Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Menejerlar oldiga qo‘yilgan talablar


Download 1.1 Mb.
bet52/83
Sana23.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1047910
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   83
Bog'liq
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti

Menejerlar oldiga qo‘yilgan talablar


CHuqur professional bilimlar bilan birgalikda menejerlar odamlar orasidagi munosabat, muloqatlar xaqidagi bilimlarga ega bo‘lishlari kerak.
xozirgi zamon menejeri quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Maxsus bilimlar kompleksiga ega bo‘lish, yuqori darajada kompetentli va zukko, uddaburon, keng doirali dunyo qarashga ega bo‘lish, yangi bilimlarga intilishi.
Tashabbuskur, tirishqoq, ishga ijodiy endoshishi, tavvakalchilikka tayyor turishi.
Vaziyatga tanqidiy endashishi.
Egiluvchan va ratsional, oqilona xamda mantiqan fiqr yuritishi va xarakat qilishi.
Muloqatga tayyor turish, erkin fiqr almashish.
Odamlar bilan to‘g‘ri munosabatda boada yaxshi, sog‘lom ruxiy iqlimni, ijodiy xamkorlikni va do‘stona munosabatlarni ta’minlay olishi.
Rakobatga, tanlov erkinligiga moyinl bo‘lishi.
Jamoaning sotsial muammolarini, qo‘l ostidagi xodimlarning shaxs sifatida barkamollikka erishishini ta’minlash uchun sharoit yaratish.
Mustaqil, ko‘rqmasdan fiqrlash va xarakat qilishi, konservatizm, turgunlikka qarshi kurash olib borish.
Menejer minimum nimaga qodir bo‘lishi lozim bo‘lgan shartlar quyidagilar:
Ishlab chiqarishni tashkil qilish, rejalashtirish va maxsulotni sotish;
To‘g‘ri boshqaruv qaror va echimlarni qabul qilish;
Jamoaga xozirgi zamon talablariga binoan raxbarlik qilish (peshqadam bo‘lish);
Odamlar bilan muloqatda bo‘lish, ularni iqtisodiy yuksalishga o‘z xiss chiqa bilish, yo‘lini topish;
O‘z shaxsiy munosabatidan qa’tiy nazar, ob’ektiv bo‘lish; xodimlarni to‘g‘ri tanlash va o‘qitish; Buysunishni bilish va subordinatsiyasiga amal qilish; Ish yuzasidan muzokaralar olib borish; Doimo o‘z ustida ishlash, bilimlar doirasini kengaytirish; Muammoni xar tomonlama ko‘ra bilish va xal qila olish;
O‘zgalarsha ta’sir o‘tkazish darajasi yuqori bo‘lishi, boshqarish qobiliyatga ega bo‘lish;
Samarali ishchi guruxlarni tashkil qilish va rivojlantirish; O‘zini-o‘zi boshqara bilish.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling