Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Rentabellik ko‘rsatkichlari


Download 1.1 Mb.
bet36/83
Sana23.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1047910
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   83
Bog'liq
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti

Rentabellik ko‘rsatkichlari


Rentabellik ko‘rsatkichi korxona faoliyatining umumiy samaradorlik darajasini ifodalab, olingan natija (yalpi daromad, foyda) ni sarflar yoki iste’mol qilingan resurslar bilan solishtiradi.
Amalda korxona faoliyatida quyidagi rentabellik ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi:

  1. Maxsulot rentabelligi: Rm=(Fya/T/n)*100% - sof foydani maxsulot

tannarxiga bo‘lgan nisbati (maxsulot, tovar xizmatlar erkin baxo bo‘yicha sotiladi).

  1. Ishlab chiqarish rentabelligi:

Ri/chF=(Fb/(Af+Och.m.))*100%, yoki Ri/chF=(Fs/(Af+Och.m.))*100%
Fb – balans bo‘yicha foyda miqdori; Fs sof foyda;
Af - asosiy ishlab chiqarish fondlar o‘rtacha-yillik qiymati, (so‘m);
Och.m. – cheklangan (me’erlangan) aylanma mablag‘lar qiymati, (so‘m).

  1. Korxona jami aktivlarining rentabelligi: RA=(Fs/A.)

Fs – sof foyda, so‘m;
A – aktivlarning o‘rtacha-yillik qiymati.
Aktivlar rentabelligi aktivlarning 1 so‘mi qancha sof foydani kelib tushganini ko‘rsatadi.

  1. xususiy (shaxsiy) mablag‘lar rentabelligi – sof foydani korxona balansidagi xususiy mablag‘lar xajmiga bo‘lgan nisbatni ifodalaydi.


  1. SHaxsiy (xususiy) kapital rentabelligi: Rsh.k.=(Fs/(Kfsh.o‘r.yil.)

Ksh.o‘r.yil – shaxsiy kapitalning o‘rtacha-yillik qiymati (ustav kapitali+rezerv kapitali+jamg‘arilgan foyda).
SHaxsiy kapital rentabelligi xususiy mulq egalari korxonaga sarflangan xar bir so‘mi qancha sof foyda keltirganini ko‘rsatadi.

  1. Maxsulot realizatsiyasining rentabelligi: Rr=(Frya/Mr), yoki (Fs/Mr)

Bu katkich realizatsiya etilgan (sotilgan) maxsulot xajmida sof foyda ulushini belgilaydi yoki sotilgan maxsulot xajmida aks ettirilgan sarf xarajatlar ulushini ko‘rsatadi.

  1. Bir aksiyaning rentabelligi (foydaliligi): F/A= (Fs/na) na – muomalaga chiqarilgan aksiyalar soni.

Bir aksiyaning rentabelligi muomaladagi bitta aksiyaga to‘g‘ri kelgan sof foyda miqdorini ko‘rsatadi.
Muomaladagi aksiyalar – bu korxona, firma, kompaniya chiqargan aksiyalarini korxona o‘zi sotib olgan aksiyalar soniga kamaygan miqdoridir.
Erkin baxolar bo‘yicha sotilgan maxsulotning rentabellik darajasi cheklanmagan (bundan monopol maxsulot istisno, chunki respublika moliya muassasalari tomonidan ularga cheklangan rentabellik darajalari belgilangan).

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling