Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Download 1.1 Mb.
bet58/83
Sana23.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1047910
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   83
Bog'liq
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti

Ishlab chiqarish quvvati – asosiy ishlab chiqarish va aylanma fondlar, shuningdek, moliyaviy resurslardan iloji boricha to’liq va oqilona foydalangan holda ishlab chiqarish mumkin bo’lgan mahsulotning maksimal hajmi.

Ishlab chiqarish rentabelligi – umumiy (balans) foydaning asosiy ishlab chiqarish fondlari va normalashtiriluvchi aylanma mablag’larning o’rtacha yillik qiymatiga nisbati sifatida aniqlanuvchi ishlab chiqarish samaradorligi ko’rsatkichi.

Ishlab chiqarish tuzilmasi– korxonaning mahsulot ishlab chiqarish jarayonida bevosita yoki bilvosita ishtirok etadigan ishlab chiqarish bo’linmalari - sexlar, uchastkalar, xizmat ko’rsatish xo’jaligi aloqalarining yig’indisi.

Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish – yirik korxonalarda texnologiya va tuzilmasi bir xil bo’lgan mahsulotlarni ommaviy ravishda ishlab chiqarish.

Ishlab chiqarishni yiriklashtirish – mahsulotni yirik korxonalarda chiqarishni tashkil qilish.

Ishlab chiqarishni kimyolashtirish – mahsulot ishlab chiqarishda kimyoviy mahsulot va sun’iy materiallar, shuningdek, kimyoviy usullardan keng foydalanish.

Ishlab chiqarishning diversifikatsiyasi – bir tomonlama, ko’pincha bitta mahsulotga asoslanuvchi ishlab chiqarishni keng nomenklaturada tayyorlanuvchi mahsulotlarga asoslangan ishlab chiqarishga o’tkazish.

Kapital qurilish - asosiy fondlarni yangi korxona qurish, mavjud korxonalarni qayta tiklash, kengaytirish, texnik jihatdan qayta qurollantirish va zamonaviylashtirish yo’li bilan yaratish va mukammallashtirish jarayoni.


Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling