Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Download 1.1 Mb.
bet50/83
Sana23.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1047910
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   83
Bog'liq
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti

Tayanch so‘z va iboralar



  1. Marketing – xaridor extiyojlarini imkoni boriga tq qondirish maqsadlarida bozor xolatini asosli o‘rganish va oldindan baxolash bilan tovarlarni ishlab chiqarish, otishni tashkil etish tadbirlari tizimi; bozor iqtisodiyotini muxim unsuri. Bozorning qoida bilish, moslashish va unga ta’sir etish, tovar ishlab chiqaruvchilar va xaridorlarning o‘zaro bog‘liqligiga erishishga qaratilgan xo‘jalik munosabatlari majmui.

  2. Bozor – eskidan oddiy xolda oldi-sotdi joyi, tovarlarni sotuvchi va xaridor o‘rtasida begonalash, ularni almashtirish joyi va jarayoni. L.Abalkin esa bozor – tovar muomalasi ekanligini tan olib, bozorning yalpi maxsulot takror ishlab chiqarishini va uning tarkibiy qismlari xarakatining takrorlanishi elementi ekanligini va bozorning ma’lum xo‘jalik aloqalari turi, ma’lum iqtisodiy xarakat xili deb qayd qiladi. iSHlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasidagi aloq albatta bozor orqali amalga oshadi. Raqobat, talab va taklif tufayli ishlab chiqarishga ta’sir o‘tkaziladi, baxolar erkin yuzaga kelib, shular tufayli bozor qatnashchilarining xarakat ylgilanadi.

  3. Bozor segmenti – bozorni ayrimqismlarga taqsimlab ish ko‘rish bozordagi faoliyatga aniqlik kiritish, ya’ni tavakkalchilik bilan bozorga kirish emas, balki uning o‘ziga kerak aniq qismini topish va belgilashdan iboratdir. Bozorni qismlashtiruv bir xil, bir xususiyatli tovarlarga muxtoj iste’molchilar guruxini tanlish, xaqiqiy bozor talabini topa bilish jarayonidan iborat.

  4. Marketing kompleksi – bozorni xar taraflama o‘rganish: a) talabni o‘rganish; b) bozor tarkibini aniqlash; v) tovarni o‘rganish; g) raqobat sharoitlarini tadqiq tish; d) sotish shakli va uslublarini taxlil qilish. Bozor talabi o‘zgaruvchan xususiyatga ega bo‘lganligi uchun, unga demografik, umumiqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, psixologik va boshqa omillar ta’sirini xisobga olgan xolda, bozorrda axolining soni, jinsi, yoshi, daromadi, maxsulot sifati va narxigacha taxlil qilinadi.

  5. Riqib afzalligi – bozor, raqiblar vafirmaning o‘z tavsiflarini marketing tadqiqotlari yakunlaribo‘yicha baxolash yutuqning asosiy omillarini aniqlashga xizmat qiladi, ya’ni tovvar ishlab chiqarish va maxsulotni sotishda raqib afzalliklari majmui aniqlanadi. Bunday yutuq omillari – xom ashyo va materiallarga ochiq yo‘l, eng yangi texnologiya, yangi maxsulotlar ishlab chiqarish imkoniyati, boshqrishdagi engillik va boshqalar bo‘lishi mumkin. Firma xamda raqibatlarining xolati omillarning “kuchi” bilan uning bo‘yicha o‘rganilib chiqiladi, shu firmaning “kuchi” bilan uning asosiy raqiblari “kuchi” xar yutuq omili bo‘yicha qieslanadi. Kelajakda firma xal qiluvchi yutuq omillari yordamida marketing faoliyatining strategiyasi va taktikasini ishlab chiqadi.

  6. Talab – to‘lov qobil extiyoj, bozorga chiqqan va kerakli miqdordagi pul bilan ta’minlangan extiyojini ifodalaydi. Talab extiyojdan kelib chiqadi, xaridga ajratilgan pul shaklida ifoda etiladi.

  7. Tovarning xayotiy sikli – tovarning bozorga kirib kelishdan boshlab, to uning bozordan chiqib ketishiga qadar (maxsulotning sotilishi, iste’molchilar va raqiblar foydasi xamda marketing strategiyasini ifoda etish uchun) amalga oshiriladigan tadbirlardan iborat konsepsiyadir. Tovarning xayotiy sikli to‘rt tipga ajratiladi: maxsulotlar turining

xayotiy sikli; maxsulotlar katta sinfining xayotiy sikli; qo‘llanish xayotiy sikli; maxsulotlar markasining xayotiy sikli. Maxsulot xayotiy siklining bosqichlari: kirib kelish; o‘sish; to‘yinish; inqiroz (kasodlik).

  1. Marketing taktikasi – xarakatdagi bozor, uning xajmi, iste’molchilar tarkibi, raqiblar, o‘ziga xos boshqa omillarning tizimi, shuningdek, korxonaning shu bozordagi mavqiyoni aniqlab beradi.

  2. Marketing strategiyasi – korxonaning imkoniyatlarini bozor talabiga muvofiqlashtirib borish. Marketing strategiyasi bozorni tadqiq qilish va istiqbolni belgilash, tovar va iste’molchilarni xamda raqobatchilarni o‘rganish asosida ishlab chiqiladi.

  3. Marketing turlari: konversion marketing – manfiy talabni engadi va tovarga talabni yuzaga keltiradi; rag‘batlantiruvchi marketing – talabni uyg‘otadi; rivojlantiruvchi marketing – yashirin talabni o‘z ichiga oladi va uni aniq yuzaga chiqqan talabga aylantiradi; remarketing – kamayib borayotgan talabni jonlantiradi.

  4. Sinxromarketing – o‘zgarib turadigan, nomuntazam talabni nisbatan barqaror xolga keltiradi.

  5. Qo‘llab-quvvatlovchi marketing – tovar va xizmatlar assortimentini arzonlashtirish, yangilash, to‘ldirish yo‘li bilan iste’mol va talabni qanday darajada bo‘lsa, shu darajada saqlab borishga imkon beradi.

  6. Demarketing – xaddan tashkari yuqori talabni kamaytiradi.

  7. Qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi marketing noma’qul extiyojlarni qondiruvchi tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabni antireklama va boshqalar yordamida kamaytirida yoki yo‘qotadi.

Nazorat savollar Marketing nima, uning maqsadi va vazifalari?
Marketingning asosiy tamoyillari va funksiyalari?
Marketing turlari?
Marketing boshqaruvi?
Marketing taktika va strategiyasi?

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling