Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti
Bir maromli to‘g‘ri chiziqli usul
Download 1.1 Mb.
|
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajarilgan ish hajmiga nisbatan (ishlab chiqarish) amortizatsiyani hisoblash usuli
Bir maromli to‘g‘ri chiziqli usul deb tugatilgan qiymati ayrilgan asosiy vositalar ob’ekti qiymatini davrlar bo‘yicha foydalanish muddati davomida teng nisbatda hisoblash usuliga aytiladi. Amortizatsiya summasi amortizatsiyalanayotgan qiymatni (tugatish qiymati ayrilgan ob’ektning dastlabki qiymatini) ko‘zda tutilgan foydalanish davrlari soniga bo‘lish yo‘li bilan aniklanadi. Amortizatsiya me’yori o‘zgarmaydi.
Amortizatsiya quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: Dastlabki — Tugatish qiymati qiymati = yillik amortazatsiya summasi xizmat muddati - yil Masalan, kompyuter qiymati 500000 so‘m, tugatish qiymati 30000 so‘m, xizmat muddati 5 yil. Bu holda har yilgi amortizatsiya 10 : 5 = 20%, ya’ni 500000 - 30000 : 5 = 94000 so‘mni tashkil etadi. 5 yil davomida hisoblangan amortizatsiyani quyidagicha aks ettirish mumkin: birinchi yil oxirida — 94 ming so‘m; ikkinchi yil oxirida — 94 ming so‘m; uchinchi yil oxirida — 94 ming so‘m; to‘rtinchi yil oxirida —94 ming so‘m; beshinchi yil oxirida — 94 ming so‘m. Binobarin, amortizatsiyani bir maromda hisoblash usulida uning summasi foydalanish muddati davomida bir xil bo‘ladi, jamg‘arilgan eskirish bir tekisda oshib boradi, qoldiq qiymati esa, baholangan tugatish qiymatiga etguncha — bir tekisda kamayib boradi. Bajarilgan ish hajmiga nisbatan (ishlab chiqarish) amortizatsiyani hisoblash usuli asosiy vositalarning har hisobot yilida bajargan ishining xisobiga asoslangan. Mazkur usul bilan eskirishning har yilgi qiymatini hisoblash uchun jami foydalanish muddati davomida umumiy baholangan ishlab chiqarishni hamda har bir aniq yildagi ishlab chiqarishni oldindan aniklash lozim. Ishlab chiqarish sifatida ishlab chiqarilgan mahsulot, ishlangan soatlar miqdori va hokazolar olinishi mumkin. Amortizatsiya me’yori quyidagi formula yordamida hisoblanadi: Dastlabki — Tugatish qiymati qiymati = yillik amortizatsiya summasi Mo‘ljallangan ishlar hajmi - yil YUqorida qayd etilgan kompyuterning 5 yil muddatda ishlash resursi 6500 soat deb taxmin qilamiz. Kompyuter 1-yilda 2000 soat, 2-yilda 1500 soat, 3-yilda 1200 soat, 4-yilda 1000 soat, 5-yilda 800 soat ishlatilgan. Binobarin, amortizatsiya meyori quyidagini tashkil etadi: (500000 -- 30000): 6500 = 72,307 so‘m/soat. Amortizatsiyani ishlab chiqarish usuli bilan hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi: birinchi yil oxirida — 2000 x 72,307 = 144615 so‘m; ikkinchi yil oxirida — 1500 x 72,387 = 108461 so‘m; uchinchi yil oxirida — 1200 x 72,307 = 86770 so‘m; to‘rtinchi yil oxirida — 1000 x 72,307 = 72308 so‘m; beshinchi yil oxirida — 800 x 72,307 = 57846 so‘m. Jami 470 000 so‘m. Bajarilgan ish hajmi ko‘rsatkichlari asosida amortizatsiyani xisoblash usullari ob’ektlardan foydalanish muddati, ularning tuzilish xususiyatlari bilan cheklangan hamda mazkur aktivlarning xo‘jalik faoliyati hajmi yilma – yil o‘zgargan hollarda qo‘llaniladi. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling