Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Download 1.1 Mb.
bet33/83
Sana23.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1047910
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   83
Bog'liq
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti

Koxona moliya resurslari


Moliya resurslar – bu korxonaga qarashli mablag‘lari bo‘lib, ular joriy xarajatlar va kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish xarajatlar, moliya majburiyalarni bajarish va xodimlarni iqtisodiy rag‘batlantirishlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallanganbirlar.
Korxona moliya resurslari o‘ziga qarashli shaxsiy va zaem pul mablag‘lar evaziga shakllanadi. Moliya resurslarning dastlabki shakllanishi korxona ta’sis etilgan va uni ustav (aksioner yoki shirkat) kapitali.
Ustav kapitali – bu korxonaning mulqidir. U ta’sischilar ulushi, korxona nizomi yoki uni tashkil qilish SHartnomasiga binoan belgilangan faoliyatni boshlash uchun zarur bo‘lgan kapital miqdori, aksiya, obligatsiyalar chiqarish, davlat va xususiy investitsiyalar evaziga xosil bo‘lib, asosiy va aylanma fondlar qiymatidan iborat xamda korxona balansida boshlang‘ich (dastlabki) qiymatlari bo‘yicha eks ettiriladi.
Korxona moliya resurslari asosan foyda evaziga (asosiy faoliyat yoki boshqa tur faoliyatdan olingan), xamda chiqarilgan mulqni realizatsiyasidan tushgan tushum, turli xil maqsadli to‘lovlar, mexnat jamoasi a’zolarining ulush pullari (vznos, paylar), rezerv va boshqa kapitallar, uzoq muddatli zaemlar, korxona oborotidagi kreditorlik qarzlar va xokazo asosida shakllanadi.
Korxona moliya resurslarni sug‘urta muassasalar tarkibiga kirgan konsern va assotsiatsiyalardan xam olishi mumkin.
Korxona moliya resurslardan quyidagi yo‘yicha foydalanadi:

  • maxsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishga ketgan joriy xarajatlar;

  • mablag‘larni ishlab chiqarishni kengaytirish va texnikaviy yangilashga mo‘ljallangan kapital quyilmalarga investitsiya qilish;

  • moliya resurslarni qimmat baxo qog‘ozlarga investitsiya qilish;

  • moliya bank tizimlari, byudjetdan tashkari fondlarga to‘lovlar to‘lash;

  • kengaytirish, rag‘batlantirish, ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan fondlar va rezervlarni tashkil qilish;

  • xayriya maqsadlari, sponsorlik va x.k.


Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling