Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti
Download 1.1 Mb.
|
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-ma’ruza Sanoat korxonalarning oborot kapital (aylanma mablag‘lar)i Reja
Nazorat uchun savollar:
Asosiy kapital –asosiy fondlar ta’rifi va moxiyati nimadan iborat? Asosiy fondlar qanday tarkib va strukturaga ega? Asosiy fodnlarning emirilishi qanday turlarga bo‘linadi? Asosiy fondlarning baxolanish usullarini ta’riflang. Asosiy fondlarning amortizatsiyasi va amortizatsiya normasi deganda nimani tushunasiz? Asosiy fondlar amortizatsiyalashning qanday usullari mavjud? Asosiy fondlardan foydalanish ko‘rsatkichlarining ta’rifi va xisobi qanday? 4-ma’ruza Sanoat korxonalarning oborot kapital (aylanma mablag‘lar)iReja: Aylanma mablag‘lar (oborot kapital ning moxiyati va strukturasi; Aylanma fondlar va muomala fondlarning tarkibi; Aylanma mablag‘larning normalanishi; Aylanma mablag‘larning xosil bo‘lish manbaalari; Aylanma mablag‘larning aylanishi; Aylanma mablag‘lardan unumli foydalanish ko‘rsatkichlari. Aylanma mablag‘lar – bu korxona va xo‘jalik birlashma (uyushma) larning mexnat buyumlari bo‘lib, bevosita ishlab chiqarish jarayonini ta’minlovchi (ishlab chiqarish aylanma fondlari) xamda maxsulotni sotish va ta’minot jarayonlarida xizmat ko‘rsatuvchi mablag‘lardan (muomala fondlar) iborat. Korxona balansida etarli aylanma mablag‘lar miqdori. Bozor sharoitida uning faoliyati amalga oshirilishining zarur zamini xisoblanadi. Aylanma mablag‘lar pul ko‘rinishida ifodalanib, korxonalarda moddiy boyliklar va fondlarning zarur zaxiralarini tashkil etadi, ishlab chiqarish jarayoni va maxsulot sotilishini uzluksiz amalga oshirilishini ta’minlaydi. Aylanma mablag‘lar tasnifini elementlari, xosil bo‘lish manbaalari va normalashishi bo‘yicha ko‘rib chiqish mumkin. Aylanma mablag‘larning miqdori turli tarmoqlarda joriy etilgan texnologiya, ishlab chiqarish siklning davri, mexnat buyumlarining qiymati va xokazolarga bog‘liq. Aylanma mablag‘larning elementlar bo‘yicha tasnifi: 1. ishlab chiqarish aylanma fondlar; 2. muomala fondlardan iborat. 1. ishlab chiqarish aylanma fondlar – ishlab chiqarish jarayonida asosiy ishlab chiqarish fondlardan ishtiroq etish xarakteri bilan farq etadilar. Ular xar bir ishlab chiqarish siklida bir marotaba ishtiroq etib, o‘z natural xolatini o‘zgartiradilar yoki yo‘qotadilar va o‘z qiymatlarini tayyor maxsulotga butunlay o‘tkazadilar. Ishlab chiqarish jarayonida bajaradigan funksiyalariga qarab ishlab chiqarish aylanma fondlari 3 guruxga bo‘linadilar; A) ishlab chiqarish zaxiralari; B) gala tayyor maxsulot; V) kelajak davr xarajatlari. a) ishlab chiqarish zaxiralari: xom ashyo va asosiy materiallar; sotib olingan yarim fabrikat; yordamchi materiallar; yoqilg‘i; tara, ta’mirlash uchun zapas qismlari; qiymati kam buyumlar (baxosi so‘mdan kam bo‘lgan xo‘jalik instrument va inventar); ishdan tez chiquvchi buyumlar (qiymatidan qa’tiy nazar xizmatt davri 1 yilgacha bo‘lgan mexnat vositalari va buyumlari – maxsus kiyim bosh oeq kiyimlari (poyafzal va boshqalar) dan iborat; xom ashyo va asosiy materiallar – bu ishlab chiqariladigan maxsulot tarkibiga butunlay kiruvchi yoki uning zarur komponenti sifatida asosini tashkil qiluvchi turli xil materiallar; yordamchi materiallar – bu ishlab chiqarish texnologik jarayonida ishtiroq etib, reaksiya tezligi, maxsulot sifati va ko‘rinishiga ta’sir etuvchi, ammo maxsulot tarkibiga kirmaydigan materiallar (katalizator, kimyoviy reagent, reaktiv, yog‘lash va artish materiallar va x.k.). b) chala tayyor maxsulot: tugallanmagan ishlab chiqarish; shaxsiy, o‘zida ishlab chiqarilgan yarim fabrikatlardan iborat. Tugallanmagan ishlab chiqarish – bu ishlab chiqarish sexlar va uchastkalarda tayyor maxsulot bo‘lishiga qadur qisman ishlov berilib, ammo sotilishimumkin bo‘lmagan mexnat buyumlari. O‘zida ishlab chiqarilgan yarim fabrikat – bu sexlar va uchastkalarda ishlov berilgan, ammo xali tayyor maxsulot ko‘rinishiga kirmagan, lekin sotilishi mumkin bo‘lgan (chunki mustaqail qiymatga ega) mexnat buyumlari. v) Bo‘lajak davr xarajatlari – bu kelajak davrda maxsulot tannarxi (ishlab sarflari) ga kiritiladigan, ammo rejalashtirilgan yilda sarf bo‘ladigan xarajatlar (yangi tur maxsulot), yangi texnologiyalarni loyixalashtirish, o‘zlashtirish, gazeta va jurnallarga obuna qilish, ijaraga olingan xonalar uchun avans to‘lovlari, ratsionalizatorlik takliflarni joriy etish, telefon bilan bog‘liq va shunga o‘xshash boshqa sarflar. Aylanma mablag‘lar xam natural ko‘rsatkislar xam pul ifodasida xisobga olinadilar. Aylanma (oborot) fondlar va aylanma mablag‘lar strukturasi Aylanma (oborot) mablag‘lar strukturasi deb aloxida element, guruxlari aro nisbati, xamda shu guruxlarning va aylanma mablag‘lar umumiy xajmiga (nisbatiga) bo‘lgan va %-da ifodalangan nisbatiga aytiladi. Kimyo va oziq-ovqat tarmoqlarga qarashli aylanma fondlar strukturasidagi farqlar quyidagi omillar bilan belgilanadi: ishlab chiqarish xarakteri va uni tashkil qilish formalarining xususiyatlari; texnologik siklning davomi, tayyor maxsulot xosslari, ishlab chiqarish xarajatlar strukturasi; xom ashyo va yonilg‘i resurslar, ya’ni moddiy-texnik ta’minot, tayyor maxsulotni sotish, iste’molchi va ta’minlovchilar bilan xisob tizimning shartlari, ishlab chiqarishni sezonlik xususiyatlari va x.k. Aylanma fondlar strukturasini o‘rganish ulardan samarali foydalanish yo‘llarni aniqlash imkonini beradi. Korxonalarning xo‘jalik faoliyati faqatgina maxsulot ishlab chiqarish bilan cheklanmay, uni sotishdan xam iborat. SHu sababli korxonalarda muomala doirasiga mansub aylanma mablag‘lar mavjud. Muomala fondlariga tayyor maxsulot (ombordagi), iste’molchilarga ortilgan (xaki tulangan bo‘lmasa xam) maxsulot, pul mablag‘lari (xisob raqamdagi, kassada va xokazo, iste’molchilar bilan xisob-kitobdagi mablag‘lar) shu jumladan debitorlik qarzlar. YA’ni korxonadagi aylanma fondlar va muomala fondlarni xosil qilish uchun mo‘ljallangan pul mablag‘larning ja’mi ushbu korxonaning aylanma mablag‘larini tashkil qiladilar (1 rasm). 1-rasm. Korxona aylanma mablag‘malar tarkibi. Muomala fondlar 4 guruxga bo‘linadilar: tayyor maxsulot – bu korxonaning omborlarida saqlanuvchi xamma ishlov bosqichlardan o‘tgan, texnik nazorati bo‘limi tomonidan qabul etilgan, sotilishi mumkin bo‘lgan maxsulot va yarim fabrikat. yo‘ldagi maxsulot – bu iste’molchilarga ortilgan, ammo vaqtincha xaki to‘lashmagan maxsulot (xaki kelguncha qadar bu maxsulot korxona balansida xisoblanadi). V) pul mablag‘lari – bu moddiy resurslra bilan ta’minlovchilar bilan xisob- kitoblarni amalga oshirish, ish xaklarni to‘lash, davlat, maxaliy byudjet to‘lovlari, boshqa korxona va muassasalarga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun mo‘ljallangan mablag‘lar.
G) xisobdagi mablag‘lar – debitorlik karz – korxonaga o‘zga korxonalar, muassasalar, jismoniy shaxslar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan xaklar. Aylanma mablag‘larning taxminiy strukturasi: Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, aylanma mablag‘larning ko‘p miqdorini aylanma fondlar tashkil qilar ekan. Bozor sharoitiga o‘tish davrida asosiy masalalardn biri – bu doimiy resurslar tejamkorligi omiliga rioya qilish asosida ishlab chiqarishni intensifikatsiyalashtirish. Tejash rejalashni ta’minlash tizimda mexnat bumlarini tejash asosiy o‘rinni egallaydi. Bu degani – xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i sarflarini (1 o‘lcham maxsulotga) kamaytirish, lekin shu bilan barcha buyum sifati, xizmat davri va ishonchiligiga zararsiz xolda. Aylanma mablag‘lar talabini aniqlash va ularni normalashtirish Aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish ko‘p jixatdan ularga bo‘lgan talabini to‘g‘ri aniqlashdadir. Maxsulot sotilishidan tushgan tushum korxona xisobiga kelguncha qadar aylanma mablag‘lar uni ishlab chiqarish xarajatlarini ta’minlaydilar. Ishlab chiqarish zaxiralarni iste’molidan boshlab, ular tayyor maxsulotga o‘tib, uni sotishiga bo‘lgan davr ancha uzoq bo‘lishi. Sotilgan maxsulot xaki kelishi moddiy resurslar iste’mol vaqtiga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Bu esa aylanma mablag‘larni belgilangan miqdorda tashkil kilishni talab qiladi. Aylanma mablag‘larning optimal extiyojini to‘g‘ri aniqlash korxona uchun minimal sarf xarajatlar evaziga belgilangan foyda olinishi uchun imkon yaratadi. Korxonani normal faoliyatini tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan aylanma mablag‘larni iqtisodiy asoslangan miqdorini aniqlash jarayoni aylanma mablag‘larni normalashtirish deb ataladi. Bu moddiy boyliklarning bir vaqtni xam doimiy minimal xam etarli zaxiralarini tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan aylanma mablag‘ jamlarini aniqlashdir. Aylanma mablarni normalashtirish ichki rezervlarni aniqlash, ishlab chiqarish siklini qisqartirish, tayyor maxsulotni tezroq sotishga imkon beradi. Aylanma fondlarning xamma elementlari va muomala fondlardan esa faqat korxona omboridagi tayyor maxsulot qoldiklari normalashgan (iklangan) aylanma mablag‘larni tashkil qiladilar. Aylanma mablag‘larning qolgan elementlari esa normalashmagan (iklanmagan) aylanma mablag‘lar deb ataladilar, chunki ular ishlab chiqarish jarayoniga unchalik ta’sir etmaydilar, ularning xajmi tez-tez o‘zgarib turadi, shuning uchun ularga ka’tiy normativlarni belgilash qiyin. Aylanma mablag‘larni normalashtirish jarayonida ularning norma va normativlari aniqlanadi. Aylanma mablag‘lar normalari korxonadagi tovar-moddiy boyliklarining minimal zaxiralarini ifodalab, zaxira kunlari, detallar zaxirasini normalari bo‘yicha xisoblanadilar. Aylanma mablag‘lar normativlari – bu pul mablari, ular aylanma mablaglar normalari va berilgan material turining o‘rtacha sutkalik xarajatlari ko‘paytmasidan iborat. Normativlar miqdori ilab chiqarish xajmi, moddiy ta’minot va maxsulotni sotish sharoiti, ishlab chiqarish siklining davomi va boshqa faktorlarga bog‘liq. Aylanma mablag‘larning ko‘pgina elementlari bo‘yicha normativ quyidagicha xisoblanadi: N= x*D Bu erda: N – konkret element bo‘yicha aylanma mablag‘lar normativi; x – bir kunlik sarf xarajat, u tegishli ishlab chiqarishga, ketgan kvartal xarajatlarning 90 kunga bo‘linmasidan iborat; D – aylanma mablag‘larning berilgan elementi uchun zaxira normasi (kunlar). Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling