Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti
Download 1.1 Mb.
|
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti
Korxona foydasiIshlab chiqarish sarflari, mexnat va moddiy resurslar iste’mol xajmilari, texnika darajasi, ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqa faktorlar (omillar) asosida yoki ko‘payishi yoki kamayishi mumkin, ammo boshqaruvchi o‘tkir, bilimli bo‘lsa, sarflarni kamaytirish yo‘llari ish qo‘llab, boshqarishni to‘g‘ri olib boradi. Korxona, firma faoliyatining natijasi (yakuni) maxsulot sotilgandan so‘ng xosil bo‘lgan tushim (QQS va aksizsiz) va maxsulotni ishlab chiqarish va sotishga sarflangan xarajatlar ayirmasiga teng. Bu erda yalpi daromad va yalpi foyda tushunchalarni farq qilish lozim. YAlpi daromad – korxona yoki firmaning ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini yakunlovchi ko‘rsatkich bo‘lib, yalpi tushum va maxsulotni ishlab chiqarish va sotilishiga ketgan sarf xarajatlar (ish xakidan tashkari) ayirmasiga teng. YAlpi tushum – bu tovar maxsulot, ishlar, xizmat va moddiy ne’ematlarni xaqiqiy sotilgan narxlari bo‘yicha realizatsiyasidan kelib tushgan mablag‘larning to‘la yig‘indisi. YAlpi foyda – yalpi daromadning qismi bo‘lib, korxolna maxsulot, asosiy fondlar va boshqa mulqini sotish natijasida xosil bo‘lgan va ushbu jarayonlar sarf xarajatlar miqdoriga kamaygan mablag‘. O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi qoidasiga binoan quyidagi foyda ko‘rsatkichlari qo‘llaniladi: Maxsulot sotishdan tushgan yalpi foyda: Fya=Sm –T/N Sm – sotilgan maxsulot, (so‘m) T/N – maxsulotning ishlab chiqargan sarflari, (so‘m). Asosiy faoliyatning foydasi: Fa=Fya-Dxar±boshqa daromad zarar Dxar – davr xarajatlari. Umumxo‘jalik faoliyatning foydasi: Fux=Fa+Dd±Dval(3)±Qq-S(%) Dd – dividend va %-lar bo‘yicha daromadlari Dval – chet el valyutalari bilan operatsiyalar daromai (zarar) Qq – qimmat baxoqog‘ozlarga investitsiya (quyilma) larni qayta baxolash (peretseonka investitsiy v sennыe bumagi) S(%) – foiz bo‘yicha sarflar. Soliqni to‘laguncha qadar xosil bo‘lgan foyda: Fs=Fux±Ff(3) Ff(z) – favqulotdagi (ko‘zda tutilmagan, gayri tabiiy) daromad yoki zararlar saldosi. Korxonani o‘zida qoladigan sof foyda: SF=Fs-Soliq(fd)-boshqa soliq va to‘lovlar Korxona xo‘jalik faoliyatiningyakunlovchi moliyaviy ko‘rsatkichi bo‘lib balansidagi foyda (kvartal, yil natijalari bo‘yicha tuzilgan buxgalterlik balansida aks ettirilgan) xizmat qiladi. Balans foydasi uch elementdan tashkil topadi: maxsulotni sotish, ishlarni bajarish, xizmat ko‘rsatishdan kelgan foyda; - asosiy fondlar yoki boshqa tur mulqni realizatsiyasidan tushgan foyda (zarar); realizatsiyasidan tashkari operatsiyalarning moliyaviy natijalari. Foydaning shakllanish va taqsimlanishi quyidagi sxemada keltirilgan. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling