Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlari


Download 1.1 Mb.
bet16/83
Sana23.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1047910
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   83
Bog'liq
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti

Aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlari
Aylanma mablag‘lar aylanishini izo xlash uchun quyidagi qator ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi:
1. Aylanma mablag‘laning aylanish koeffitsienti – Ka, sotilgan maxsulotni ulgurji narxida o‘lchangan xajmining aylanma mablag‘larning o‘rta-yilik qolidig‘i bo‘linmasiga teng, ya’ni:
Ka=Ms/O‘q
Bu erda:
Ms – ishlab chiqarish yoki sotilgan maxsulot xajmi (ulgurji narxi bo‘yicha, so‘m);
O‘q – aylanma mablag‘larning o‘rtacha-yilik qoldig‘i (bir aylanish davri uchun zarur bo‘lgan aylanma mablag‘lar miqdori, so‘m).
Ka kvartal yoki yil mobaynida aylanma mablag‘lar to‘la doiraviy aylanish sonini yoki 1 so‘m aylanma mablag‘larga to‘g‘ri keladigan sotilgan maxsulot xajmini ko‘satadi.
Masalan, sotilgan maxsulot xajmi 2000 mln so‘m, o‘rtacha-yillik qoldiq 400 mln so‘m. Unda Ka=2000/400=5, ya’ni yil mobaynida aylanma mablag‘laning 1 so‘m, 5 marotaba aylangan.
Bir aylanish davr uzunligi D quyidagicha aniqlanadi:
D=T/ Ka demak Ka=T/D
Bu erda:
T – davr vaqti (oy=30 kun, kvartal=90, yil=360);
Ka aylanish koeffitsienti, yoki
D=(T*O‘q)/Ms
Keltirgan misolda D=360/5=72 kun.
yoki (360*400)/2000=72kun
Aylanma mablag‘larning aylanish davri (D) qancha qisqa yoki aylanish soni (Ka) qancha ko‘p bo‘lsa (maxsulot xajmi o‘zgarmagan xolda), shunchalik aylanma mablag‘lar sarfi kamayadi, yoki bir aylanish doirasiga zarur bo‘lgan mablag‘lar xarakat tezligi oshsa, shunchalik aylanma mabaalardan samarali foydalangan xisoblanadi.
YOki aylanish soni oshgan sari bir aylanish davriga zarur aylanma mablag‘lar miqdori o‘zgarmasa, unda yilik maxsulot xajmi ko‘payadi.
Maxsulot xajmining ko‘payishi va aylanma mablag‘larning 1 aylanish davriga zarur bo‘lgan miqdorini tejalishi ishlab chiqarishning samaradorligini o‘sganidan dalolat beradi.
Keltirilgan misolni ko‘raylik:
D=72 kun, O‘k=400 mln so‘m, My=2000 mln so‘m, Ka=5.
Aylanma mablag‘lar xarakat tezligini o‘sishi natijasida (tegishli chora- tadbirlar o‘tkazilgandan so‘ng) bir doiraviy aylanish davri 60 kunga teng bo‘ldi.
U xolda Ka=360/60=6 marotaba bo‘ldi.

  1. Agar maulot xajmi o‘zgarmasa (My=const), bir aylanish davriga zarur aylanma mablag‘lar miqdori FO‘s:

O‘s=M/Ka=2000/6=333,3 mln so‘m bo‘lib, ya’ni aylanma mablag‘lar tejalgan xajmi () - O‘k=400-333,3=64,67 mln so‘mni tashkil qiladi.

  1. O‘k=const xolda Ka=6 bo‘lsa, u xolda My=Ka*O‘k=6*400=2400 mln so‘m, ya’ni yilning maxsulot xajmi ().

My=2400-2000=400 mln so‘mga qupaygan.
Aylanma mablag‘lar aylanish tezligini oshirish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
Ishlab chiqarish zaxiralarini xosil qilish bosqichida – iqtisodiy asoslangan zaxiralar normalarini joriy etish; xom ashyo, komlektli buyumlar, yarim fabrikatlar bilan ta’minlovchilarni iste’molchilarga yaqinlashtirish;
Tugallanmagan ishlab chiqarish bosqichida – ITT (progressiv, ilg‘or texnologiya, texnikani joriy etish, ishlab chiqarish kimyolashtirish, chiqindisiz yoki chiqindi texnologiyalarni o‘zlashtirish va x.k.); sanoat ishlab chiqarishni tashkil qilish formalarini takomillashtirish; iqtisodiy raqobatlantirish tizimini takomillashtirish; moddiy resurslardan tejamli foydalanish; xaridorgar maxsulot ulushini ko‘paytirish va x.k.
Muomala bosqichida – iste’molchilarni ta’minlovchilarga yaqinlashtirish; xisob tizimini takomillashtirish; to‘g‘ri aloqalar bo‘iycha zakazlarni bajarish natijasida sotilgan maxsulot xajmini ko‘paytirish; maxsulotni muddatidan ilg‘ori ishlab chiqarish; tejalgan materiallardan maxsulot ishlab chiqarish; maxsulotni tuzilgan shartnomalarga binoan ortilishiga kat’iy rioya qilish va x.k.
Nazorat savollari.
1.Aylanma mablag‘larning mohiyati va tarkibi nimadan iborat?
2.Aylanma fondlar va muomala fondlar tarkibi.
3.Aylanma mablag‘larning normalanishi va hosil bo‘lish manbalari.
4.Aylanma mablag‘larning aylanishi.
5. Aylanma mablag‘larning aylanish tezligi koeffitsienti.
6.Aylanish tezligi koeffitsienti o‘sishining iqtisodiy samaradorligi.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling