Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti
Download 1.1 Mb.
|
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollar
- 8-ma’ruza
Tayanch so‘z va iboralarIsh xaki – mexnat bozorida ish kuchini sotuvchi bilan uni oluvchi o‘rtasida kelishilgan narx. Ish xaki asosiy ish xaki (ishlangan vaqt uchun to‘langan), qo‘shimcha ish xaki (ishlanmagan vaqt uchun, ammo qonun bo‘yicha olinadi) va mukofotlar tashkil topadi. Tarif tizimi – mexnat muraqqabligi va sharoitiga qarab xak to‘lash darajasini aniqlash uchun qo‘llaniladigan normativlar to‘plamasi. Tarif setka – qo‘llaniladigan razryadlarga mos, to‘g‘ri keladigan xak to‘lash darajasini aniqlash shkalasi. Tarif stavka – davlat tomonidan ishchilar malakasi (razryadi), ish turi va sharoitiga qarab vaqt birligi uchun (soat, kun, oy) belgilangan xak miqdori. Rassenka (ishbay) – 1 o‘lcham maxsulot uchun hisoblangan xak miqdori: R=(Tst6*Tsm)/ Ni/ch(sm). Minimal ish xaki – tarif setkasining “0” razryadga to‘g‘ri keladigan (tarif koeffitsienti 1-ga teng) davlat tomonidan belgilangan ish xakining eng kam miqdori. Sof ish xaki – ish xakidan soliqlar, ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari, xar xil badal pullari chegirib olingan, so‘ng qoladigan va ishlovchining qo‘liga naqd tegadigan xak. Nazorat savollarBozor munosabatariga o‘tish sharoitida ish xakini ratsional tashkil qilish asosiy tamoyillarining mohiyati. Sanoat xodimlar ish xakini boshqaruvida tarif tizimning roli? Mehnat xaki shakllari va tizimlar mazmuni hamda ularning xususiyatlari? YATS kiritilishining maqsadi, vazifasi va strukturasi? “Ish xaki” tushunchasi va sanoat xodimlarining mexnat xaki fondining xisobi? Bayram, dam olish kunlar, tungi vaqtda ishlovchilar uchun ko‘zda tutilgan qo‘shimcha kafolotlar? Ish xaki darajasiga mexnat sharoitlarining ta’siri? 8-ma’ruzaIshlab chiqarish sarflari Reja: 1. Maxsulot tannarxiga kiritiladigan sarf xarajatlar tarkibi: maxsulot tannarxining iqtisodiy mazmuni; sarf xarajatlarning kulkutsion moddalari va iqtisodiy elementlar bo‘yicha guruxlanishi; v) maxsulot tannarxining strukturasi; g) maxsulot tannarxini pasaytirish manbaalari va omillari; Davr xarajatlari; Moliya faoliyati bo‘yicha sarflar va favqulotdagi zararlar; Maxsulot tannarxiga kiritiladigan sarf xarajatlar tarkibi A) Maxsulot tannarxining iqtisodiy mazmuni. Umumiy ko‘rinishda ishlab chiqarish sarf xarajatlar (maxsulot, ishlar, xizmatlar tannarxi) ishlab chiqarish jarayonida qo‘llanilgan tabiiy resurslar, xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, quvvat, asosiy fondlar, mexnat resurslari, xamda ishlab chiqarish va maxsulotni sotishga sarflangan boshqa qolgan xarajatlarning qiymatlarni aqs ettiradi. Maxsulot tannarxi asosiy sifat ko‘rsatkichi bo‘lib, unda korxonalarning xo‘jalik faoliyatlaridagi xamma nuxson va muvafaqiyatlari ifodalanadi. Maxsulot ishlab chiqarish va sotishga ketgan sarflar qanchalik kam ba, shunchalik ishlab chiqarining samaradorligi oshadi. Tannarx – maxsulot qiymatining asosiy qismini tashkil etib, uni baxosini belgilashda asos xisoblanadi. SHuning uchun maxsulot tannarxini kamayishi amalda uni narxini pasayishini ta’minlaydi va foydani ko‘payishida manbaa xisoblanadi. Foyda va maxsulot tannarxining axamiyati ayniqsa bozor munosabatlari sharoitida oshib ketdi, chunki foyda korxona faoliyatining asosiy manbaasini tashkil etadi. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling