Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Download 1.1 Mb.
bet18/83
Sana23.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1047910
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   83
Bog'liq
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti

Nazorat savollari.

  1. Korxona mexnat resurslariga kimlar kiradi?

  2. Xodimlarni tanlash va ko‘tarilishidagi omillarga ta’rif bering.

3.Mexnat resurslarining sifat va miqdoriy tavsiflarini tushuntirib bering.
4.Unumli ish vaqti fondi nima?
5.Kadrlar boshqaruvining asosiy maqsadlarini tushuntirib bering.
Tayanch so‘zlar:
Ish haqi –yollanma xodimga ma’lum topshiriqni , ishlar hajmini bajarganligi yoki muayyan vaqt mobaynida o‘z hizmat burchini o‘tganligi uchun to‘lanadigan mexnat haqining puldagi ifodasi.
Ishchi kuchi-insonning mexnatga bo‘lgan jismoniy, aqliy qobiliyatlari va malakalari yig‘indisi.
Ishchi kuchining harakatchanligi (siljuvchanligi)-xodimlarning o‘z bilimlari ,ko‘nikmalari va qobiliyatlarini sotishning yanada foydaliroq shart-sharoitlarini izlash maqsadida o‘zlari yashab turgan joy,tuman va hatto mamlakatni o‘zgartirishi.
6.Ma’ruza.
Mexnat unumdorligi.
Reja.
1.Mexnat unumdorligining mohiyati va axamiyati.
2.Mexnat unumdorligi ko‘rsatkichlari va hisob usullari.
3.Mexnat unumdorligini oshirish omillari.
1. Inson har doim farovon yashashga intilib kelgan .Buning uchun esa mahsulotlarni va hizmatlarni ko‘plab va sifatli ishlab chiqarish zarur.Resurslar kamyob bo‘lganidan ularni tejab-tergab ishlatish lozim.Bu esa o‘z navbatida mehnat unumdorligini (Mu) ni oshirishni talab qiladi.
Mu-xodimlar mexnat faoliyati samaradorligining ko‘rsatkichi bo‘lib ,insonning vaqt birligida ma’lum miqdorda mahsulot va hizmatlarni yarata olishidir.
Sanoatda mexnat unmdorligini oshirish bozor munosabatlari sharoitida ishlab chiqarish samaradorligining eng muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi,chunki ishlab chiqarish jarayonida material va pul xarajatlarini tejash ,shuningdek korxona va firma faoliyatini birmuncha yuksak pirovard natijalariga erishishiga sabab bo‘ladigan omillaridan biridir.
Mu-ning o‘sishi deyilganda mao‘sulot birligi uchun birligi uchun sarf bo‘ladigan ish vaqtini kamaytirish tushuniladi.
Mu o‘sishining iqtisodiy axsmiyati shundan iboratki ,ishlab chiqarish hajmini oshishida mahsulotlarga sarflanadigan xarajatlarning kamayishida va halq farovonligini yahshilashda asosiy manba bo‘lib hisoblanadi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotning hajmi va milliy daromadning o‘sishi ikkita omil ta’sirida amlga oshiriladi:
birinchisi-ishlab chiqarishning moddiy doirasida ishlovchilar sonining oshishi bo‘lsa, ikkinchisi-mexnat unumdorligining o‘sishidir.
2.Mu jonli mexnat hissasini ko‘rsatadi va quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
Mu=M/Sj
Bu erda:M-mahsulot hajmi; Sj-jonli mexnat sarfi.
Mu individual va ijtimoiy mexnat unumdorligiga bo‘linadi.
Individual Mu-ayrim ishlab chiqavruvchi tomonidan vaqt birligida qancha
sifatli mahsulot yaratilganini ko‘rsatadi ,ya’ni:
MuhM/Nr
Bu erda Nr-korxona sanoat ishlab chiqarish personalining ro‘yhat soni .
Ijtimoiy Mu-halq ho‘jaligi miqyosidagi mexnat unumdorligini ko‘rsatib ,yalpi milliy mahsulot (daromad) yaratilishida sarflangan jonli va moddiylashtirilgan mexnat sarfini aks ettiradi,ya’ni:
Mu=YAMM(YAD)/Sj+Sm
Bu erda:
YAMM(YAD)-yalpi milliy mahsulot,so‘m, Sm-sarflangan moddiylashtirilganmexnat.
Korxona miqyosida Mu ko‘rsatkichi asosan ishlab chiqaruvchi vaqt birligida (soat,kun,yil) ishlab chiqargan yoki mahsulot birligini (m,d) ishlab chiqarish uchun qancha vaqt sarflangani bilan o‘lchanadi,ya’ni: Mu=M/Nr,yoki Mu=T/M
Bu erda : T-to‘la mahsulot hajmiga sarflangan vaqt (norma-soat).
Bir tur mahsulot ishlab chiqarilganda ,uning hajmi natural o‘lchamda hisoblanadi. Korxonada bir necha (ko‘p assortimentli )mahsulot ishlab chiqarilsa ,mahsulot hajmi pul shaklida hisoblanadi.
Unumdorlik soatbay hisoblanganda yaratilgan mahsulot (M) ishlangan soatlarga (T) bo‘linadi:
Mu=M/T,so‘m/soat
3. Mu-ga ta’sir etuvchi omillarni uchga bo‘lish mumkin:

  1. Ishlab chiqarishning texnika-texnologiya darajasi.Texnika qanchalik mukammal bo‘lsa ,Mu ham shunchalik yuqori bo‘ladi.

  2. SHaxsiy-insoniy omilning sifati.Agar ishlovchilarning bilim darajasi ,ish malakasi va tajribasi yuqori bo‘lsa ,unumdorlik ortadi yoki aksincha.

3.Ishlab chiqarishning tabiiy sharoiti.Bu sharoit qanchalik qulay bo‘lsa ,unumdorlik shunchalik yuqori bo‘ladi.Tabiiy sharoitni inson o‘zgartira olmaydi,ammo tehnikani mukammallashtirish orqali noqulay tabiiy sharoitda ham unumdorlikni oshirish mumkin.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling