Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Download 1.1 Mb.
bet46/83
Sana23.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1047910
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   83
Bog'liq
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti

Marketing vazifalari


Tovar xarakatini ko‘zatish va maqsadga yo‘naltirish marketingdagi asosiy maqsad bo‘lgani uchun tovar eng asosiy ob’ektdir. Bu maxsulot, xizmat ko‘rsatish yoki axborot shakllarida nomosi bo‘lishi mumkin. Bundagi eng muxim narsa xaridorning e’tibori bo‘lib, xaridor uchun zarur bo‘lsa va usotib olsa, shunda tovar mazmuniga ega bo‘ladi. Marketingning maqsadi tovar dunyosida o‘z tovarini aniqlash va belgilash, uning maqsadga muvofiq xarakatini ta’minlashdir. O‘z tovarining bozorda aloxidaligini ta’minlash marketingning muxim vazifasidir.
Marketing ish ko‘radigan tovarning bozor uchun zarurligi, vaqtning uzoq va qisqaligini aniqlash birlamchi vazifadir. Bunda, birinchidan, tovarning bozorda paydo bo‘lish davri va asta-sekin uning sotilishi xajmining ortib borishi, ikkinchidan, tovarning tezda bozorda inobatga olinishi va foydaning sezirlari ravishda ko‘payishi, uchinchidan, sotilishi xajmi o‘suvining sekinlashuvi, foydaning o‘sish darajasiga etishi va nixoyat uning pasayishi davri va to‘rtinchidan, tovar sotilish xajmining keskin pasayishi, shunga ko‘ra foydaning qisqarishi davrlari asosiy bosqichlardar. Umumlashgan xolda tovar umri (mavjud davri) to‘rt davrdan iborat bo‘lib, ular singish, o‘sish, rivojlanish va so‘nish darvlarini tashkil qiladi. SHu davrlar xususiyatiga qarab tovar siyosatini belgilash talab etiladi.
Tovar siyosatining asosiy mazmuni qaysi tovarni va qaysi miqdorda ishlab chiqarish kerak xoliga qarab qanday usullar bilan bo‘lmashi o‘zgartirib bo‘lsa xam saqlab qolish yoki bu tovardan voz kechish, yangisini yaratish kabi xal qiluvchi yo‘l tanlash talab etiladi. Bularning xar birining o‘z ijro yo‘li bor. Birinchisi, tovar mavqyoini saqlash uchun uni yangilashga xarakat qilish, shu tufayli uning xaridorlik xususiyatini saqlashdir. Bunda tashki ko‘rinishini o‘zgartirish, qandaydir qo‘shimcha ishni bajarish, modalashtirish yoki iste’mol xizmatini qo‘llash kabilarni foydalanish kerak.
Tovardan voz kechishini olsak, bu uning ishlab chiqarishni to‘xtatish degan so‘z. Bu, avvalo sarf-xarajat o‘zini oqlay olmanganligi bilan belgilanadi. Tovar bozorda yaxshi o‘tmasa yoki xom ashyo, material qimmatlashib ketsa, shu bilan birga tovarning istiqbolsizligi, yangi texnologiya bo‘yicha yangi tovarlarga o‘tish sezilgan vaqtda shunday qarorga kelish mumkin.
YAngi tovar ishlab chiqarish avvalo bozor talabi asosida, shuningdek, korxona faoliyatini kengaytirish, uning rentabelligini keskin oshirish kabilar tufayli belgilanadi. Bunda, albatta bozor rivoji istiqboli katta axamiyat kasb etadi va tovarning baxosi xal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ishlab chiqarishda esa yangi tovarga mos quvvat va xunarmandlar imkoniyati, xom ashyo mavjudligi, texnik ta’minot kabilar belgilovchi omil bo‘lishi mumkin.
Tovar ishlab chiqarishni tezlashtirish, avvalo iste’molchi talabani chuqur tushnish, marketingga katta e’tibor berish, yangi texnologiyadan faol foydalanish kabilarga bog‘liqdir.
xar bir ishlab chiqaruvchi uchun yangi tovarni to‘g‘ri tanglay olish katta
axamiyat kasb etib, bu qulay xaridor va xaridorlar guruxini topa bilish, muximi bir xil tovarga ko‘p miqdorda bir xil xaridorlarni aniqlab, bular bilan ish olib borishga bog‘liqdir. Bu bozor qismlarini belgilay bilish yoki boshqacha qilib aytganda, bozor segmentatsiyasini amalga oshirish zaruriyatidir. Marketing ishida asos bo‘lgan bozorni ayrim qismlarga taksimlab ish ko‘rish bozordagi faoliyatga aniqlik kiritish, ya’ni tavakkalik bilan bozorga kirish emas, balki uning o‘ziga kerak aniq qisminitopish va belgilashdan iboratdir. Bozorni qismlartiruv bir xil, bir xususiyatli tovarlarga muxtoj iste’molchilar guruxini tanlash, xaqiqiy bozor talabani topa bilish jarayonidan iboratdir. SHunday xarakat tufayli marketing o‘z tovarining xaridorlarini topadi va ularning sonini ko‘paytirib boradi. Bozor qismlarining to‘g‘ri belgilanganligini qanday bilish mumkin va buning mazmuni nimadan iborat? Birinchidan, bozor qismlari aniqligi darajasi, ikkinchidan, xar qism xaqida ma’lumot- axborot mavjudligi va bularni samarali baxolash, o‘lchash mumkinligi, uchinchidan, tanlangan bozor qismining ko‘zlangan foydani keltirish, to‘rtinchidan, bu qismda tovarning zaruriy xarakati, reklamasi ta’minlangan xolda uni foydali sotishning imkoni mavjudligi kabilarni ta’minlashidir.
Marketing nazariyaida bozorni qismlartirishning aniq omillari bo‘lib, ularning yig‘indisi uning tashki va ichki kompleksini belgilaydi. Bular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: mijozlar, raqobatchilar, xokimiyat, resurslar va korxona imkoniyatlari.
Bozorni segmentlashtirishda mijozlarning tovarlarga nisbatan manfaatdorligi darajasi, ularning xajmi, ya’ni qancha xaridor bu tovarlar tufayli o‘z talablarni qondira olishlari, mavjud va bo‘lajak mijozlarning to‘lov qobiliyatlarini aniqlash axamiyatlidir. Raqobatchilarni olsak, kimlar raqiblik qilishi mumkin, raqiblar nimalarni taklif etishi, tovar, xizmatlarning sifati, narxi, xizmat xillari kabilar e’tiborlidir. xokimiyat omilida ularning korxonaga bog‘liq tarmoq va soxalarga ta’sir darajasi kabilar xisobga olinadi. Resurslar omili ta’minot masalasi, ularni sotib olish imkoniyatlari, monopolik qilish imkoniyati kabilardan iborat. Korxona imkoniyatida uning quvvat, tovar ishlab chiqarish xajmi, o‘z-o‘zini moliyaviy ta’minlay olishi va kredit muxtojligi, belgilangan bozor qismida ish ko‘rishda korxona xodimlarning imkonlari kabilar e’tiborlidir.
Bu omillarni o‘rgangan xolda iste’molchilar talabi imkoni boriga aniqlanadi, ya’ni uning eshi, jinsi, kasbi, oilaviy axvoli, daromadi va xokazolar. CHunki bularning barchasi axamiyatlidir. Marketing bozorni qismlashtirishda xaridorlarning yangi tovarga nisbatan moslashuvi darajasi va imkoniyatlarini xisobga olishi zarur. CHunki ba’zi xaridorlar tovar xillariga befarq bo‘ladilar, boshqalari esa yangi tovarga tez moslashadi, boshqalari akillik bilan ko‘nikadi, bir xillari ko‘nika olmaydi va x.k. bularni e’tiborga olgan xolda sotiladigan tovar xajmini belgilash mumkin.
Bozorni qismlashtirish, ya’ni o‘zi uchun zarur aniq bozor qismini belgilash xaqiqiy bozorni tayyorlashdan iborat bo‘lib, so‘ngra unga dadil tovar olib chiqish mumkin. Agar bozor keng xajmi va yana kengayadigan, shu bilan birga unda qondirilmagan talab xam mavjudligi, bundan korxona foydalanishi mumkinligi aniqlansa, albatta bu uning zaruriy va samarali bozor ekanligini bildiradi. Bu bozorni tayyorlash jarayoniga kiradi. SHu bilan birga tovarni ma’lum bozorga xozirlash jarayoni xam bo‘lib, bozor qismlashtarilgan va to‘la o‘zlashtirilgandan keyin bemolol yangi tovar chiqarish imkoni tug‘iladi.
Marketing faoliyatida plan, planlashtirish o‘z o‘rnini egallaydi. Ma’lumki, iqtisodiy faoliyatni dasturlash, dunda tijoriy va istiqbolli vazifalarni belgilash asos bo‘lib xisoblanadi.
Amerika marketing asssiatsiyasi marketingni planlashtirish va fiqrlar, echimlarni amalga oshirish, baxoni belgilash, g‘oya, tovar va tovarlashgan xizmatlarni ayrim shaxs va tashkilotlar maqsadini qondirish uchun bo‘lgan xarakatni ta’minlab, sotishdan iborat deb ifodalaydi. YA’ni, marketing oddiy bozor maxsulot emas, u xozirgi zamon bozor iqtisodiyotining maxsulidir. Marketingdagi reklama, bozor to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘ish, tovarlani ishlab chiqish, baxoni belgilash, tovarlarni tarqatish yo‘llarini aniqlash kabilar planlashtirishning tomonlari va belgilari bo‘ladi.
F. Kotler xatto tijoriy, ya’ni yillik va istiqbolli besh yillik planlar ustida gap yuritadi. Uning aytishicha, boshqaruvchi avvalo besh yillik plan tuzadi. Unda besh ichida bozorga ta’sir etuvchi asosiy omil va xarajatlar e’tiborga olinadi. SHu bilan birga bozorni bozorni egallash, ko‘zlangan foydani olish, xarajatlarni e’tiborga olish zarur bo‘ladi. xar yili bu plan aniqlab boriladi. Tijoriy planda marketingga xolat, maqsad va muammolar, marketingning yillik strategiyasi va uni amalga oshirish, nazorat tartibi kabilar kiritiladi.
Demak, marketing faoliyati planli reja asosida amalga oshadi. Maqsadli bozorni aniqlab borish, marketing xarakati tizimini ishlab borish, natijada ishlab chiqarish va tijoratga yangi-yangi ishlanmalar va fiqrlarni singdirib borish tijoriy planlar bilan birga istiqboli planlashtirishning qo‘llanilishini talab etadi.
SHuni e’tiborga olish zarurki, xozirgi bozor iqtisodiyoti rivojida bir-biriga qarama-qarshi, turli xususiyatli ikki xarakatning o‘zaro bog‘liqligi yuz bermoqda. Bir tomondan, iqtisodiy mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilarning raqobati mavjud bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ularning integratsiyasi yuz bermoqda. CHunki intensiv rivojlanish markazga intiluvtendensiyasini tezlashtiradi. Bu tovarlarni standartlashtirish, zamonaviy texnologiya, axborot tizimlarini qo‘llash kabilarni tezlashtiradi. Lekin raqobat xam axamiyatini pasaytirmaydi. CHunonchi, raqobat innovatsiyaviy faoliyatni kuchaytiradi, talab o‘zgarishi tufayli maxsulotlarning tabaqalanishidagi tezlashuv kabilarda o‘z ta’sirini kuchaytiradi.
Bunday xolatda planlilik ta’sirchan bo‘ladi. Iqtisodiy aloxalarning muraqqablashuvi planlilikni faqat mikro darajada, marketingda qo‘llanilishidan tashkari makro darajada xam qo‘llashlik zaruriyatini tug‘dirida.
Marketing vazifalaridan eng muximi axborot xizmatini uyushtirish, uning zamonaviy usullarini qo‘llab, samaradorligini oshirishdir. Buning imkoniyatlari juda katta. Bu soxada elektronika, kosmos texnikasi, kompyuterlashtirish katta rol o‘ynaydi.
Reklama xam marketing soxasiga kiradi, uning qo‘llanilishi takomillashtirilmoqda, uning vositalari ko‘paymoqda, ilmiy-texnik xolati ko‘tarilmoqda. Reklama faoliyati boshidan oxirigacha bozorni chuqur o‘rganishga asoslanadi.
Ma’lum bir maqsadga qaratilgan reklamaning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • korxona obro‘-e’tiborini ko‘tarish (pablik rileyshiz). Tovarni tayyorlagan korxona xaridorga tashish va yaxnom chiqargan bo‘lsa, ana shu taqbirdagina xaridor tovarni yuqori baxoda sotib olishga tayyor turadi;

  • mazkur tovarga extiyoj paydo bo‘lishiga ko‘maklashishi, ya’ni talabni yuzaga keltirish;

  • iste’molchilarga tovar to‘g‘risidagi zarur axborotni berish;

  • tovarlarni o‘tkazish, sotishni ta’minlash, shu soxada erishilgan natijalarni qo‘llab-quvvatlab va kengaytirib borish.

Reklama faoliyatining asosiy tamoyili, muvaffaqiyatining muxim sharti xaridor eslab qoladigan va konkret tovarni xayoliga keltiradigan reklamani doimiy muomalaga kiritishdir asosiy mavzun o‘zgarmasligi kerak:

  • tovarga va uni tayyorlab chiqargan korxonaga ishonch xosil qilish;

  • mijozlarning extiyojidan kelib chiqish. Reklama iste’molchining ruxiyati, xarid qilinadigan narsani tanlab olishdagi rag‘batlarini o‘rganish va taxlil qilib chiqish bilan maxkam bog‘langan;

  • mazkur tovarga muayyan obraz (imij) berish;

  • tovarning firma nommi, tashki ko‘rinishi va o‘rovlari qanday bo‘lishini ishlab chiqishdan oldin potensial xaridorlar doirasini, ularning madaniy saviyasini, urf-odatlari, o‘rganishlari va boshqalarni xar tomonlama taxlil qilib, aniqlab olish kerak.

Reklama korxonaning butun faoliyatini, ya’ni uning tashki ko‘rinishi, xodimlarning yurish-turishi, kotiblarning telefondagi ovozidan tortib tovarning nomi, o‘rovi, mijozlarga xizmat ko‘rsatishgacha bo‘lgan butun faoliyatini xar tomonlama o‘z ichiga oladi.
Tovarlar sifati jixatidan kam farq qilinadigan bo‘lsa, ularni shuncha ko‘proq reklama qilish kerak.
Keng iste’mol tovarlari reklamaiga bo‘ladigan sarf xarajatlar o‘rta xisobda xajmining 5-15% boradi.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling