Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Download 1.1 Mb.
bet20/83
Sana23.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1047910
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83
Bog'liq
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti

1-jadval O’zbekistonda qo‘llanilayotgan tarif setkasi

razryadlar

koeffitsi
entlar

oklad

koeffitsi
entlar

oklad

oklad

0

1

10800sum

1

12420

15525

1

2,278

24602

2,377

29522

36903

2

2,507

27076

2,616

32491

40613

3

2,758

29786

2,878

35745

44681

4

3,033

32756

3,165

39309

49137

5

3,322

35878

3,467

43060

53825

6

3,625

39150

3,783

46385

58731

7

3,941

42563

4,112

51071

63839

8

4,268

46094

4,454

55319

69149

9

4,597

49648

4,797

59379

74473


10

4,933

53276

5,147

63926

79908

11

5,274

56959

5,503

68347

85434

12

5,625

60750

5,870

72905

91131

13

5,982

64606

6,242

77525

96908

14

6,341

68483

6,617

82183

102728

15

6,708

72446

7,0

86940

108675

16

7,080

76464

7,388

91759

114698

17

7,457

80536

7,781

96640

120800

18

7,839

84661

8,180

101596

126994

19

8,227

88852

8,585

106626

133282

20

8,620

93096

8,995

111718

139647

21

9,019

97405

9,411

116885

146105

22

9,420

101736

9,830

122089

152611

Tarif stavka – davlat tomonidan ishchilar malakasi (razryadi), ish turi va sharoitiga qarab vaqt birligida (soat, kun, oy) uchun belgilangan haq miqdori.
Kimyo va oziq-ovqat sanoati ishchilari uchun YATS-da tarmoq koeffitsientlarini inobatga olgan 1-dan 6-chi razryadlar xarakterlidir.
Soatbay tarif stavkalarni aniqlash uchun “0” razryadning oylik stavkasini (1.10.2005 yildan e’tiboran – 9400 so‘m) 171,1 (7-soatlik ish kuni uchun) yoki 152,4 (6-soatlik ish kuni uchun) ga bo‘lib, ma’lum razryadning tarif koeffitsientlariga ko‘paytirish kerak (171,1 va 152,4 – bir oyda ishlangan o‘rtacha yillik soatlar soni).
Tst=(Tst.oy*Ki)/171,1 yoki Tst=(Tst.oy*Ki)/152,4 so‘m/soat
Bu erda:
Tst – ma’lum razryadning tarif stavkasi, so‘m
Tst.oy – hozirgi davrda qabul qilingan oylik stavka, so‘m Ki – ma’lum razryadga to‘g‘ri keladigan tarif koeffitsienti.
Misol: Koeffitsient (K) 2,937 ga teng bo‘lgan, vaqtbay ish haki turi va 7 soatlik ish kuni sharoitida ishchining tarif stavkasini aniqlang (5razryad ishchining tarif stavkasi).
Echim:
Tst=(9400*3.181)/171,1=174.76 so‘m/soat
Tarif stavka miqdori mehnat sharoiti va intensivligiga bog‘liq. Mehnat sharoitiga qarab 3 tur tarif stavkalari mavjud:

  1. normal sharoit uchun (keltirilgan YATS-ga binoan);

  2. og‘ir va zararli sharoit uchun tarif stavkalar 4,8,12%-ga ko‘payadi;

  3. o‘ta og‘ir va o‘ta og‘ir sharoitlar uchun 16,20,24 –ga ko‘payadi. (1- chi ilovaga qaralsin).

Mexnat intensivligiga qarab: tarif stavkalar xak to‘lash turiga bog‘liq; vaqtbay ishchilarning tarif stavkalari ishbay ishchilarning tarif stavkalaridan pastroq (kamroq).
xodimlar mehnat haqlarining turlari
Ko‘pchilik korxonalarda ishchilarga mehnat haqi vaqtbay va ishbay ish haqlar ko‘rinishida to‘lanadi.
Vaqtbay mehnat xaki ishlangan vaqt va ish razryadiga bog‘liq bo‘lib, oddiy vaqtbay va mukofotli vaqtbay ish xaklaridan iborat. Bu xak turi apparaturali ishlab chiqarish jarayonlarida (chunki ishchi mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘payishiga bevosita ta’sir etolmaydi), avtomatizatsiyalashtirilgan ishlab chiqarishlarda, konveyer liniyalarida, dastgohlarni boshqarishda, mahsulot va ishning yuqori sifatini ta’minlash kerak bo‘lgan ish joylarida, xodim mehnatini aniq normalashtirish mumkin bo‘lmagan ishlab chiqarishlarda qo‘llaniladi. Oddiy vaqtbay ish xaki:
I/x=Tst*t
Bu erda:
I/x – ma’lum davr uchun mehnat xaki miqdori, so‘m;
Tst – ma’lum razryadning tarif stavkasi, so‘m/soat; T – ma’lum davrdagi ishlangan soatlar soni.
Mukofotli vaqtbay ish xaki – shu xakga ma’lum miqdorda mukofot qo‘shiladi.
Ishbay ish xaki – konkret ishlab chiqarilgan, ma’lum mahsulot hajmiga to‘lanadi, ishbay rassenka, ishlab chiqarish normasi va vaqt normalari asosida hisoblanadi.
Ishbay rassenkasi 1 o‘lcham mahsulot uchun to‘lanadigan haq.
Ishlab chiqarish normasi – vaqt birligida bir ishchi tomonidan ishlab chiqarilishi zarur bo‘lgan maxsulot miqdori.
Vaqt normasi – bir o‘lcham maxsulot ishlab chiqarish uchun belgilangan vaqt sarfi.
Ishbay rassenkasi soatbay (kunbay) razryad tarif stavkasining soatbay (kunbay) ishlab chiqarish norma bo‘linmasiga teng:
Ir=(Tst/Ni/ch(soat)) yoki Ir=(Tst*Tsm/Ni/ch(sm))
Bu erda:
Ir ishbay rassenkasi;
Tst – razryadning soatbay tarif stavkasi;
Ni/ch(soat) – soatbay ishlab chiqarish normasi;
Tst – smena davomi;
Ni/ch(sm) – smenalik ishlab chiqarish normasi.
Ishbay rassenkasi yana razryadning soatbay yoki kunbay tarif stavkasi va belgilangan vaqt (soat, kun) norma ko‘paymasiga teng.
Misol: 3-razryad ishchining smenalik ishlab chiqarish normasi 5 t maxsulotga teng (ish sharotit normal). Haqiqiy ishlab chiqarish norma esa 5,4 t-ni tashkil qilgan, smena davomi 8 soat. 3-razryad ishchining tarif stavkasi 224.67 so‘m/soat.
Echim:

  1. 1 t mahsulot uchun ishbay rassenkasining hisobi:

Ir=(224.67*8)/5=359.472 so‘m/t

  1. Ishchining smenalik ishbay xaki:

359,472*5,4=1941.15 so‘m/smena
Ishbay mehnat haqi oddiy, mukofotli, akkord, brigadali, nisbiy ishbay turlaridan iborat.
A) Oddiy (to‘g‘ri) ishbay haq quyidagi formula orqali hisoblanadi:
I/x=Ir*Q
Bu erda:
Q – ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi (m,g,m3 va h.k.)
Ir – ma’lum razryadli ishchining 1 o‘lcham mahsulot uchun ishbay rassenkasi, so‘m/o‘lcham.
B) Mukofotli ishbay xak – oddiy ishbay haqdan tashqari ishchi sifat va miqdor ko‘rsatkichlari uchun mukofot oladi.
V) Progressiv ishbay mehnat haqi – normalardan yuqori ishlab chiqarilgan holda yuqori, ko‘tarilgan rassenkalar bo‘yicha hisoblangan hak.
G) Ish haqining akkord tizimi – ishlarning ma’lum hajmi va shu ishni bajarish uchun umumiy ish haqi fondini belgilashdan iborat. Mehnat haqi uchun mo‘ljallangan mablag‘lar bajarish muddatidan qat’iy nazar ishlar kompleksi tugallanganda to‘lanadi. Ushbu ish haqi tizimi butun ishlar kompleksini kamroq ishlovchilar soni bilan va qisqaroq muddatlarda bajarishini rag‘batlantiradi.
D) Brigadali – ishbay mehnat haqi jarayon yoki operatsiyalarning alohida, ayrim boskichlari jamoa (brigada) tomonidan bajariladigan ishlab chiqarish uchastkalarda qo‘llaniladi. Uning mohiyati shundan iboratki, brigadaning umumiy ish haqi brigadali ishbay rassenkasi va brigada tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi asosida hisoblanadi. Brigadli ishbay rassenkasi brigada a’zolarining tarif stavkalar yig‘indisi (Tst) brigada uchun belgilangan ishlab chiqarish normasi (Ni/ch(br)) ga bo‘linib hisoblanadi, ya’ni:
Rbr=(Tst/ Ni/ch(br))
Umumiy brigadalik haq brigada a’zolari o‘rtasida 3 usul yordamida taqsimlanadi:

  • tarif koeffitsientlar asosida koeffitsient soatlar;

  • qo‘shimcha haqlar (pribavok) koeffitsientlar;

  • mehnat ishtiroki ulushi koeffitsienti orqali (MUK-KTU).

MUK(KTU) – kompleks ko‘rsatkich bo‘lib, u xar bir ishchining umumbrigada mehnat natijalariga qo‘shgan xissa, ulushini tavsiflaydi. MUK(KTU)- ni aniqlash va uning miqdorini brigada kengashi belgilaydi.

  1. misol: Vaqtbay mehnat haqi turida, normal sharoitida 1 oyda 175 soat ishlagan ishchining ish haqini aniqlang. Tarif stavka 338,8 so‘m. Echim: Ish haqi=175*338,8=59290 so‘m


  1. misol: Ishbay ishchi oy mobaynida 600-ta bochkani neft-bitum bilan to‘ldirgan. 5-ta bochka uchun ishbay rassenka 336,5 so‘mga teng. Ishchining ish xakini aniqlang.

Echim: Ish xaki=(336,5/5)*600=40380 so‘m

  1. misol: 8-soatlik smenaning ishlab chiqarish normasi 28 buyumga teng. Mehnat sharoiti og‘ir. Ish klassifikatsiya bo‘yicha 4-razryadga mos. 4 razryad tarif stavkasi 229,84 so‘m/soat-ga teng. 1 dona buyumning ishbay rassenkasini aniqlang. Echim: ((8*229,84)/28)=65.67 so‘m/dona


  1. misol: Ogir va zararli mehnat sharoitida 1 t katalizator tayyorlash uchun vaqt normasi 0,67 soat/kishi-ga teng. Brigada 5 kishidan iborat, shu jumladan 6- razryadli 2 kishi, 5-razryadli 2 kishi, 4-razryadli 1 kishi. Brigadali ishbay rassenka (Ribr) ni aniqlang.

Echim:Ribr=((2*Tar.st(6)+2*Tar.st(5)+1*Tar.st(4))/5)=(0,67*(320,85*2+300,83*
2+1*280,15)/5)= 0.67(641.7+601.66+280.15)=1020.75 so‘m

  1. misol: Asbotsement shifer plitkalarni qoliplovchi brigada tarkibida 6- razryadli 1 ishchi, 5-razryadli 1 ishchi, 4-razryadli 2 ishchi, 3 razryadli 2 ishchi ishlaydi, (sharoit og‘ir). Smenalik ishlab chiqarish normasi 4000 sh.pl. 1000 sh.pl.

uchun ishbay brigadalik rassenkani aniqlang.
Echim
(340,82*1+320,68*1+290,84*2+270,14*2)/4=
(340.82+320.68+581.68+540.28)/4 so‘m
xizmatchilarga mehnat haqlarini to‘lash shtat jadvalida belgilangan oklad
(oylik maosh) ga muvofiq va qo‘llanilayotgan mukofotlash tizimiga binoan amalga oshiriladi. Bu mehnat haqi mohiyati bo‘yicha mukofotli-vaqtbay ish haqiga yaqin, faqat tarif stavkalar o‘rnida (kun, soat) oylik eki yillik maosh (oklad) qo‘llaniladi.
Bozor iqtisodiyotida xodimlarning mehnat haqlari bo‘yicha sarflar ishlab chiqarish xarajatlarga kiritilib, korxona xodimlarining mehnat haqi fondini tashkil qiladi.
Rejali ish xaki fondi turli usullar yordamida aniqlanishi mumkin.
1. To‘g‘ri xisob usuli (metod pryamogo scheta):

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling