Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


-ma’ruza. Menejment (boshqaruv)ning mohiyati va asoslari


Download 1.1 Mb.
bet42/83
Sana23.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1047910
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   83
Bog'liq
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti

12-ma’ruza.
Menejment (boshqaruv)ning mohiyati va asoslari.
Reja:

  1. Menejment mazmuni va moxiyati.

  2. Boshqaruv maqsadi va unga qo‘yilgan talablar.

  3. Ho‘jalik boshqaruvining vazifalari.

Xozirgi bozor munosabati sharoitida Respublika raxbariyatining asosiy diqqat e’tibori iqtisodiy tanqislikni engib o‘tish va xalqni zarur, yuqori sifatli iste’mol mollari bilan ta’minlashga qaratilgandir. YUqorida ko‘rsatilgan ishlarni amalga oshirishda Respublikada mavjud ishlab chiqarish birlashmalarining xuquq doiralarini kengaytirish, ularga mustaqillik berish, Respublika mintaqasida ko‘plab qo‘shma korxonalarni yaratish, kooperativ va pudrat xo‘jaliklarni taraqqiy ettirish, aksionerlik birlashmalari va assotsiatsiyalarni, konsernlarni tuzish masalalari muxim o‘rin tutadi. Bundan ko‘zda tutilgan maqsad korxonalarning xo‘jalik dastagini takomillashtirish, shuning negizida bozorni zarur, yuqori sifatli xalq iste’moli mollari bilan boyitish, jaxon bozoriga chiqishga keng yo‘l ochish, o‘z maxsulotlarining xorijiy davlatlarda raqobatga bardosh beradigan qilib tayyorlash, uni valyutaga sotish va bu bilan Respublika iqtisodini yuksaltirishdir.
Bu masalani ijobiy xal qilish raxbar xodimlardan ularning shaxsiy qobiliyatlari bilan birgalikda boshqaruv faoliyati asoslari ilmini mukammal egallashlarini va yuqori darajali malakaga ega bo‘lishlarini talab qiladi.
Raxbarlarning xodimlar bilan ishlash jarayonida xodimlarning xolatlarini va shaxsiy xususiyatlarini inobatga olishi, ularning qalbiga yo‘l topa bilishi uning bilim darajasiga, muomala madaniyatiga bog‘liqdir. Bu kabi xususiyatlarga ega bo‘lgan raxbarlar o‘zlari boshqarib turgan jamoalari oldiga qo‘yilgan murakkab masalalarni to‘g‘ri xal qilishga va rejalarni yuqori samarali qilib bajarishga qodir bo‘ladilar.
Boshqarish tushunchasining paydo bo‘lishi jamiyatning asosiy taraqqiyoti jarayonlaridan bo‘lib, u odamlarni yoki jamoa mexnat faoliyatini bir joyga jamlash bilan bog‘liqdir. Ishlab chiqarish yiriklashgan va vazifalar ixtisoslashtirilgan, ishlab chiqarish munosabatlari murakkablashgan sari maxsus boshqaruv apparatini bunyod qilish zarurati tug‘iladi. Bu apparat ishlab chiqarish tizimining kichik buginlarini bir butun qilib bog‘lashi va tashkiliy kismlar faoliyatini muvofiqlashtirish zarur.
SHuningdek, eng muxim, murakkab va ko‘p kirrali ishlab chiqarish dastagini jiddiy moslashtirish va rejalarni sozlash lozim edi. Jamoa yiriklashgan sari boshqaruvning vazifalari murakkablashadi va maxsus tashkilotchilik, ma’muriyat, iqtisodiyot va boshqa ixtisoslar paydo bo‘ladi.
Ishlab chiqarishni boshqarish aniq murakkab tizim bo‘lib, u ikki tizimchadan – ob’ekt va sub’ektdan iborat. Ob’ekt – bu boshqariladigan tizimcha, sub’ekt esa boshqaruvchi tizimchadir.
Boshqaruv jarayonining ishlab chiqarishga taaluqli tomoni shundan iboratki, u guyoki uzluksiz, maqsad sari yo‘naltirilgan, ijtimoiy–texnik jarayon xisoblanadi. Binobarin, bu jarayon xar xil uslub va vositalar orqali iqtisodiy-texnik natijalarga erishish uchun amalga oshiriladi.
“Menejment” iborasi – bu ajnabiy so‘z bulib, xayotimizga bozor iqtisodiyoti bilan birga kirib kelgan so‘zlar qatoridan joy oladi.
“Menejment” boshqaruv, ishlab chiqarishni tashkil qilish, uni boshqarish kabi masalalarni o‘z ichiga oladi. Bu so‘zning asosida lotincha “manus” yoki “ko‘l” so‘zi yotadi va uning ilk ma’nosida otlarni boshqarish anglanar edi. Asta-sekin so‘zning ishlatilish doirasi kengayib, Xozirgi kunda butun iqtisodiyot miqyosida ishlatiladi.
G‘arb menejmentida boshqaruv faoliyatining ikki ko‘rinishi farqlanadi:

  1. texnik faoliyat – ma’lum bir soxa va tarmoqlarda ishlatiladigan materiallar, texnika va texnologiyalarni o‘zlashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish;

  2. bevosita boshqaruv faoliyati – ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish, xodimlarning xarakatlarini kelishtirib turish va nazorat qilish.

Texnik faoliyatida menejment va menejerdan asosan texnik g‘oyalarni taklif qiladigan, ularni amalga oshiradigan odamlarni topib, ularga sharoit yaratib berish talab qilinadi.
Menejment uchun eng muximi – bevosita boshqaruv faoliyatidir.
Ishlab chiqarish jarayonida xar xil ijtimoiy, ruxiy, pedagogik, xuquq, texnologiya va boshqa ilmlar o‘rganiladi, ammo jamoaning boshqaruv munosabatlarini anglab olishda asosiy vazifani tashkiliy munosabatlar bilimlari egallaydi. Bular jumlasiga jamoani tashkil qilish nazariyasi, tarmok iktisodiyotini rejalashtirish nazariyasi, ishlab chiqarishni ilmiy xolda tashkil qilish, boshqaruv fani va xokazolar kiradi. Boshqaruv fanining izlanishi ob’ekti – jamoaga taaluqli tashkiliy munosabatlar, ya’ni ishlab chiqarish komplekslarini muvofiqlashtirish jarayonlari xisoblanadi.
Boshqarish –bu ko‘zlangan maqsadga etish qobilyati va maxorati demakdir. Bu ta’rif sodda ko‘ringani bilan unda boshqaruv faoliyatining mazmun va shakllari yashiringan, muvaffaqiyat qozonish uchun eng avvalo nima qilish kerakligini bilish va o‘z bilimini amalda qo‘llay olish lozim.
Boshqarish aniq bir maqsadni ko‘zlab amalga oshirilar ekan, shuning uchun maqsad boshqaruvning asosini tashkil etadi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun muayyan biror rejaga ega bo‘lish kerak. Bu rejani asoslash, uning to‘g‘riligini isbotlash xam muhim ahamiyatga ega.
2. Boshqaruv maqsadi – bu muddao, murod, ya’ni niyatga erishmoq uchun ko‘zda tutilgan orzu. Boshqarish maqsidlari ilmiy asoslangan va to‘g‘ri belgilangan bo‘lishi shart. CHunki shu maqsadga binoan:

  • boshqaruv funksiyalari;

  • boshqaruv usullari;

  • boshqaruv struktura (tuzilma)si;

  • lavozimlarni belgilash va kadrlarni tayyorlash kabi muxim masalalar echiladi.

  • boshqaruv maqsadlari quyidagi talablarga javob berishi kerak;

  • 1) maqsad bir ma’noli va aniq bo‘lishi kerak;

  • 2) maqsadni bajarish mumkinbo‘lishi kerak;

  • 3) maqsad miqdoriy o‘lchavga ega bo‘lishi kerak;

  • 4) maqsad barcha bajaruvchilarga tushunarli bo‘lishi kerak;

  • 5) maqsad bo‘limlari va mas’ullari bo‘yicha detallashtirilgan bo‘lishi kerak;

  • 6) maqsad ko‘p qirrali bo‘lishi kerak;

3. Xo‘jalik boshqaruv vazifalarini quyidagi guruxlarga bo‘lish mumkin:

  1. tadqiqotchi va loyixalovchi;

  2. me’yorlovchi va rejalovchi;

V) tashkilotchilik va muvofiqlashtirish;
G) ta’minlovchi;
D) Xisobchi-nazoratchi.
Tadqotchi va loyixalovchi vazifalari – ularga izlanishlarni o‘tkazish, kelajak rejalarni tuzish va unga oid iqtisodiy ma’lumotlarni o‘rganib chiqish ishlari kiradi.
Me’yorlovchi va rejalovchi vazifalari – ishlab chiqarish boshqaruvini tashkil qilish asosining yaratilishini o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarish jarayoni to‘g‘ri yo‘lga solishda istiqbol, joriy, tezkor rejalar muxim axamiyatga ega bo‘lib, u boshqaruv ilmining asosiy vazifalaridan biridir.
Tashkilotchilik va muvofiqlashtirish vazifalari – katta ish xajmiga ega bo‘lgan texnika, ishlab chiqarish va xo‘jalik, korxona raxbarlaridan iborat, boshqaruv apparati tarkibini loyixalash, xodimlarni tanlash va joy-joyiga quyish, ishlab chiqarishga muxandislik raxbarligi kabi masalalarni kamrab oladi.
Ishlab chiqarish boshqaruvida ta’minlovchi vazifasi tarkibiga energetika, transport, asbobsozlik va ta’mirlash xizmatlarini boshqarish ishlari kiradi. Bu guruxda moddiy texnika ta’minotining maxsulot sotish boshqaruvi aloxida o‘rin tutadi.
Nixoyat, bu gurux vazifalariga xujjatlar bilan ishlash, arxiv ishlari, xo‘jalik boshqaruvi, kapital qurilishi, turar joy kommunal va qo‘shma xo‘jalik (mol boqish, parrandachilik, sabzavot va meva etishtirish xo‘jaliklari), maishiy xizmat idoralari, sokchi va yonginga qarshi qurashuvchi tashkilotlar kiradi.
Xisobchi – nazoratchi va analitik vazifalari – statistika, buxgalteriya va tezkor xisob-kitob ishlaridan iborat.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling