliyatining alohida turi. Mutaxassislik-kasb doirasidagi faoliyat turi bo‘lib ,u xodimlardan qo‘shimcha ,chuqurroq maxsus ta’lim va uquvlarni talab qilib ,o‘ziga hos ,spetsifik hususiyatlarga egadir. Mutaxassis va xizmatchilarning malakaviy darajasi ma’lumot , u yoki bu lavozimda ish tajribasi bilan belgilansa, ishchilar malakasi razryadlar asosida aniqlanadi. Xizmatchilarning kasbiy-malakaviy strukturasi shtat jadvali hujjatida aks ettiriladi. 3. Kadrlar strukturasi har bir bo‘lim bo‘yicha aniqlanadi va taxlil etiladi. 1.CHiqish koeffitsienti-Kch ma’lum davr mobaynida barcha sabablar bo‘yicha ishdan bo‘shatilgan (Nb)xodimlar sonining shu davrdagi xodimlarning (umumiy)o‘rtacha ro‘yxat soniga(No‘r)bo‘lgan nisbati bilan aniqlanadi: Kch=Nb/No‘r*100 %, Kadrlarni qabul qilish koeffitsienti-Kk-ma’lum davr mobaynida ishga qabul etilgan (Nk)xodimlar sonining shu davrdagi xodimlarning o‘rtacha –ro‘yhat soniga (No‘r)bo‘lgan nisbati bilan belgilanadi: Kk=Nk/No‘r*100%. Kadrlar qo‘nimsizligi koeffitsienti-Kkun-ma’lum davr mobaynida ishdan o‘z hohishi bilan bo‘shagan(Nv)xodimlar sonining shu davrdagi xodimlarning o‘rtacha –ro‘yhat soniga bo‘lgan nisbati bilan aniqlanadi: Kkun=Nv/No‘r*100% Xodimlarning ro‘yxat soni –bu ma’lum kun yoki vaqtdagi shu kun mobaynida ishga qabul qilingan va ishdan ketganlarni inobatga olgan xodimlarning ro‘yxat sonidir. Ishga chiqqan xodimlar hozirgi sonini tashkil qiladilar. Kadrlar boshqaruvi –bu menejmentning bir qismi bo‘lib , u korxona mexnat resurslari va ular o‘rtasidagi munosabatlari bilan bevosita bog‘liqdir.Kadrlar boshqaruvining asosiy maqsadlari quyidagilardir: -korxonaning kadrlarga bo‘lgan talab,ehtiyojini qondirish; -kadrlarni ratsional joylashtirish ,kasb-malakaviy jihatdan va lavozimlar bo‘yicha o‘stirishini ta’minlash; -korxona mexnat potensialidan samarali foydalanish. Ishchilarning soni smenalik, hozirgi (ishga chiqqan),shtat va ro‘yhat sonlaridan iborat. Ishchilarning smenalik soni(nsm)ularning eng minimal sonini ifodalab ,smena mobaynida ishlab chiqarish jarayonini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ishchilar sonidan iborat.Smenalik son mexnat normalari asosida hisoblanadi. Ishchilarning hozirgi soni (n) ularning smenalik tarkibini sutkadagi smenalar soni ko‘paytmasiga teng,ya’ni: n(s)=nsm*smenalar soni (1,2,3) Ishchilarning hozirgi soni hamda rezerv sonlarning yig‘indisi ularning shtat sonini ifodalaydi,ya’ni: nsht=n(s)+nsm Undan tashkari, xar bir korxona turli xil otpuskalar (mexnat, ukuv, dekret)ga chikkan, davlat va jamoatchilik vazifalarini utash, kasallik sababli ishga chikmagan ishchilar urniga xam kushimcha ishchilarning rejali rezerviga ega bulishi shart. SHtat soni va ushbu rezerv yigindisi ishchilarning ruyxat soni ni tashkil kiladi va korxona, sexni ma’lum kasb xamda malakasi buyicha umumiy extiyojini ifodalaydi, „ Kime va ozik-ovkat maxsulotlari ishlab chikarishga xos apparaturali jarayonlarda ishchilarning smenalik soni boshkarish, xizmat kursatish normalari asosida aniklanadi. Ishchilarning smenalik sonidan xozirgi soniga utish uchun ish tartibi (rejimi) va ishchi smenalar bir-biriga utish grafigini bilish kifoya. Ishchilarning umumiy ruyxat sonini aniklash uchun ish vakti balansini tuzish lozim buladi. Bu balans asosida rejalashtirilgan davr mobaynida bir ishchi ishlab berishi zarur ish kunlari va soatlari xisoblanib, u mexnat va ish xaki bulimida tuziladi. Kuyida taxminiy ish vakti balansi keltirilgan: 1.Kalendar vakt fonda ( Tkal) Dam olish kunlari Bayram kunlari Nominal ish vakti fonda ( Tnom) Ishga chikmasliklar: mexnat otpuskalari ukuv otpuskalari v) dekret buyicha g) davlat va jamoat ishlarini utash d) kasallik tufayli 5. Unumli ish vakti fondi (Tu) Ishlab chikarish Uzluks Uzluk iz li 365 365 91 104 - 8 274 253 24 18 1 1 1 1 1 1 4 4 228 Balans xisobida kalendar vakt (365)dan bayram va dam olish kunlari ayirmasi nominal ish vakti fondi , ya’ni xar bir ishchi iщlab berishi mumkin bulgan vakt (Tnom)ni tashkil kiladi. Nominal ish vakti fondidan barcha sabablar (balansda kayd etilgan) buyicha ishga chikilmagan kunlar ayrilib, balans yakunida xar bir ishchi yil davomida ishlab berishi zarur bulgan ish vaktining unumli fondi (Tu) aniklanadi: Tnom = 365 - bayram va dam olish kunlari; Tu = Tnom - ishga chikmasliklar Kalendar fondining unumli ish vakti fondiga nisbati ishchilarning xozirgi sonidan ruyxat soniga utish koeffitsientini belgilaydi (uzluksiz ishlab chikarishda): K1= Tkal , Tu Balans hisobida kalendar vaqt (365)dan bayram va dam olish kunlari ayirmasi nominal ish haqi fondi ,ya’ni har bir ishchi ishlab berishi mumkin bo‘lgan vaqt (Tnom)ni tashkil qiladi. Nominal ish vaqti fondidan barcha sabablar (balansda qayd etilgan) bo‘yicha ishga chiqilmagan kunlar ayirilib , balans yakunida har bir ishchi yil davomida ishlab berishi zarur bo‘lgan ish vaqtining unumli fondi(Tu)aniqlanadi: Tnom=365-bayram va dam olish kunlari; Tu=Tnom-ishga chiqmasliklar Kalendar fondining unumli ish vaqti fondiga nisbati ishchilarning hozirgi sonidan ro‘yhat soniga o‘tish koeffitsientini belgilaydi(uzluksiz ishlab chiqarishda): K1=Tkal/Tu Ishchilarning ro‘yhat sonining hisobi : nr=n*K1 Uzlukli ishlab chiqarishda: K2=Tnom/Tu Kuyida taxminiy ish vakti balansi keltirilgan: Yil mobaynida 1 ishchining ish vakti balansi
Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling