Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Download 1.1 Mb.
bet44/83
Sana23.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1047910
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   83
Bog'liq
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti

14-ma’ruza:
Boshqaruv usullari
Reja:

  1. Boshqaruv usuli tushunchasi.

  2. Boshqaruvning tashkiliy-ma’muriy usuli.

  3. Boshqaruvning iqtisodiy usuli.

  4. Boshqaruvning ijtimoiy-ruxiy usuli.

Boshqaruv usullari ishchi jamoalari oldiga quyilgan vazifalarning o‘z vaqtida yuqori sifatli qilib bajarilishni ta’minlash uchun ularga nisbatan quriladigan zarur chora-tadbirlarni va ta’sirchan usullarning qo‘llanishini bildiradi.
Ishlab chiqarishda bashqaruv usullari o‘zining tavsifiga ko‘ra:

    1. iqtisodiy;

    2. tashkiliy-ma’muriy;

V) ijtimoiy-ruxiy bo‘lishi mumkin.
A) Iqtisodiy usullar. Bu usul xodimlar va mexnat jamoalarining moddiy manfaatlariga asoslangan bo‘lib, davlat, jamiyat va xar bir xodimning manfaatlarini bir-biri bilan o‘zviy bog‘lanishiga imkon yaratadi.
Ishlab chiqarishning iqtisodiy usullariga tannarx, narx, foyda, rentabellik, xo‘jalik xisobi, moddiy rag‘batlantirish fondi kiradi. Iqtisodiy boshqaruv usullariningasosiy vazifasi ishlab chiqarishda xar bir maxsulot birligiga sarflanadigan xarajatlar miqdorini kamaytirishga imkon beruvchi xo‘jalik mexanizmlarning yangi usullarini vujudga keltirish va undan samarali foydalanishdir.
xo‘jalik mexanizmi negizini ishlab chiqarishni boshqarish, rejalashtirish va rag‘batlantirish masalalari tashkil etadi.
Ishlab chiqarishda yangi xo‘jalik mexanizmdan samarali foydalanish mexnat va xar bir xodimadan fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, resurslardan foydalanishning yo‘llarini qidirib topishga undaydi. Mazkur usuldan ishlab chiqarishda shunday foydalanish kerakki, bunda xar bir xodim va jamoaning moddiy manfaatlarini qondirish darajasi ularning umumiy pirovard natijalariga erishishga kushgan xissasi bilan belgilanishi lozim.
xo‘jalik mexanizmi o‘z ichiga boshqaruvning asosi bo‘lgan rejalashtirishni oladi. Bu esa ijodiy loyixalash, prognoz tuzish iqtisodiy strategiyani aks ettiruvchi iqtisodiy dastaklar, taraqqiyot yo‘nalishi va vositalari demakdir.
Korxonaning ishchi va xodimlarni yuqsak pirovard natijalarga erishganligi uchun moddiy rag‘batlantirish mexnat jamoasining xo‘jalik xisobi daromadidan (foydasidan) xosil qilingan iqtisodiy rag‘batlantirish fondlaridan amalga oshiriladi va insonning gayratini, aktivligini yuzaga chiqaradi va undaydi.
B) Tashkiliy-ma’muriy boshqaruv usullari – boshqrishning bu usuli yakka boshchilik munosabatlari, intozom va ma’suliyatga asoslanadi va texnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy podsistemalarni tartibga keltiradi.
Tashkiliy-ma’muriy ta’sir ko‘rsatish – bu boshqaruvning aniq boshqarilayotgan ob’ekt yoki shaxslarga qaratilgan majburiy ko‘rsatmalardir. Korxona raxbari o‘ziga buysinuvchi sex raxbarlariga, sex raxbarlari ishlab chiqarish uchastkalarining ustalariga bevosita bajarilishi zarur bo‘lgan ko‘rsatmalarni beradi (jumladan: maxsulot turlarini rejaga asosan bir maromda ishlab chiqarishni yuqori darajada tashkil qilish, maulot sifatini yaxshilash, mexnat normalarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mexnat imtizomini mustaxkamlash va boshqa tez xal qiladigan masalalar to‘g‘risidagi ko‘rsatmalar kiradi).
Kuyi pogona raxbarlari bajarilishi shart bo‘lgan farmoyish va ko‘rsatmalarni berish, ularning bajarilishini nazorat qilish, normalarni ishlab chiqish, xodimlarni tanlash va joy-joyiga kuyish, taqdirlash yoki jazolash yuqori pogona raxbarlarining vazifasiga kiradi.
Raxbar xodimlarni ularning ishchanligi xisatlari va qobiliyatlarga ko‘ra
tanlanadi.
V) Ijtimoiy-ruxiy boshqaruv usullari – bu usulni qo‘llashdan asosy maqsad, jamoalarda sog‘lom ijtimoiy-ruxiy iklim yaratishdir.
Mexnat jamoalarida ijtimoiy-ruxiy iklimning xolati chiqqan nizolar soni bilan belgilanadi.
Nizo – bu raxbar, ishchi va boshqa xodimlar orasida muayyan masalalarni xal qilishda tomonlarning bir-biri bilan bir echimga kela olmaganligini bildiradi.
Nizolarning ko‘pchiligi ishlab chiqarishni qoniqarsiz tashkil qilinganligi, raxbarlarning ish jarayonida o‘ziga buysinuvchi jamoa a’zolarining ruxiy xolatlarini olmaganligi, zarur ish sharoitining yaratilmaganligi va boshqa sabablar natijasida vujudga keladi.
xozirgi sharoitda raxbar faqat o‘z soxasini yaxshi bilibgina qolmay, balki yaxshi tashkilovchi, ruxiyatchi (psixolog), tarbiyachi va ijtimoiy etakchi bo‘lmog‘i lozim. Jamoa a’zosi bo‘lgan xar bir shaxsning kalbiga yo‘l topa bilish raxbarning ish faoliyatida asosiy axamiyatga ega.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling