Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Marketing taktika va strategiyasi


Download 1.1 Mb.
bet48/83
Sana23.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1047910
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   83
Bog'liq
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti

Marketing taktika va strategiyasi


Marketing taktikasi qisqa muddatli, operativ echimlarni, bozorni rivojlantirish, unda konyukturani barqaror saqlab turish yo‘llarini qidirib topish va amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Uning strategiyasi bo‘lsa o‘rtacha va uzoq muddatlarga mo‘ljallangan maqsadlardir.
Bozorda vaziyat tez o‘zgarib turadigan sharoitlarda (shu narsa xozirgi bozorning asosiy belgisidir) uzoq muddatga mo‘ljallangan xar tomonlama endoshish zarurligidan kelib chiqadi. Ana shunday vaziyatlarda – marketingmiks degan strategiyasi foydalaniladi.
Marketingmiks u yoki bu soxa bozoriga ta’sir o‘tkazish uchun bozor sub’ekti (sanoat yoki savdo korxonasi) tomonidan qo‘llaniladigan vositalar majmuasidir. Masalan, ilgari kolxaz va sovxozlar uchun traktorlar ishlab chiqarib kelgan va bugungi kunda shaxsiy tomorqa xo‘jaliklarining egalari, ijarachilar fermerlar uchun jitti, ya’ni mini-traktorlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirayotgan sanoat korxonasiga marketingmiks strategiyasini qo‘llanish kerak bo‘ladi.
Buning ma’nosi nima? Avvalo, shaxsiy mulqdarlarga uch-besh yildan keyin qanday traktorlar kerak bo‘ladi, qanday qilib bozorni bular bilan to‘ldirish mumkin degan savolga javob berish kerak. So‘ngra mini-traktorlar ishlab chiqarishning butun texnologik zanjirga, jummladan, ularni yig‘ish va extiyot qismlar bilan ta’minlashga qilinadigan sarf-xarajatlardan tashkari, traktorlarni soxa bozoriga chiqarish, reklama, ulgurji va chakana qilib sotishga ketadigan sarf-xarajatlarni aniqlab chiqish lozim.
Marketingmiks strategiyasini tashkil etuvchi echimlardan iste’molchilar talabiga ta’sir o‘tkazishdir. Bunday ta’sir o‘tkazishning vositalari esa tovar assortimenti va sifati, baxolari, ustamalar va skidlar, xizmatlar tajmuasi, molni etkazib berish tizimi va boshqalardir. Marketingmiks strategiyasining asosiy elementlari o‘rtasida teskari aloqa qaror topadi. Bu elementlar xam aloxida-aloxida, xam xammasi bir bo‘lib amal qilib borishi mumkin, lekin albatta mikro va makromuxitga qarab amal qilib boradi.
Makromuxit omillari qatoriga quyidagilar kiradi: ijtimoiy-siyosiy tuzum va xuquq; xalo‘ xo‘jaligining darajasi va tuzilishi, madaniyat, ta’lim, rasm-rusumlar; jamiyatdagi fan-texnika taraqqiyotining darajasi; iqtisodiy va ijtimoiy shart- sharoitlar; demografik omillar.
Mikromuxit omillari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: o‘xshash soxa korxonalari bilan raqobat darajasi; bozor konyukturasi; konkret bozor tuzilishi va xaridorlarning talablari; raqobatchi firmalarning reklamasi va boshqalar.
Marketingmiks konsepsiyasi bozorga ta’sir ko‘rsatishning barcha vositalari korxonalarga qanchaga tushishini, shuningdek ularni qo‘llanishidan qancha samara olish mumkinligi albatta xisob-kitob qilib chiqishni ko‘zda tutadi. Bu o‘rinda bozorga kiritiladigan tovar xayot siklining bosqichi juda muxim bo‘lib qoladi.
Bozorga taklif etiladigan xar bir tovar o‘zining xayot sikliga yoki o‘z xaridorni topishi kerak bo‘lagn davrga ega bo‘ladi.
Tovar xayot siklining bosqichlari (tovarning bozorda sotilish bosqichlari) tafovut etiladi. xar bir bosqichga marketingning o‘z taktikasi mos keladi. xayot bosqichlariga qarab bozor sub’ektlari xar xil foyda oladi.
xayot siklining davri, qancha davom etishi ko‘pgina omillarga bog‘liq. Tovarni o‘ziga mos joyini topib qo‘yish, baxosini tabaqalashtirish yo‘li bilan (xayot siklining bosqichiga qarab) xayot siklining o‘ziga xam ta’sir o‘tkazish, ya’ni uni uzaytirish yoki qisqartirish mumkin.
Tovar xayot siklining grafik tasviri to‘rtta (beshta) bosqichi bo‘lgan obrazli egri chiziq shakliga ega.
Birinchi bosqichi – tovarni bozorga kiritish davri. Unga talab asta-sekin o‘sib boradi va bunda rag‘batlantiruvchi marketing taktikasi – aktiv reklama kerak bo‘ladi.
Tovar xayot siklining ikkinchi bosqichi sotuv xajmining tez o‘sib borishidir.
Uchinchi bosqichi – maxsulotning etuklik davri. Bunda sotuv xajmi xamal o‘sib boradi, lekin u endi ikkinchi bosqichdagiga qaraganda sezilarli darajada pasaygan bo‘ladi.
To‘rtinchi va beshinchi bosqichlarida talab asta-sekin, keyin esa keskin ravishda pasayib boradi.
SHunday qilib, tovar xayot siklining xar bir bosqichi turlicha bo‘ladi va soxa bozorda o‘ziga yarasha turdagi tegishli marketing ishlarini olib borishni taqozo etadi.
Tovar xayot sikli egri chizig‘ining shakli, bosqichlarining qancha davom etib borishi tovarning xossalariga, juladan uni o‘ziga o‘xshash buyumlardan ajratib turadigan yangi fazilatlariga bog‘liq. Tovar xossalarining iste’molchilar talablariga mos keladigan bo‘lishi ayniqsa muxim.
Umumiy ma’nosida marketing strategiyasi firma imkoniyatlarini bozordagi xolatga muvofiqlashtirish, qo‘yilgan maqsadlrga erishishning kompleks vositalarini belgilashdan iborat.
Strategiyani ishlab chiqish jarayoni olti marketing qarori yoki kichik strategiyasini o‘z ichiga oladi. Bular maqsadga muvofiq bozorni tanlash, bozorda o‘z segmentiga ega bo‘lish (maqsadli segment tanlovi), bozorga chiqish usullarini tanlash, marketing vositalarini tanlish, bozorga chiqish vaqtini belgilash, boshqarishning firmaning strategik maqsadlariga eng mos keladigan tashkiliy tarkibini tanlash. Strategiyaga qo‘yiladigan asosiy talablar – variantlarning aniqlash, realligi, kompleksliga va xilma-xilligi.
Joriy marketing xolati xarakatdagi bozor, uning xajmi, iste’molchilar tarkibi, raqiblar, o‘ziga xos boshqa omillarning xolat tizimi, shuningdek firmaninng shu bozordagi mavqiyoni aniqlab beradi.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling