Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Download 1.1 Mb.
bet40/83
Sana23.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1047910
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   83
Bog'liq
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti

Fq= Q/ Af


Q - maxsulot xajmi, qiymat bo‘yicha; Af — asosiy ishlab chikarish fondlar kiymati.

Fs= Af / Q


Fond qaytimi qanchalik yuqori va fond sig‘imi qanchalik past bulsa, ishlab chiqarish va mexnat qurollaridan foydalanish samaradorligi shunchalik yuqori buladi va aksincha. Mashina va uskunalardan unumli foydalanish, ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish xamda xodimlar malaka-sini oshirish, fond qaytimini kupaytirishning muxim zaxira-si xisoblanadi.
Mehnat qurollaridan foydalanish samaradorligi, max-sulotlarning material sig‘imi yordamida sarflangan xomashyo, material, yoqilg‘i, quvvat va mexnat buyumlarining umumiy qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati or-kali aniklanadi. Uning formulasi kuyidagicha:
m = M / Q
m - maxsulotlarning material sig‘imi ;
M - mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan moddiy xara-jatlarning umumiy miqdori, pul ko‘rinishida;
Q - ishlab chikarilgan maxsulot xajmi, qiymati bo‘yicha.
Mahsulotning material sig‘imi qanchalik past bulsa, ishlab chiqarish samaradorligi shunchalik yukori buladi. Birok maxsulot material sig‘imini kamaytirish, uning sifatini pa-saytirish yoki texnologiya me’yor va qoidalarini buzish xisobiga amalga oshirilmasligi lozim. Material sig‘imining bu tarzda kamaytirilii iqtisodiy jinoyat xisoblanadi va qonunga asosan jazoga tortiladi.
Bozor sharoitlarida korxona xo‘jalik faoliyati samara-dorligining umumlashtiruvchi yoki mezon kursatkichi sifatida rentabellik yoki kapitalning daromadliligini qabul qilish mumkin. Bu kursatkich quyidagi formula asosida xisoblanadi:
Ri/ch = F b / Af+Om*100
Ri/ch - rentabellik, xujalik faoliyatining nati-jasini foyda shaklida kursatadi va foizlarda zygaanadi;
F b - korxonaning balans foydasi;
Af+Om - avanslangan kapital(asosiy va aylanma).
Nisbatning kattalashishi mexnat, moliya, texnologiya va moddiy resurslaridan unumlirod foydalanishni anglatadi. CHunki aynan ular ishlab chiqarish xajmi va xarajatlari, mahsulot bahosiga ta’sir o‘tkazadi. Xujalik faoliyati minimal xarajatlar bilan yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish yulga qo‘yilgan joylarda samaraliroq bo‘ladi.
Korxona rentabelligini aniqlashda ba’zida korxona olgan umumiy foyda emas, balki mahsulot tannarxini pasaytirish xisobiga olinuvchi foyda ulushidan foydalaniladi.
YUqorida keltirilgan xo‘jalik samaradorligini baxolash usullari va ko‘rsatkichlaridan tashqari bugungi kunda amaliyotda O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mulk Qumitasi tomonidan ishlab chiqilgan korxonalarning iqtisodiy nochorlik belgilarini aniqlash uchun mezonlar tizimi ham qo‘llaniladi. Ularning qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: tulov qobiliyati koeffitsienta (Kt.q.);
xususiy va qarzga olingan mablag‘lar nisbati koeffitsienti (Kx.q); moliyaviy mustaqillik koeffitsienta (Kmm );
• xususiy aylanma mablarlar bilan ta’minlanganlik koeffitsienta (Kxam).
Bu ko‘rsatkichlar bir karashda maxsulot ishlab chikarish soxasiga, demak, ishlab chikarish samaradorligiga aloqasi yo‘qday tuyuladi. Aslida esa aynan ular orkali korxonaning samarali faoliyatini anglatuvchi iqtisodiy va moliyaviy barkarorlik aks ettiriladi. Bundan tashdari, maxsulotning material sig‘imi, fond kaytimi, mexdat unumdorligi va rentabellik ko‘rsatkichlari, ishlab chiqarishni rejalashtirish va taxlil qilishda qo‘llansa, mezonlar tizimi yordamida esa korxonalar o‘zlarining faoliyat yuritish qobiliyatini ko‘rsatadi xamda turli xil muammoli vaziyatlarda xujalik sudlarida o‘z manfaatlarini ximoya qiladi.
To‘lov qobiliyati koeffitsienti (Kt,q.) korxonaning debitorlar bilan o‘z vaqtida xisob-kitob qilish xamda tayyor maxsulot va boshqa moddiy vositalarini sotishning qulay sharoitlarda sotish orqali baxolanadigan to‘liq imkoniyatlarini kursatadi. U quyidagi formula asosida xisoblanadi:
Km.k =A2-My.o.k / P2 - Ikk
A2 — aylanma aktivlar (ishlab chikarish zaxi-ralari, tayyor maxsulot, pul mablag‘lari, debitorlik qarzlari va xokazolar);
P2 — majburiyatlar (kiska muddatli qarzlar, qisqa muddatli kreditlar, byudjet oldidagi darzlar, kreditorlik karzlari va xokazo);
Mo‘.d.q— muddati utib ketgan debitorlik karzlari; Iqk— uzoq muddatli darz va kreditlar.
Xususiy va qarzga olingan mablag‘lar nisbati koeffitsienti (Kh.q.m.) ularning shakllanish manbalarini inobatga olgan xolda, pul maolarlari bilan ta’minlanganlik darajasini aniklaydi. U quyidagi formula asosida xisoblanadi: K= P1 /Pg -Ikk
P1—xususiy mablag‘lar manbalari (Nizom jamg‘armasi, qo‘shilgan kapital, taqsimlanmagan foyda va xokazo).
Moliyaviy mustaqillik koeffitsienti (Kmm korxona moliyaviy mustaqilligining kamayishi (kupayishi), kelajakda moliyaviy qiyinchiliklarga uchrash xavfining kuchayishi (pasayishi) xaqida ma’lumot beradi xamda korxona o‘z majburiyatlari oldida javob berishining kafolatlarini belgilab beradi. U quyidagi formula asosida xisoblanadi:
Kmm= P1 / IB
IB - korxona balansi aktivi yoki passivining yakuni.
Xususiy aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganlik koeffitsienti (Kx.a.m) korxonaning barqaror ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatini yuritish uchun zarur bo‘lgan aylanma vositalar mavjudligini tavsiflaydi. SHuningdek u, korxona egalari va kreditorlar manfaatlaridagi munosabatlarni ham aks ettiradi.
Mazkur koeffitsient quyidagi formula asosida xisoblanadi:
Kx.a.m= P1 -A1 /A2
A1 — uzoq muddatli aktivlar (asosiy vositalar, kapital quyilmalar, nomoddiy aktivlar va xokazo).
Ko‘rsatkichlar tizimini tayyorlagan mualliflar tomonidan korxonaning tulovga qobiliyatligi yoki nochorligini aniqlovchi ulchamlar belgilab berilgan. Masalan, to‘lov kobiliyati koeffitsienti hamda xususiy va qarzga olingan mablag‘lar nis-bati koeffitsienti 2 dan kichik bulsa (Kt.q <2; Kx.q.m<2), moliya-viy mustaqillik koeffitsienti 0,5 dan kichik bo‘lsa (Kmm(<0,5), xususiy aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganlik koeffitsienti 0,1 dan kichik bo‘lsa (Kx.a.m <0,1) korxonalar nochor deb topiladi. Korxona nochorligi, demak, xo‘jalik faoliyatining samarasizligi tug‘risidagi yakuniy qaror, nochorlik o‘lchamlarining umumiy summasi 4,6 dan kichik bo‘lgan xolda qabul qilinadi.
Xo‘jalik faoliyati samaradorligini oshirish juda ham murakkab jarayon bo‘lib, buning xamma uchun tug‘ri keluvchi yago-na yuli mavjud emas. Har bir korxona bu masalani echishda o‘z imkoniyatlari va yuzaga kelgan iqtisodiy shart-sharoitlaridan kelib chiqqan xolda xarakat qiladi. Biroq barcha xollarda xam samaradorlikning asosida foydani myakagmallashtirish yoki xarajatlarni minimallashtirish yotadi.
Misol: Aytaylik, korxonaning 10 mln. sum miqdorida mablag‘i bo‘lib, bu mablag‘larni ishlab chiqarishni kengaytirishga sarflash muljallangan. Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, korxona 10 mln. sum sarf qilganda qo‘shimcha 11 mln. sumlik maxsulot ishlab chiqaradi, ya’ni foyda 1 mln. sumni yoki qo‘shilgan kapitalning 10 % qismini tashkil qiladi.
Agar korxona ushbu mablag‘ni bankka yiliga 12 %li depozit hisobiga qo‘yganida, foizlar uchui 1,2 mln. sum foyda olgan bo‘lar edi. Demak, muqobil xarajatlarni hisoblaganda korxona 0,2 mln. sum miqdoridagi qo‘ldan chiqarib yuborilgan foydani xam hisobga olishi lozim. Birok ishga bunday yondoshishning, bugungi bozor munosabatlari sharoitlarida keng tarkalgan bunday usulida, ya’ni eng ko‘p foydaga ega bulish tamoyili asosidagi usulda, korxona foydani maksimal darajaga chiqarsada, ishlab chiqarishni kengaytirishga erisha olmaydi. Ishlab chiqarishni kengaytirish esa, barchaga ma’lum bulgani-dek, iqtisodiyotning rivojlanishi uchun eng muhim talablardan biri hisoblanadi.
3. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xujalik yuri-tishning bozor tizimi xamda har qanday davrning muhim tala-bidir. Samaradorlik istalgan korxonaning iqtisodiy barqa-rorligi va faoliyat yuritish kobiliyatini aks ettiradi. Har kanday ishda, jumladan, korxonalar faoliyatida samaradorlikning, ijobiy natijalarning mavjud bo‘lmasligini, obrazli qilib aytganda, ovoragarchilik, vaqt, kuch va resurslarni yuqo- tish bilan izoxlash mumkin.
Fan-texnika taraqqiyoti korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lib kelgan va hozirda ham o‘z ahamiyatini yuqotmagan. Mazkur omildan quyidagi yo‘llar bilan foydalanish mumkin:
ishlab chiqarish va mexnatni mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish
hamda kompleks ravishdagi mexanizatsiyalashtirish;
asosiy texnologik jarayonlarni robotlashtirish;
progressiv, mehnat hamda resurslarni tejashga yo‘naltirilgan texnologik jarayonlarni amaliyotga kiritish va ulardan keng foydalanish; xomashyo va materiallar (mexnat buyumlari) zamonaviy turlarini yaratish va
ulardan foydalanish; ishlab chiqarishni tashkil qilish, rejalashtirish va boshqarish jarayonlarida
zamonaviy axborot texnologiyalaridan, hisoblash texnikasidan foydalanish;
• ishlab chiqarish va mexnatni ilmiy asosda tashkil qilish.
4. Ishlab chiqarish-texnik vazifani xal etishning biror variantining ijtimoiy - iqtisodiy afzalligini asoslab berish, taqdim etilgan variantlardan eng samaralisini tanlab olish maqsadida aniqlanadigan samaradorlik qiyosiy samaradorlik deb ataladi. Qiyosiy samaradorlik ikki va undan ortik variantni takqoslash va shu asosda bir variantning boiqa variantlardan ustunligi va optimalligini aniqlab beradi.
Optimal variantni tanlash xamda uni asoslash uchun qo‘shimcha kapital mablaglarning doplanish muddati yoki qiyosiy samaradorlik koeffitsientini hisoblab chiqish va ular miqdorini normativ qiymati bilan taqqoslash kerak.
Qo‘shimcha kapital mablag‘larniig uzini qoplash muddati ( ) qushimcha kapital mablag‘larning (K2—K1) maxsulot tannarxini pasaytirishdan olingan tejam (T1-T2) ra nisbati bilan aniqlanadi:

= K2—K1 / Tn1 Tn2


Bu erda: — qoplanish muddati (yil x,isobida); K1 va K2 variantlarni joriy etish uchun kerak bulgan mablaglar mikdori;
Tn1 va Tn2taqqoslanadigan variantlar bo‘yicha maxsulot tannarxi.
Qo‘shimcha kapital mablag‘larning qiyosiy samaradorlik koeffitsienti (E) qoplanish muddatining teskari ifodasi hisoblanadi va tannarxni pasaytirishdan olingan tejamning qo‘shimcha kapital mablag‘lar miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi:
E = Tn1 Tn2 / K2—K1 yoki 1/
Keltirilgan xarajatlar, ularning vazifasi va ularni xisoblash usuli. Keltirilgan xarajatlar kapital mablag‘larning qiyosiy-iqtisodiy samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkich bo‘lib, texnikaviy va iqtisodiy masalalarni xal qilish variantlarining eng yaxshisini tanlab olishda qo‘llaniladi. Biron bir texnikaviy vazifani xal etshining, ratsionalizatorlik va ixtirochilik takliflari, texnikaviy va tashkillashtirishning mumkin bo‘lgan variantlarini, maxsulot sifatini oshirishning turli usullarini taqqoslaganda boshqa shartlari teng bo‘lib qalsa, keltirilgan xarajatlar minimum bo‘lishining talab qiladigan variant eng yaxshisi hisoblanadi. Bir necha variantlardan eng yaxshisini tanlab olish uchun quyidagi keltirilgan xarajatlar formulasidan foydalanish kerak:
T/n + En* K —> min
Bu erda: T/n - muayyan variant bo‘yicha ishlab chiqarilgan maxsulot tannarxi; En - kapital mablag‘lar samaradorligining normativ koeffitsienti;
K - bir yo‘la solinadigan kapital mablag‘larning yig‘indisi .
Xalq xo‘jaligida yangi texnika, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini belgilash metodikasida samaradorlikning normativ koeffitsienti xalq xo‘jaligining hamma tarmoqlari uchun 0,15 ga teng qilib olingan.
Keltirilgan harajatlarni aniqlash eski texnika o‘rniga yangisini yaratish va qo‘llash natijasida hosil bo‘ladigan iqtisodiy samarani baholashga xalk xo‘jalgi nuqtai nazaridan yondashishni taqozo etadi.
Yillik iktisodiy samara bu, yangi texnika, texnologiya va progressiv mahsulot turlarining, mexnat va ishlab chiqarishni tashkil etishning iqtisodiy samaradorligini tahlil etish va baholashda qo‘llaniladigan muxim kursatkichlardan biridir. Bu ko‘rsatkich qiyos qilinadigan variantlar bo‘yicha sarflangan xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida quyidagi formula yordamida hisoblab chiqiladi:
Y = [( T/n1 + En* K1) [( T/n2 + En* K2)]*
Bu erda: Y — yillik tejam;
T/n1 — yangi texnika bo‘yicha tadbirlar joriy qilingungacha maxsulot yoki ish birligining tannarxi (so‘m xisobida);
T/n2 shuning o‘zi, tadbirlar joriy qilingandan so‘ng (so‘m )
K1 — tadbirlar joriy qilingungacha maxsulot birligiga sarflangan kapital mablag‘lar miqdori;

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling