Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Download 1.1 Mb.
bet55/83
Sana23.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1047910
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   83
Bog'liq
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti

Amortizatsiya vositalari- korxona asosiy fondlarini saqlash va yangilash uchun maxsus ajratiluvchi moliyaviy vositalar.

Amortizatsiya fondi - asosiy fondlarni oddiy va kengaytirilgan tarzda takror ishlab chiqarishga mo’ljallangan pul mablag’lari.

Asosiy ishlab chiqarish fondlari – mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniluvchi mehnat vositalari (binolar, inshootlar, qurilma va asbob-uskunalar, tranosport vositalari va hokazo). Ular uzoq muddat xizmat ko’rsatib, ishlab chiqarish jarayonida o’zining natural shaklini saqlab qoladi hamda o’z qiymatini eskirish mobaynida asta-sekinlik bilan tayyor mahsulotga o’tkazadi. Kapital qo’yilmalar hisobiga to’ldiriladi.

Asosiy fondlarning eskirishi – asosiy fondlarning (binolar, qurilmalar va boshqa mehnat vositalarining) asta-sekinlik bilan foydali xususiyatlarini yo’qotishi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari eskirishining jismoniy va ma’naviy turlari mavjud.

Balans - biron-bir holatning alohida tomonlarini taqqoslash va solishtirish yo’li bilan tavsiflanuvchi ko’rsatkichlar tizimi.

Balans foydasi - korxonaning balansida aks ettiriluvchi faoliyatning barcha turlaridan olinuvchi umumiy foyda miqdori.

Bankrotlik - kasodga uchrash, korxonaning (tashkilot, bank) o’z majburiyatlari bo’yicha to’lovlarni mablag’lar yo’qligi tufayli amalga oshirmasligini anglatuvchi tushuncha. Qoidaga ko’ra, korxonani yopish yoki majburan tugatish hamda mol-mulkini qarzlarni to’lash uchun sotib yuborishga olib keladi.


Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling