Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Marketing xizmatini tashkil qilish


Download 1.1 Mb.
bet49/83
Sana23.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1047910
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   83
Bog'liq
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti

Marketing xizmatini tashkil qilish


Hozirgi davrda Marketing xizmatini tashkil qilish yo‘nalishida firmaning tashkili tuzilishida Marketing xizmatini tashkil qilishni boshqarish ishlab chiqarishni, moliyani va kadrlarni boshqarish bilan bir darajada turadi. Marketing raxbarlari bozor axborotini to‘plash, taxlil qilish, bozor rivojini, shuningdek, firma maxsulotlari assortimentini rejalashtirish, sotishni muvofiqlashtirish, maxsulot taqsimoti va xakozalorga to‘liq javobgar xisoblanadi. Boshqarishning bunday tizimda sotishni oqilona tashkil etish yo‘llarini izlash ishlab chiqarish va moddiy ta’minotning ilk bosqichlaridayoq boshlanadi.
Mijoz muayyan maxsulotning qanday ko‘rinishini istaydi, bu maxsulotga qancha pul to‘lashga tayyor, bu tovarga qaerda va qancha talab paydo bo‘ladi? Bu savollar puxta o‘rganilib, ularning barchasi xar bir muxandisga, ishlab chiqaruvchilarga etkazilishi lozim. Marketing maxsulotini loyixalash, ishlab chiqarishni rejalashtirish, iqtisodiy taxlil, taqsimot, sotish va sotilgan maxsulotga xizmat ko‘rsatish kabi masalalarga maxsulotga ko‘rsatishi lozim. Marketing konsepsiyasi bilan qurollangan firmalarning tashkiliy strukturasi shu prinsiplar asosida tashkil etiladi.
Firmaning markazlashgan faoliyat strukturasida marketingning markaziy bo‘limi tashkil etiladi, uning faoliyat doirasiga iste’mol talabani o‘rganish, bozor axborotini to‘plash va tartibga o‘rganish, bozor axborotini to‘plash va tortibga solish, sotishning yangi shakl va usullarini o‘rganish, marketing xizmati bilan xaridorlar o‘rtasida mustaxkam aloqalar o‘rnatish va boshqalar kiradi. Bunday xollarda firmani boshqarishning tashkiliy strukturasi umuman deyarli o‘zgarmaydi. Barqaror strategik sharoit va cheklangan assortimentdagi maxsulotni barqaror ishlab chiqarish sharoitida undan samarali foydalaniladi. Ammo rivojlanib borayotgan ishlab chiqarish diversifikatsiyasi, raqobatning kuchayishi, ITT-ning kechishi funksional strukturalarning nuqsonlarini ochib beradi – bular strategiyasining boslanuchanligi, boshqarishda moxirlikning etishmasligi, raxbarlarning uzoqni ko‘zlaydigan yangiliklarga emas, balki joriy samaraga erishishga intilishlari va boshqalar.
Markazlashmagan tashkiliy struktura amaliyotga “Dyupon” va “Jeneral Fudo” kompaniyalari tomondan tashkiliy tartibda 1920 yilda joriy etilgan. U ishlatilishi bo‘yicha bir xil, ammo xar xil texnologiya bo‘yicha tayyorlangan maxsulot turlarini ishlab chiqish va sotish vazifalarini guruxlantirishga asoslangan. Maxsus bo‘linmalar muayyan bozorlarga xizmat ko‘rsatadi, ularning boshqaruvchilari maxsulot ishlab chiqarishda g‘oyani amalga oshirishdan to tovarni sotishga qadar bo‘lgan barcha bosqichlarga javob beradi. Bunday strukturada marketing faoliyati maxsulot ishlab chiqarish va ishlab chiqish bilan o‘zaro mustaxkam bog‘liq, bu esa uning axamiyati va boshqarish darajasini ko‘taradi.
Boshqa firmalarning xar bir bo‘linmasida tovar ishlab chiqarish va sotishning jami vazifalari birlashtirilgan. Bunday tuzilishda xar bir bo‘lim ishlab chiqarish- savdo bo‘limi xisoblanadi, demak, ishlab chiqarish va savdo faodiyati birgalikda amalga oshiriladi. IBM, “Kseroks infermeyshen” va boshqa firmalar xuddi ana shu yo‘lni tanladi.
Marketing bo‘limining ichki tashkiliy tarkibiy asosiy etti yo‘nalishning biriga ega bo‘lishi mumkin: faoliyat, tovarlar, faoliyat va bozorlar, faoliyat va mintaqalar bo‘yicha. bU ishlab chiqarish quvvatlari, resurslar miqyosi, xizma ko‘rsatiladigan bozorlar miqdori va xajmi, maxsulot tavsifi va boshqalarga bog‘liq.
muman olganda korxonada marketingni tashkil etishda uning asosiy tomonlariga zarur. Bu bir butunlik, muntazamlik, ko‘p tomonlamalik.. Marketingni bir butunligi shundaki, uning asosiy vazifalari yoki tizim qismlari o‘zaro aloqada va jamuljam bo‘lgandagina, birgalikda uning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun zarur shart-sharoitni ta’minlaydi.
Muntazamlik endashuvida marketing konsepsiyasi bilan qurollangan korxona makro va mikromuxit doirasida faoliyat katadigan ochiq tizim deb qaraladi, ammo firma nazoratida bo‘lgan va nazorat qilinmaydigan omillar marketing tizimining tarkibiy qismi tarzida baxolanadi.
Maqsad – korxonaning butun faoliyatini tashki щaroitlarga moslashtirish. Uchunchi, o‘xiga xos tomon – ko‘p tomonlamalik marketingni xar qanday tashkilotlarning o‘zaro aloqalarini, ularning “ishlab chiqaruvchilar” va “iste’molchilar” ga aylanishlari darajasiga qarab, boshqarishning umumiy quroli tarzida gavdalantiradi. SHu sabali marketing qurilishining yagona sxemasi yo‘q, xar bir korxona tashki omillar va xo‘jalik olgan xolda, boshqarishningbozor konsepsiyasidan foydalanib, ayrim yo‘nalishlar, tadqiqotlar, ishlab chiqarish va savdoni yagona texnologik jarayoni birlashtirib, muntazamlik endashuvi asosida o‘z marketing dasturini ishlab chiqadi.
SHunday qilib, marketing bozor talabani qondirishning puxta, ko‘p qiyofali, muntazam moslashib boradigan va o‘z-o‘zini takomillashtiradigan tizimi bo‘lib, bu tizim uzining umumiy nazariy va amaliy ishda g‘oyat muraqqabdir.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling