Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Download 1.1 Mb.
bet41/83
Sana23.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1047910
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   83
Bog'liq
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti

K2 shuning o‘zi, tadbirlar amalga oshirilgandan so‘ng;
A2— yangi tadbirlar amalga oshirilgandan boshlab ishlab chiqariladigan yillik maxsulot yoki ishlarning xajmi.
En — kapital xarajatlarning normativ samaradorlik koeffitsienti.
U yangi kapital quyilmalarning minimal darajadagi iqtisodiy samaradorligini xamda bir so‘mlik kapital quyilma bir yilda maxsulot tannarxini necha tiyinga kamaytira olishini bildiradi. Masalan, sanoat tarmog‘a uchun belgilangan samaradorlik koeffitsienti normasi 0,15 bo‘lsa, bu shu tarmoqda har bir so‘m kapital quyilmalar maxsulot tannarxining pasayishi hisobiga eng kami bilan 15 tiyinlik tejam, foyda berishi zarur. Samaradorlik koeffitsienti «0»dan «1»ga dqncha tez intilsa, samaradorlik shuncha yuqori, xarajatlarning qoplanishi muddati esa shuncha qisqa bo‘ladi.
Tayanch so‘zlari:
Samara — ishlab chiqarilayotgan maxsulot (ish, xizmat), foyda va daromad xajmini oshirish, maxsulot tannarxini kamaytirish, mahsulot sifatini oshirish yoki sifatsiz maxsulot ishlab chiqarishni kamaytirish ya’ni, umuman korxona faoliyatining ijobiy natijalaridir.
Samaradorlik — bu avvalo, korxona faoliyatining sifat ji-xatlarini tavsiflovchi tushuncha bo‘lib, barcha hollarda samaraning unga erishish uchun ketgan xarajatlar (resurslar)ga nisbatidir.
Ishlab chiqarishning mutlaq samaradorligi- xarajatlar va resurslarning
ayrim turlari bilan solishtirilgan yoki taqqoslangan iqtisodiy samaraning miqdoridir.
Qiyosiy samaradorlik- bu ishlab chiqarish—texnik vazifani xal etishning
biror varyantining ijtimoiy iqtisodiy avzalligini asoslab berish, taqdim etilgan variantlardan eng unumligini tanlab olish tushuniladi.
Keltirilgan xarajatlar—kapital mablag‘larning qiyosiy-iqtisodiy
samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatgich bo‘lib texnikaviy va iqtisodiy masalalarni hal qilish variantlarining eng avzalini tanlab olishda qo‘llaniladi. (T/N+En*K)
Yillik iqtisodiy samara—bu progressiv, ya’ni yangi texnika, texnologiya va maxsulot turlarining, mexnat va ishlab chiqarishni tashkil etishning samaradorligin taxlil etib, taqqoslanayotgan variantlar bo‘yicha sarflangan xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosidagi natija yoki tijoriy yutuq.
Nazorat savollari:
Ishlab chiqarish samaradorligining mohiyati nimadan iborat. Samaraning samadorlikdan farqi nimada?
Samaradorlik ko‘rsatgichlarining mazmuni va hisobi qanday?
Yillik iqtisodiy samara qanday xisoblanadi?
Korxona faoliyati samaradorligini oshirishning qanday yo‘llari va omillari mavjud?
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda asosiy o‘rin kimga tegishli: fan- texnika taraqqiyoti , insonlar yoki resurslagami?
Samaradorlikning normativ koeffitsenti deganda nimani tushunilad

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling