Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti
Download 1.1 Mb.
|
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti
I/xfondi= Nr*I/xo‘Bu erda: Nr – ishlovchilarning ruyxat soni (kishi); I/xo‘ – 1 ishlovchining o‘rtacha ish xaki, so‘m (mukofot va ustama xaklar bilan). Bu usul yordamida korxona bo‘yicha umumiy ish xaki fondini ham ishlovchilar soni va ish haqlari asosida, ham ularning alohida guruh yoki kategoriyalari bo‘yicha hisoblash mumkin. 2. Normativlik hisob usuli: I/xf=Q* Ni/x Bu erda: Q – rejalashtirilgan davr mobaynidagi umumiy ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, so‘m; Ni/x – 1 so‘mlik ishlab chiqarilgan mahsulot uchun ish haqi normativi, so‘m. 1 so‘mlik mahsulot uchun ish haqi normativini asoslashda korxona mehnat unumdorligi o‘zgarishi, inflyasiya darajasi va xodimlarning real ish haqlarini o‘zgarishini inobatga olishi zarur. Ish haqi fondi: ishlangan vaqt uchun to‘langan haq; ishlanmagan vaqt uchun to‘langan haq; taqdirlash to‘lovlari dan iborat. Ishlangan vaqt uchun to‘langan haq quyidagilardan iborat: tarif stavka va oklad, ishbay rassenkalar bo‘yicha ish haqlar; natural haq tarzida to‘langan mahsulotning qiymati; tarif ustidan to‘lanadigan rag‘batlantiruvchi ustama va qo‘shimcha haqlar (yuksak mahorat, qo‘shimcha kasblarni egallash uchun va h.k.) mehnat sharoiti va ish tartibi bilan bog‘liq bo‘lgan kompensatsion to‘lovlar. Ishlanmagan vaqt uchun haqlar esa quyidagilardan iborat: yillik va qo‘shimcha ta’til (otpuskalar) uchun; o‘spirinlarning imtiyozli vaqti uchun; xodimga tegishli bo‘lmagan ish to‘xtashlar uchun; - majburiy progul (ishga chiqmaslik) uchun to‘langan haqlar. Bir vaqtli taqdirlovchi to‘lovlar: bir vaqtli (edinovremennыe) mukofotlar; ish staji, yil yakunlari bo‘yicha to‘lovlar; moddiy (pul) yordami; foydalanmagan ta’til uchun kompensatsiyalar; xodimlarga rag‘batlantirish uchun bepul beriladigan aksiyalarning qiymatlaridan iborat. Yillik ish xaki fondi ishchilarning to‘g‘ri, asosiy va qo‘shimcha ish xaki fondlardan tashkil topadi. To‘g‘ri ish xaki fondi – xaqiqatdan ishlangan vaqt yoki ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga qarab to‘langan xaklardan iborat: To‘g‘ri ish xaki fondi=Tu*Tst*Nr yoki Q*Ri Bu erda: Tu – 1 ishchining yil mobaynida unumli, xaqiqiy ishlagan vaqti (kun, soat); Tst – tarif stavkalar (so‘m); Nr – ishchilarning o‘rtacha ruyxat soni (kishi); Q – yillik maxsulot hajmi (t, m2, m3, ming dona); Ri – 1 o‘lcham mahsulot uchun to‘lanadigan ishbay rassenkasi (so‘m/1o‘lcham) Asosiy ish xaki fondi=to‘g‘ri ish xaki fondi+mukofot va ustama xaklar; Umumiy (yillik) ish xaki fondi=asosiy ish xaki fondi+qo‘shimcha ish xaki fondi. Mukofotlar – ishning yaxshi, samarali ko‘rsatkichlari uchun, ustama xaklar esa tungi smena, bayram kunlari, brigadirlik, ustozlik uchun tarif ustidan to‘lanadigan xaklardan iborat. Qo‘shimcha ish xaki fondi – xaqiqatdan ishlanmagan, ammo qonun bo‘yicha to‘lovga lozim bo‘lgan vaqt uchun to‘lanadigan vaqt (8-12%). xizmatchi, muxandis, kichik xizmatchi xodimlarning yillik ish xaki fondi ularning oylik maoshlarini 12 oyga ko‘paytmasiga teng. 1.10.2005. yildan e’tiboran ishchilarning soatbay tarif stavkalari: razryad - 0 1 2 3 4 5 6 koeffitsient – 1 2.181 2.400 2.641 2.904 3.181 3.471 minimal ish xaki – 9400 so‘m/oy (0-voy razryadning tarif koeffitsienti 1-ga teng bo‘lgan xolda oylik stavkasi). 0-voy razryadning soatbay tarif stavkasi: (-9400/171,1) yoki (9400/152,4) ga teng (171,1 va 152,4 – 7-soatli va 6-soatli ish kunidagi oylik o‘rtacha-yillik ish soatlar soni). Tst0=9400/171,1=54.94 so‘m/soat Tst1=54.94*2.181=119.82 so‘m/soat Tst2=54.94*2.400=131.86 so‘m/soat Tst3=54.94*2.641=145.10so‘m/soat Tst4=54.94*2.904=159.54 so‘m/soat Tst5=54.94*3.181=174.76 so‘m/soat Tst6=54.94*3.471=190.70 so‘m/soat Og‘ir va zararli, o‘ta og‘ir va o‘ta zarali mehnat sharoitini inobatga oluvchi koeffitsient: Kz-1,12; Ko‘taz-1,24. Ishchilarning soatbay tarif stavkalari (so‘m)
Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling