Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti
Download 1.1 Mb.
|
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- 13-ma’ruza Menejment (boshqaruv) tamoyillari va funksiyalari Reja
Tayanch so‘z va iboralar.
1. Menejment (boshqaruv) – maxsus boshqarish faoliyatini bildiradi. Menejment firma, korxonaning ishlab chiqarish, tijorat va moliyaviy faoliyatini boshqarish bo‘lib, firma jamoasining guruxiy manfaatiga xizmat qiladi. Menejment ishlab chiqarishni rejalash, tartibga solish, nazorat qilish, shuningdek ishlab chiqarishga raxbarlik qilish, uni tashkil qilishdir; boshqaruv xokimyati va san’ati; resurslarni boshqarish bo‘yicha alohida mohirlik va ma’muriy ko‘nikmalarni bildiradi; Boshqaruv ob’ekti – bu boshqariladigan tuzumcha. Boshqaruv sub’ekti – bu boshqaruvchi tuzumcha. Menejer – boshqaruvchi mutaxassislar. Boshqaruv maqsadi- bu muddao, murod, ya’ni niyatga erishmoq uchun ko‘zda tutilgan orzu. Nazorat savollari: Menejment (boshqaruv) mohiyati nimadan iborat? Boshqaruv ob’ekti va sub’ekti tushunchalari nimani ifodalaydi? Boshqaruv maqsadi nima? Boshqaruv maqsadlariga qanday talablar qo‘yiladi? Ho‘jalik boshqaruvining qanday vazifalari mavjud? 13-ma’ruza Menejment (boshqaruv) tamoyillari va funksiyalari Reja: 1. Menejmentning asosiy tamoyillar (prinsiplar)i, ularning moxiyati; 2. Menejment funksiyalari va ularning turlari Bevosita boshqaruv faoliyati ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish, xodimlarning xarakatlarini kelishtirib turish va nazorat qilish. Boshqaruv faoliyatida menejder-boshqaruvchi qo‘l ostidagi xodimlarni mexnatga jadb qilib, ularni jipslashtirib, o‘zi emas, ammo yordamida ushbu xodimlar oldiga quyilgan vazifani bajarishi katta axamiyatga egadir. Menejmentning asosiy prinsiplari: Menejmentning asosiy maqsadi insondir. Uning (menejmentning) vazifasi odamlarning yagona maqsad sari jipslashtirish, qobiliyatini namoyon qilish uchun ularga barcha shart-sharoitlarni yaratishdir. Inson o‘z qobiliyatlarini, imkoniyatlarini amalga oshirish-oshirmasligi ko‘p jixatdan unga bo‘lgan munosabat, boshqaruvga bog‘liqdir. YAgona maqsad sari odamlarni bir korxonada yoki firmada birlashtirgan menejment shu odamlarga, ular mansub bo‘lgan millat, mintaqadagi madaniyat, urf- odat, milliy an’analar bilan chambarchas bog‘liqdir, ya’ni boshqaruvning milliylik xususiyatini xisobga ola-bilish. CHetdan karaganda menedjerlar vazifasi bir xil, u xam bo‘lsa ishlab chiqarishni boshqarish. Lekin xamma gap bu vazifani qanday bajarishdi. Buning sababi aytib utilgan milliy, mintakaviy urf-odat va an’analardir. Menejment xar doimgurux, jamoa yoki korxona oldida turgan vazifani aniq ta’riflashi kerak. Aniq ravshan quyilgan vazifa uni bajarilishini ancha osonlashtiradi. Menejmentning vazifalaridan yana biri – korxonani xam, uning a’zolarini xam bir joyda kotib qomasligini, ya’ni ishlab chiqarish texnika, texnologiyasini muntazam mukammalashtirib, ishchi, xodimlarning maxoratini oshishini ta’minlashdir. Faylasuflarda bir gap bor: “xattoki bir joyda turish uchun xam bor kuch bilan yugurish kerak”. YA’ni xayot, taraqqiyot bir joyda turmaydi va shuning uchun boshqaruvchi xam, boshqaradigan jamoa (korxona) xam xar doim taraqqiy etishi kerak. Jamoa va korxonadagi xar bir a’zo (ishchi-xodim) o‘z malakasi, bilimga yarasha vazifani bajaradi. Menejment shu odamlar o‘rtasidagi kommunikatsiyani (muloqotni) xam, ularning xar birining shaxsiy ma’suliyatini xam rivojlantirib, ularga tanish kerak. Korxonaning faoliyatini, menejmentning samarasini qandaydir bir ko‘rsatkichlar (masalan, ishlab chiqarish maxsulot xajmi, olingan foyda va xokazo) bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Masalan, foyda xodimlarga duk – pupisa qilish, ularni kattik nazorat qilish (xozir bu usullar to‘g‘ri kelmaydi) orqali bo‘lishi mumkin. YOki ishlab chiqarishning pul bilan o‘lchangan xajmining ko‘payishi narxlarni xaddan tashkari oshirib yuborish orqali amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin. Korxona bamisoli odam organizmidek muraqqabdir. Odamning sog‘ligini aniqlash uchun uni xar tomonlama tekshirish kerak bo‘lgani kabi, korxona xam xar bir tomonlama o‘rganilishi kerak. Korxona qozonadigan muvaffaqiyat nafakat korxonaning o‘zida, balki tashkarida xam, ya’ni bozorda belgilanadi. Rosmanasiga muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lgan korxona bozordagi faoliyatni unutmasligi kerak. Nixoyat, prinsiplar qatorida yana bir muxim narsani aytib o‘tish joizdir. xx asr oxiridagi iqtisodiyot ommaviy, ya’ni katta miqdorda chiqariladigan maxsulot emas, balki kichik-kichik partiyalarda ishlab chiqariladigan, konkret iste’molchiga mo‘ljalangan maxsulot ishlab chiqarish sari tobora ko‘proq ogayotganining guvoxi bo‘layapmiz. Bu nixoyatda muxim o‘zgarishdir. Endi ommaviy maxsulot chiqaradigan yirik korxonalar emas, balki kichik seriyalarda maxsulot chiqaradigan, odamlarning nozik va turli-tuman extiyojlarini qondirishga moslashgan kichik va o‘rta korxonalar davri boshlanayapti. Kichik korxonalarning aloxida xisobga olinishi, ularga turli imtiyozlar yaratilishi ularning bozor iqtisodiyotidagi axamiyati, o‘zgaruvchanligi, sharoitga tez moslashuvchanligidan kelib chiqqan. SHu bilan birga chetdan ko‘zga tashlanmaydigan omillar borki, ularni egallagan firmalarning deyarli barchasi bugungi kunda muvaffaqiyat qozonoyapti. Bu qudratli omil – firma falsafasi deb ataladi. Firma falsafasining asoslari yapon menejmentida solingan bo‘lib, bu falsafa asosida yapon millatiga xos bo‘lgan kattalarga (demak, raxbarlarga xam) bulgan xurmat, xamjixatlik kabi fazilatlari asosida qurilgan (qizig‘i shundaki, bizning xalqimizda xam ushbu fazilatlar rivojlangan). xozirgi zamon ishlab chiqarish odamlardan, ya’ni raxbar yoki menejerlar qo‘lidagi xodimlardan ijodiy endashuvni, tashabbusni talab qiladi. SHunday ekan, ushbu talablarga juda mos keladigan firma falsafasi, ya’ni boshqaruvning yangi falsafasi ertami, kechmi albatta etuk dash qarash bo‘lib qoladi. 1960 yilda D. Makgregor degan amerakalik olim tomonidan “x” va “U” nazariyalari ishlab chiqilgan edi. “x” nazariyasiga binoan inson o‘z tabiatiga ko‘ra dangasa bo‘lib, iloji bo‘lsa ishlamaslikka xarakat qiladi. Demak, aksariyat bunday odamlarni mexnat qilishga majbur qilish, ularning xatti-xarakatlarini qattiq nazorat ostiga olish kerak. Agarda ishlamasa, katta jarimalar yordamida jazolash kerak. Undan tashkari xodimlar xech qachon ma’suliyatni o‘z bo‘yicha olishni istamaydilar va iloji boricha undan o‘zlarini olib qochadilar. Bu nazariya ko‘proq og‘ir qo‘l mexnati, bir me’erda bajariladigan (masalan, konveyoerlarda) ish bilan band bo‘lgan ishchilarga xosdir. “U” nazariyasi buning aksi. Unga binoan mexnat qilish odamlarga uyqu, oziqlanish, dam olish kabi tabiatdan xosdir. Bunday odamlarni qattiq nazorat ostiga olish, jarima bilan qo‘rqitish shart emas. Agarda inson oldiga unga xamoxang bo‘lgan maqsad qo‘yilgan bo‘lsa, u o‘zi bemolol ishlayveradi. Undan tashkari, samarali ishlaydigan xodimlar o‘z mexnatining munosib taqdirlanishini kutadilar. Ular kerak bo‘lsa, o‘z zimmalariga ma’lum miqdorda ma’suliyat yuklashga tayyorlar. Bu nazariyalarning qaysi biri xayotga yaqinroq? Albatta, menejerlar qo‘lida ishlaydigan xodimlar xam xar xil bo‘ladi. Kimdir yaxshi changa qunadi, kimgadir esa qattiq qo‘l raxbar kerak bo‘ladi. Lekin bu erda gap menejmentga umumiy endoshu to‘g‘risida ketyapti. 80-chi yillarda Amriqo fuqorasi bo‘lgan yapon olimi Uilyam Ouchi “Z” nazariyasini taklif qiladi. Bu nazariya “x” va “U” nazariyalari, yapon va amriqo menejmenti tajribasidan kelib chiqib, U. Ouchi taxmini bo‘yicha, eng kuchli tomonlarini, g‘oyalarini o‘z ichiga qamrab oladi. Aynan “Z” nazariyasini boshqaruvning yangi falsafasi amriqocha ko‘rinishining asosini tashkil qiladi. Aytgandek, bu falsafani birinchi navbatda yirik amerika firmalari qo‘llashgan. Firma falsafasining asosiy uch g‘aki mavjud: Bu falsafani joriy etuvchilar va umuman xar qanday firmaning faravonligini ta’minlovchilar o‘z imkoniyatlarini amalga oshiruvchi xodimlardir. Firma bu misoli jonli organizm. Bunda yagona maqsad sari birlashgan odamlar faoliyat ko‘rsatadilar. xam firma, xam uning odamlari muntazam ravishda yangilanib, o‘zgaradilar va shu yangilanish orqali bozordagi o‘zgarayotgan sharoitga moslashadilar. Qisqacha bo‘lsa xam birinchi ikkita g‘oya moxiyatini yoritamiz: o‘z imkoniyatlari va qobiliyatlarini amalga oshiruvchi xodimlar. Biznes, menejment nuqtai nazariyadan qaraganda, odamlar uch (3) toifaga bo‘linadilar. Birinchi toifa – iqtisodiy odam. Uning asosiy maqsadi, fiqri-zaxri ko‘proq pul olishdir. Demak, uni ko‘proq ishlatish uchun kuproq moddiy rag‘batlantirish yoki jarimaga axamiyat berish kerak. Iqtisodiy odamning asosiy zaif tomoni shundaki, u oddiy qilib aytganda “pul desa o‘zini tomdan tashlashga xam tayyor”. Agar boshqa korxona yoki firma ko‘proq va’da qilsa, ishlab turgan joyini bemolol tark etaveradi. Ikkinchi toifa – sotsial odam. Bu tushuncha ko‘proq bizning odamlarimizga mos keladi. Bular o‘z kuchlariga ishonmaydigan, davlat yoki firmadan xomiylik kutadigan odamlardir. Bunday odamlardan ishga ijodiy endashuv, tashabbuskorlikni kutish qiyin. Nixoyat, uchunchi toifadagilar – aynan o‘z qobiliyatlar va imkoniyatlarini amalga oshiruvchi xodimlar. Bular xam moddiy tomonga axamiyat beradilar (oladigan ish xaki, daromadning boshqa manbaalari), xam tashabbuskor, yangi-yangi g‘oyalarni taklif qiluvchi bo‘ladilar. Undan tashkari, ular firma, jamoaning yaxshi- emon kunlarida uni qo‘llab-quvvatlaydigan, sadoqatli, faravonligini ta’minlaydigan xam shular bo‘ladi. xodimlarni bir oila a’zolari sifatida bilish esa boshqaruv yangi falsafaning ikkinchi g‘oyasini tadbiq organiz kabi xisoblash kerakligini taqazo etadi. Bu narsa, ko‘proq psixologik samaraga ega. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling