Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Download 1.1 Mb.
bet35/83
Sana23.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1047910
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   83
Bog'liq
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti

Foydani taqsimlash


Foyda turli, rang-barang extiyojlarni qondirar ekan, bozor iqtisodiyoti sharoitida, uni iqtisodiy asoslangan tizimni ishlab chiqish va joriy etish katta axamiyatga ega. Bu tizimda xo‘jalik sub’ektlarning manfaatlari oqilona, bir-biriga muofiq kelishilgan bo‘lishi lozim.
Foyda taqsimlashning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

  • jamiyat (davlat ko‘rinishida) oldidagi moliyaviy majburiyatlarni birinchi galda bajarish;

  • kengaytirilgan ishlab chiqarish extiyojlarini maksimal darajada ta’minlash;

  • ishlovchi xodimlarni moddiy rag‘batlantirish; - foydani ijtimoiy-madaniy maqsadlarga ishlatish.

O‘zbekiston Respublikasi “Korxonalar to‘g‘risida” dagi qonunning (18 modda) da “Byudjetga to‘lanadigan soliq va boshqa to‘lovlardan so‘ng qolgan foyda (sof foyda) korxona ixtiyorida qoladi va uni tortib olish man etiladi” deb qayd etilgan.
Bozor sharoitida korxona yuqoridagi prinsiplarni amalga oshirish yo‘llarini o‘zi belgilaydi, foydani qaerga, qancha va qancha muddatda sarflashni o‘zi xal qiladi, korxonalar faoliyatidagi davlat nazorati soliqlar (ularga tegishli imtiyoz va sanksiyalar bilan) orqali amalga oshiriladi.
Soliq – qonunda belgilangan muddat va xajmda byujdetga to‘lanishi majburiy (shart) bo‘lgan to‘lovlar (bitta yalpi daromad, qolganlari foyda xisobidan). Qonunga binoan to‘lovlar tartibi quyidagilardir:

  • avvalo daromaddan QQS va aksiz solig‘i to‘lanadi;

  • keyin mulq soliqlari (korxona mulqi, er, transport soliqlari) to‘lanadi;

  • qolgan soliqlar, shu jumladan foyda solig‘i.

Soliq va to‘lovlardan so‘ng qolgan foyda ishlab chiqarish iste’mol xamda ijtimoiy extiyoj va maqsadlarga taqsimlanadi. Bundan tashkari, agar korxona ustav fondi boshqa investorlar ishtirokida tashkil topgan bo‘lsa, u xolda shu foydadan ularga foiz (%) va dividendlar to‘lanadi.
Korxona ixtiyorida qolgan foydani taqsimlash tizimida bugungi kunda asosiy talab – bu iste’mol va jamg‘arish uchun ajratilgan mablag‘lar orasida optimal nisbatar belgilash asosida kengaytirilgan qayta ishlab chiqarishni moliya resurslari bilan ta’minlashdir.
Bozor konyukturasi talabiga binoan korxona ishlab chiqarish potensiyalini kengaytirish va yangilash zaruriyati tug‘ilsa, foydadan ishlab chiqarishni rivojlantirish fondlarna ajratmalar miqdorini belgilash muxim o‘rin tutadi. Bu fondlar resurslari kapital quyilmalarni moliyalashtirish, aylanma mablag‘larni ko‘paytirish, ilmiy-tekshirish ishlarni o‘tkazish, yangi texnologiyalarni joriy etish, ilg‘or mexnat usullariga o‘tish va xokazolarga mo‘ljallangandir.
Foyda ma’lum miqdorda yana kredit investitsiyalar bo‘yicha foiz (%) to‘lovlarga ishlatiladi.
Foyda taqsimlanish tizimida rag‘batlantirish fondlarni tashkil qilish xam katta axamiyatga ega. Ushbu fondlar resurslari ishchi va xizmatchilarni mukofolash, yil yakunlari bo‘yicha taqbirlash, bir vaqtli moddiy yordam ko‘rsatish va xokazolarga ishlatiladi.
Bozor sharoitiga o‘tish munosabati bilan xodimlarni ijtimoiy muxofaza etish tizimining axamiyati ortib boradi. SHuning uchun foydaning ma’lum miqdori turli ijtimoiy-madaniy extiyojlarni qondirish uchun mo‘ljallanadi, shu jumladan:

  • turar uy-joylar, maktabgacha bo‘lgan bolalar muassasalarini qurish va kapital ta’mirlash;

  • ishchi oshxonalar uchun dotatsiya, xodimlarga madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash;

  • maktabgacha bo‘lgan bolalar muassasalari va ezgi lagerlarda bolalar oziqlanishini yaxshilash va x.k.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling