Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Mahsulotning texnik darajasi


Download 1.1 Mb.
bet62/83
Sana23.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1047910
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   83
Bog'liq
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti

Mahsulotning texnik darajasi – baholanayotgan mahsulotning texnik takomillashganligini belgilovchi, uning bazis ko’rsatkichlariga mos keluvchi ko’rsatkichlarni taqqoslashga asoslangan mahsulot sifatining nisbiy tavsifnomasi.

Mahsulotning yashash davri – mahsulot hayotining beshta bosqichinining almashinish davri: ishlab chiqish, ishlab chiqarish, bozorga chiqish, o’sish, bozorning to’yinishi va ma’naviy eskirish.

Mehnat unumdorligi –insonlar ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligi; xodim moddiy ishlab chiqarish sohasida ish vaqti birligida ishlab chiqargan mahsulotlar miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt bilan o’lchanadi. Mehnatning ijtimoiy unumdorligi ishlab chiqarilgan milliy daromadning moddiy ishlab chiqarish taromqlarida band bo’lgan har bir xodimga nisbatan hisoblanadi.

Mehnat shartnomasi – tadbirkor va ishga kiruvchi shaxs o’rtasidagi kelishuv, unda ko’ra xodimning mehnat vazifasi, ish joyi, lavozimi, oylik ish haqi, ish boshlash vaqti va hokazolar belgilab beriladi.

Nizom (ustav) - korxonani tashkil qilishning qonuniyligini tasdiqlovchi, korxona xarakteri va faoliyat turi, qoidalari, a’zolar o’rtasidagi munosabatlar va hokazolarni o’z ichiga oluvchi rasmiy hujjat.

Raqobat – bozor mexanizmining korxona va firmalarning mahsulot va xizmatlarni sotish, kapitalni foydaliroq joylashtirishda raqiblik asosida xo’jalik nisbatlarini shakllantirish bilan bog’liq elementi.

Raqobatbardoshlik – o’z faoliyatini bozor munosabatlari sharoitida amalga oshirish va bunda ishlab chiqarishni ilmiy-texnik jihatdan takomillashtirish, xodimlarni rag’batlantirish va mahsulot sifatining yuqori bo’lishini ta’minlashga yetarli bo’lgan foyda olish.

Reklamatsiya - xaridor tomonidan sotuvchiga shartnoma asosida yetkazib berilgan tovar sifati va miqdorining shartnomaga to’g’ri kelmasligi tufayli bildiruvchi da’vosi.

Sertifikat - mas’ul idoralar tomonidan mahsulotni ekspertiza qilish asosida beriluvchi, mahsulot sifatini belgilovchi hujjat.


Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling