Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti
-ma’ruza Menejerlar (boshqaruvchi kadrlar) ni tayyorlash
Download 1.1 Mb.
|
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti
16-ma’ruza
Menejerlar (boshqaruvchi kadrlar) ni tayyorlash jarayonini tashkil qilish Reja: Menejer mexnatining moxiyati; Menejerlar oldiga bozorning qo‘ygan talablari; 3. Menejerlarni tayyorlash. Ilmiy menejmentni amalga oshishini malakali boshqaruvchi – menejerlar ta’minlaydilar. Statistika bo‘yicha ko‘p xollarda bu mansabga daxldar odamlar iqtisodiy bilim egallari, moliya va marketing soxasidagi mutaxassislardir. Zamonaviy menejer jamoat ishlab chiqarishda: a) boshqaruvchi; b) diplomat; v) etakchi (peshqadam); g) innovator; d) inson sifatida maydonga chiqadi. Boshqaruvchi-menejer. Menejerning bu funksiyasi azoldan unga xos bo‘lgan an’anaviy funksiya xisoblanadi. Boshqaruvchilik vazifasini ado etar ekan, menejer xokimiyatga ega shaxs bo‘lib qoladi. xozirgi sharoitlarda xokimiyat tanxo bir kishiga tegishli bo‘lmay qolgani uchun, xokimiyatni qo‘lda tutuvchi kishidan bugungi kunda xam qat’iyat, xam ma’lum darajada muloyimlik ko‘rsatish talab etiladi. Boshqaruvchi menejer xalol, o‘z lavzida turadigan, yuqsak kasb maxoratiga ega, ish yuzasidan muomala qilish ko‘nikmalarini o‘zlashtirgan, notiq, maslaxatchi, pedagog va psixolog maxoratiga erishgan bo‘lishi kerak. Diplomat-menejer. So‘nggi o‘n yilliklar davomida, ayniksa, keng eyilgan menejerlik malakalari va ko‘nikmalari orasida bularning avvalo muzokaralar olib borish bilan bog‘liq xillari tilga olib o‘tish lozim. O‘rta va oliy bo‘g‘ii menejerlari xozirgi kunda o‘zlarining ish vaqtlarini asosan odamlar bilan aloqalar bog‘lash va bu aloqalarni kengaytirishga, ish soxasidagi aloqurlashtirish, shartnomalar, bitimlar tuzish, baxslarni xal qilish, xukumat bilan o‘rnatiladigan munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga sarflaydilar. xar xil vositachilik ishlarida menejerlarning ishtiroq etishi tobora ko‘proq zarur bo‘lib qoldi. Mana shularning xammasi uchun kishida aloxida, ya’ni diplomatlarga xos qobiliyatlar bo‘lishi kerak. Etakchi- menejer. Zamonaviy menejer menejerlik ishlaridan tashkari etakchilik ishlarini xam olib boradi. Menejment xususidagi amerika nazariyotchilari “xar bir menejer etakchi bo‘lishi kerak” degan ishorni allaqachonoq o‘rtaga tashlashgan. Menejerlik vazifasi bidan etakchilik vazifasi bir ma’noni anglatmaydi. Bizda menejerlik vazifasi deyilar ekan, ko‘pgina biznesning moddiy kenja tizimi faoliyatini (ishlab chiqarish resurslari, muolajalari, texnologik jarayonlarni) quvvatlab borish uchun zarur bo‘lgan jami professional xarakatlar tushuniladi. Bizda bu o‘tmishdan qolgan. Biznesning insonga xos bo‘lgan boshqa avlod tizimi, ya’ni boshqarishning asosiy ob’ekti bu o‘rinda go‘yo chetda qolib ketgan. Lekin bu vazifani yaxshi uddalash uchun menejer odamlarni o‘ziga ergashtirib borish qobiliyatiga ega, ya’ni etakchi bo‘lishi kerak. Zamonaviy nuqtia nazarga muvofiq etakchilik funksiyalari ikki qismdan professional-texnokratik va emotsional shaxsga oid qismlardan iborat. Murabbiy- menejer. Ishlab chiqarish jarayonlari muraqqablashib borgani sayin xodimlarga qo‘yilgan talablar ortadi. Bir tomondan xodimlarning texnologik bilimlarini oshirish extiyoji paydo bo‘lsa, ikkinchi tomondan ular xayot faoliyatining ma’naviy tomonlarini kamolatga etkazish zaruriyati tug‘iladi. Murakkablashib borayotgan texnika bilan texnologiya mutaxassislarga uzluksiz kasb ta’limi berib borish zaruriyatini tug‘dirishi xech kimda shuyuxa uyg‘otmaydi. Bu ravshan, shunga ko‘ra biz, ko‘p surishtirmasdan bu ishga talaygina mablag‘larni sarflamiz. Lekin xodimlarni ma’naviy tomondan kamolatga etkazish borasida biz sustkashlik qilmoqdamiz va shuning uchun ishlab chiqarishda zarar xam ko‘ramiz. Vaxolanki, xodimlarning yaxshi tarbiya ko‘rganligi, yuksak ma’naviy axloqqa ega ekanligi taraqqiyot cho‘qqisiga chiqqan iqtisodiyotning mintaqadan mintaqaga o‘tib borishi uchun xal qiluvchi shart bo‘lib xisoblanadi. Muffaqiyat qozonishni mo‘ljallaydigan menejer xodimlarni odob-axloq, xis- xayajon tomonidan tarbiyalab borish barcha menejerlik ishlarning muxim tomonidir, degan tegishli xulosaga kelish lozim. Innovator- menejer. Fan-texnika taraqqiyotining informatsion yuksalish sharoitida menejerlik ishining eng muxim tomonlaridan biri innovatsiyalar bo‘yicha faoliyat olib borishdir. SHiddat bilan davom etayotgan fan-texnika inqilobi sharoitlarida innovatsiyalar xususida kimki sustkashlik qiladigan bo‘lsa, u tez orada orqaga o‘tib qoladi. Innovatsiyalarning zarurligini tushuntirish juda oson. Eskirib qolgan asbob-uskunalarni tiklash, yangiliklarni joriy etishdan mablag‘ tejab qolishdan ko‘ra yangi texnika va texnologiya bazasida mexnat unumdorligini va maxsulot sifatini ko‘tarish ancha oson va tezroq bo‘ladi, deb xisoblanadi. Menejer avvalo insondir. Menejer tashki energiya manbaalaridan ishlaydigan mashina emas. SHuning uchun xam insonga xos bo‘lgan xususiyatlarning xech biri unga begona emas. Menejer tarbiya natijasida etishtirilgan ijtimoiy sifatlarning murakkab bir tizimi, ya’ni shaxsiyatli kishidir. xar bir menejerning o‘z xulk-atvori bilan belgilanadigan o‘z tadiati bor. Lekin odam tabiatining xar qaysi tomoni xam menejerlik vazifalarini ado eitishga yordam beravermaydi. YApon “Matsusita denki” firmasining menejerlari ishchilar mexnatining samarasinii oshirish va ularni maxsulot sifatini tinmay takomillashtirib borishga undash uchun mana bunday ma’naviy qoidaga amal qilib borishadi: Bizning tomoyillarimiz. Jamiyatimzni rivojlantirish va faravonligini oshirish borasida o‘z ma’sulitlarini anglab olish. Jaxon madaniyatini yanada taraqqiyot ettirishga o‘z-o‘zini bag‘ishlash. Bizning kredo. Madaniyat taraqqiyoti mavxum bir narsa emas. Bizning xammamiz birgalikda xarakat qilib, madaniyat taraqqiyotiga o‘z ulushimizni qo‘shib boramiz. Bizning xar birimiz buni doimo edda tutmog‘imiz kerak. xar ishda firmaga sadoqatli muvaffaqiyat kalitidir. Ma’naviy qadriyatlarimiz: a) ishlab chiqarishni takomillashtirish yo‘li bilan millatga xizmat qilish; b) xallolik; v) uyg‘unlik va xamkorlik; g) sifat uchun kurash; d) o‘z qdrini bilish va buysunish; e) firma bilan payvasta bo‘lib ishlash; j) firmaga minnatdorchilik. Menejerlikning asosiy maqsadi – izlanish, doimiy o‘qib o‘rganish va ishni barcha mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘la samara olishni ta’minlaydigan qilib tashkil etishdan iborat. Menejer xar doim odamlar bilan muloqtda bo‘lib, ularning ishini tashkil qiladi. Binobarin, menejer psixologik, ijtimoiy va boshqa zarur bilimlarga ega bo‘lishi kerak. Uning bilim doirasi qanchalik keng bo‘lsa, uning xodimlar bilan bo‘ladigan munosabati shunchalik yaxshi bo‘ladi. Odamlar bilan munosabatda menejerlar mazmunli muxbat o‘tkazish, yig‘ilish va majlislar o‘tkazish, ish yuzasidan olib boriladigan muzokaralar, suxbatlar davrida kamgap bo‘lish, ortiqcha, keraksiz so‘zlar ishlatmaslik, fiqrini aniq, ravshan, qa bayon xam yuqori malaka xisoblanadi. Menejer mexnatkashlarni ishni bajarishga davat qiladi va yo‘naltiradi. Uning birdan-bir quroli yozma yoki og‘zaki aytilgan so‘z eki raqamlar tilidir. Menejerning ishi texnika xisoblash ishlari yoki maxsulotlarini sotish bilan bog‘liqmi, yo‘qmi, undan qat’i nazar ishning samarasi uning eshitish, o‘qish va yozish qobiliyatiga bog‘liq. Menejer katta foyda olishni quzlagan xususiy mulq egasi bo‘lmasada, bugungi kunda u iqtisodning ishlashini ta’minlovchi shaxsdir. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling