Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Download 1.1 Mb.
bet54/83
Sana23.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1047910
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   83
Bog'liq
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti

Glossariy





Aktsiyadorlik jamiyati - aktsiyadorlar va muassislar mablag’i evaziga shakllangan kapitalga ega bo’lgan huquqiy shaxs maqomiga ega kompaniya. Ishlab chiqarishni tashkil qilishning mablag’larni aktsiya sotish yo’li bilan jalb etishga asoslangan shakli.

Aylanma ishlab chiqarish fondlari – ishlab chiqarishda foydalaniluvchi mehnat predmetlari (xom ashyo, materiallar, o’rov materiallari, ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar va hokazo). Har bir ishlab chiqarish siklida to’liq sarflanadi hamda korxonaning aylanma mablag’lari hisobiga sotib olinadi.

Aylanma mablag’lar – ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, yangi mahsulotni o’zlashtirish xarajatlari, kelgusi davr xarajatlariga sarflanuvchi korxona mablag’larining pul shaklida ifodalanishi.

Aktsiya – aktsiyadorlik jamiyati tomonidan chiqariluvchi hamda uning egasi, aktsiyadorlik jamiyatining a’zosiga jamiyatni boshqarish va foydadan dividend olish huquqini beruvchi qimmatbaho qog’oz.

Aktsiyadorlik kapitali – aktsiyadorlik jamiyatining asosiy kapitali, uning hajmi Nizomda belgilab beriladi. Qarzga olingan mablag’lar va aktsiya chiqarish hisobiga shakllantiriladi.

Amortizatsiya - asosiy fondlar qiymatini asta-sekinlik bilan ular yordamida ishlab chiqariluvchi mahsulot yoki xizmatlarga o’tkazilishi; mablag’larning maqsadli ravishda jamg’arilishi va keyinchalik eskirgan asosiy fondlarning o’rnini qoplashga ishlatilishi.


Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling