Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti
Download 1.1 Mb.
|
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-ma’ruza Korxonaning moliya ko‘rsatkichlari
- Moliya va uning xususiyatlari
Nazorat savollar“Ishlab chiqarish sarflari” tushunchasi. Maxsulot tannarxiga kiritiladigan sarflar tarkibi xakidagi yangi Yo‘riqnomaning moxiyati. Kalkulyasiya sarf moddalari va bir turli iqtisodiy elementlar bo‘yicha sarf xarajatlarning guruxlanishi. O‘zgaruvchan va o‘zgarmas (doimiy) sarflar moxiyati? Maxsulot tannarxidagi – to‘g‘ri va yordamchi (endosh) moddiy sarf xarajatlar moxiyati. Maxsulot tannarxidagi mexnatga doir to‘g‘ri va yordamchi sarf xarajatlar. Davr xarajatlar, favqulotdagi sarflarning moxiyati va tarkibi. Maxsulot tannarxini pasaytirish yo‘nalishlari. 9-ma’ruza Korxonaning moliya ko‘rsatkichlariReja: Moliya va uning xususiyatlari; Moliyaning vazifalari; Koxona moliya resurslari; Korxona foydasi; Foydani taqsimlash; Rentabellik ko‘rsatkichlari; Moliya va uning xususiyatlariBozor iqtisodiyotidagi xar qanday faoliyat mablag‘, pul talab qiladi, moliyani yuzaga keltiradi. Umuman, moliya xakl xo‘jaligida pul resurslari bilan bog‘langan bo‘lib, bunday resurslarni xosil qilish, taqsimlash va ishlatish jarayonlarining shakllanishi tushunchasidan iboratdir. Ma’lumki, ishlab chiqarish iste’moldan oldin taqsimotni talab etadi. Avvalo qiymat shaklidagi taqsimot amalga oshib, maxsulot ana shu qiymatlar xissasiga qarab taqsimlanadi. Qiymat taqsimoti turli pul resurslarini, fondlarini yuzaga keltiradi. Bular tovarlarga almashinilib, iste’molni shakllantiradi. Umumjamiyat iste’moli davlat tomonidan ta’minlanadi. Buning uchun avvalo resurslar, bir necha xil pul fondlari yuzaga keltiriladi. Axoli ijtimoiy ximoyasi, atrof-muxitni saqlash, mudofa, davlat boshqaruvi, nomoddiy soxalarni ta’minlash kabilar shular jumlasidandir. Buning uchun avvalo qiymatlar taqsimoti tufayli zarur pul resurslari tashkil etilib, maxsus pul fondlari yuzaga keladi. SHu pul resurs va fondlarning ishlatilishi tufayli eslatib o‘tilgan tarmoq va soxalarning extiyoji qondiriladi. Bular davlat tomonidan amalga oshirilib, davlat moliyasining shakllanishi va davlatning moliyaviy faoliyatidan kelib chiqadi. Demak, pul shaklidagi moliyaviy fondlar xosil bo‘lib, ular moliyaviy resursni tashkil etadi. Moliya maxsulot qiymatining taqsimlanishidir. Qiymat taqsimoti maxsulotni ishlatishdan oldingi jarayon bo‘lib, u iste’molga atalgandir. Davlat va nodavlat moliyasi mavjud bo‘lib, birinchisi asosan umumjamiyat moxitini kasb etsa, ikkinchisi tadbirkor, oila, jamoa moliyasidan iboratdir. Moliyaviy munosabatlar va aloqalarning sub’ektlari bo‘lib, bularga moliyaviy resurslarni tashkil etishda, taqsimlashda va ishlatishda ishtiroq etuvchi kabilar kiradi. xar bir sub’ekt o‘ziga qaratilgan maxsulotlarga teng bo‘lgan pul fondlarini tashkil etadi. Bu fondlar turlicha bo‘lib, xar biri ma’lum maqsadni ko‘zlaydi. Masalan, davlat moliyasi davlatni boshqarish, mudofani ta’minlash, axolini ijtimoiy ximoyalash, rezervlar tashkil etish kabilaga sarf etiladi. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling