Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Fanning o‘quv dasturi Ma’ruzalar matni


Download 1.1 Mb.
bet2/83
Sana23.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1047910
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Bog'liq
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti

Fanning o‘quv dasturi Ma’ruzalar matni


Mundarija:

  1. “Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti” kursining maqsadi va vazifalari

  2. Kimyo va oziq-ovqat sanoati korxona va firmalari.

  3. Kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonalarining asosiy kapital- asosiy fondlari.

  4. Kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonalarining aylanma kapital- aylanma mablag‘lari.

  5. Korxona mexnat resurslari-kadrlari.

  6. Mexnat unumdorligi.

  7. Mexnat xaqi tizimi.

  8. Kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonalarining ishlab chiqarish sarflari.

  9. Korxona moliya resurslari.

  10. Bozorga o‘tish sharoitida baxolanish tizimi.

  11. Ishlab chikarishning ijtimoiy va iktisodiy samaradorligi.

  12. Menejment (boshqaruv)ning mohiyati va asoslari.

13.Menejment (boshqaruv) tamoyillari va funksiyalari.
14.Boshqaruv usullari.
15.Marketing.
16. Menejerlar (boshqaruvchi kadrlar) ni tayyorlash jarayonini tashkil qilish.

1-ma’ruza


Korxona iqtisodiyoti va menejmenti” kursining vazifasi va maqsadi
Reja:

  1. Iqtisodiy fanlarning vazifalari.

  2. Iqtisodiy tizim turlari.

  3. Makro - va mikroiqtisodiyot tushunchalari.

  4. “Korxona iqtisodiyoti va menejmenti” kursining mohiyati va maqsadi.

1. Iqtisodiy fanlar inson hayotining moddiy, ma’naviy, fiziologik va boshqa ehtiyojlari bilan bog‘lik bo‘lgan masalalarni qamrab oladi. Oila qurish, kelajak avlodni tarbiyalash, zaruriy turmush tarzini ta’minlash uchun insonlarga oziq – ovqat, kiyim - bosh, turar – joy va boshqa vositalar kerak bo‘ladi. Ular esa xalq ho‘jalikning turli tarmoqlaridagi korxonalarda ishlab chiqariladi. Iqtisodiy fanlar tabiatda hamda inson, jamoa va jamiyat hayotida vujudga keluvchi xar xil iqtisodiy jarayon va xodisalarni o‘rganish bashorat qilish, taxlil etish va baholash bo‘yicha bilimlar majmuasidir, ya’ni moddiy va ma’naviy ne’matlarni tayyorlash va taqsimlash usul va jarayonlarni o‘z ichiga oladi.
Hozirgi zamon bozor munosabatlari shakllanish davrida iqtisodiy masalalar katta ahamiyat kasb etadi, chunki rejalashtirish, boshqarish, iqtisodiy rag‘batlantirish, takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyotini va halk farovonligini ko‘tarish, korxonalar o‘zini-o‘zi boshqarishi va xo‘jalik hisobiga o‘tishi oliy o‘quv yurtlarining bitiruvchilaridan boshqaruvchi sifatida iqtisodiy bilimlarga ega bo‘lishlari zaruriyatini tug‘diradi.
Ishlab chiqarish ikki tomonlama o‘rganiladi:
Tabiiy va texnik fanlar ijtimoiy ishlab chiqarishni inson va tabiat orasidagi jarayon sifatida, mehnat buyumlari (ashyolar)ning xossalari, fizikaviy va kimyoviy o‘zgarishlarini o‘rganadi;
Ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy fanlar esa ishlab chiqarishni odamlar orasidagi munosabatlar, ya’ni ishlab chiqarish munosabatlarini ishlab chiqarish kuchlari bilan uzviy bog‘liqligi orqali o‘rganadi.
“Iqtisodiyotni o‘rganishning nima keragi bor?” – degan savolga muhim bo‘lgan bir qancha sabablari bor. Bu sabablarning ayrimlari insonga shaxs sifatida, ikkinchilari pul ishlab topadigan va sarflaydigan odam sifatida, uchinchidan fuqaro sifatida taaluqlidir.
Inson jamiyat a’zosi sifatida iqtisodiy bilimlarsiz yashay olmaydi. Ovqat, uy- joy, kiyim, bo‘sh vaqtni o‘tkazish usuli – bularni hammasi u yoki bu tarzda iqtisodiy kuchlar bilan bog‘liq.
Iqtisodiyotni o‘rganish ushbu kuchlarni yaxshiroq anglab olishda ko‘maklashadi va jo‘shqinroq xayot kechirish imkonini beradi.
Iqtisodiy fanlar xo‘jalik yuritishni qanday qilib eng kam mablag‘ sarf qilgan xolda amalga oshirish mumkinligini ilmiy jihatdan o‘rgatadi, tejamli sarflar orqali eng yaxshi, afzal, yuqori natijalarga erishishni ta’minlaydigan sharoit va omillarni izlab topishga undaydi.
Bugungi kunda KOOS aksari korxonalar AJ lari, xolding va moliya -sanoat guruhlari tuzish yo‘lidan bormoqda. Davlat korxonalarining tashabbuskorligi, ijodiy izlanish va tadbirkorligi uchun keng yo‘l ochib ularning ho‘jalik faoliyatini rejali iqtisodiyoti davridagi kabi nazorat, limit, va qattiq me’yorlar bilan qo‘yayotgani yo‘q. Korxonalar faoliyatida eng asosiy xususiyat bu, korxonalarning mustaqilligi va erkinligidir. Malakaviy mutaxassis korxona iqtisodiyotini va uni boshqarishini yaxshi bilishi, ko‘p echimli variantlardan qay biri afzal? Qanday yo‘l bilan foydani oshirish va rentabenlikkni ko‘tarish mumkin? Korxonaning ishchi kuchiga ehtiyoji qancha va ularga qanday haq to‘lashi kerak? CHiqarilayotgan mahsulot yoki tovarga bo‘lgan talabni qay tarzda oshirish mumkin? Korxona kredit olishi zarurmi, agar olsa qanday shartlar bilan kabi savollarga o‘z vaqtida va to‘g‘ri javob bera olishi lozim? Demak yosh mutaxasislar nazariy bilimlarini amaliy tajriba va ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirib, turli xo‘jalik sharoitlarida tez, to‘g‘riva aniq qaror qabul qilishi zarur.
Ayrim shaxs ham, jamiyat ham xoxlagan narslarni hammasiga ega bo‘lolmaydi, chunki hamma narsa hammaga etmaydi. Iqtisodchilar aytganidek, moddiy extiyojlarni xilma-xilligi cheksiz. Ammo resurslar – ana shu talablarni qondiruvchi ne’mat va va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan va «resurslar» deb ataladigan narsalarning chegarasi bor. Demak, inson ehtiyoji cheksiz, ularni qondirish uchun resurslar esa cheklangandir. Binobarin, har bir jamiyat bir xil muammoga – imkoniyatlar cheklanganligi muammosiga duch keladi.
Barchaning cheksiz talablarini qondirish imkoniyati bo‘lmaganligi sababli, har bir odam, korxona (firma) yoki davlat istagan narslardan ayrimlarini tanlashi kerak. Bunda u mumkin qadar ko‘proq narsa olish uchun tejashga xarakat qiladi. SHuni nazarda tutib, biz iqisodiyotni cheklangan resurslar sharoitida ehtiyojlarni qondirish uchun jamiyat tanlaydigan narsalarni bayon qiluvchi va tahlil etuvchi ijtimoiiy fan deb ta’riflashimiz mumkin.
Tanlash zaruriyati daromadlar, badavlatlik va qarz olish imkoniyatlari bilan belgilanadi. Har bir oilani daromadi, jamg‘argan pulining miqdori va qarz olish imkoniyati cheklangandir. SHunga o‘xshash, korxona o‘z daromadlari, jamg‘armasi va qarz to‘lash jihatdan, davlat esa soliq solish va kredit olish imkoniyati jihatdan cheklangan. SHu sababli, ayrim odamlar, firmalar va xukumat o‘z istaklaridan ayrimlarini tanlashga majburdirlar, bunda ular mavjud resurslardan foydalanib, eng ko‘p foyda olishga intiladilar.
CHeklangan istaklar va cheklangan imkoniyatlar sharoitida har bir jamiyat quyidagi asosiy savollarga javob olishi kerak:
Qaysi tovarlar va xizmatlar qancha miqdorda ishlab chiqarilishi kerak?
Bu tovarlar va xizmatlar qay tariqa ishlab chiqarilishi kerak?
Bu tovarlarni kim oladi va ulardan foydalana oladi?
Bu asosiy savollarga javob berish usulini iqtisodiy tizim belgilaydi.
2. Iqtisodiy tizimlar an’anaviy, markazlashgan(buyrukbozlik), bozor iktisodiyoti kabi turlardan iborat.
An’anaviy tizimlar odatda dunyoning eng uzoq mintaqalarida joylashgan. Bunday tizimlarni boshqalardan ajralgan xolda yashaydigan qabilalar yoki guruhlar va xatto butun-butun mamlakatlarda uchratish mumkin. Hozir ular kam uchraydilar.
Odatda an’anaviy tizimlarda odamlar qishloqlarda yashaydi va qishloq xo‘jaligi yoki shunga o‘xshash baliqchilik yoki ovchilik bilan shug‘ullanadilar. Ular hamma ishlarni ajdodlari qanday bajargan bo‘lsa, xuddi shunday qiladi. Xullas, an’anaviy iqtisodiyotda nimani qay tariqa ishlab chiqarish g‘oyat sekin o‘zgaradigan urf-odatlar bilan belgilanadi. Ko‘pchilik odamlar arang tirikchilik qiladi.
Markazlashtirilgan buyruqbozlik iqtisodiyotga ega bo‘lgan tizimlar uchun rejalar tuzadigan va amalga oshiradigan siyosiy rahbarlarga muhandislar, iqtisodiyotchilar, kompyuter bo‘yicha muhandislar, sanoat vakillaridan iborat “rejachilar” deb ataluvchi yuksak malakali xodimlar guruhi maslahat berib turadi. Aniqroq qilib aytganda, aynan shu rejachilar qanday tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilishi kerakligini belgilaydi. (sobik SSSR, XITOY, YUGOSLAVIYA va boshq.).
Bozor iqtisodiyoti deganda biz xo‘jalik yuritishni shunday tizimini tushunamizki, bunda ko‘plab alohida xaridorlar va sotuvchilar jamlanib, nima, qanday va kim? savollariga javob beradi, ya’ni resurslar talab va taklif qonuniga binoan ishlatiladi.
Bozor iqtisodiyotiga xos yana bir qancha jihatlar bor. Ulardan biri – mulkchilik (ishlab chiqarish vositalariga ega bo‘lish). Bozor tizimida ishlab chiqarish vositalari xususiy shaxslarga tegishlidir. Xususiy mulkchilik odamlarni sotilishi va foyda keltirishi mumkin bo‘lgan tovarlar ishlab chiqarishga undaydi.
Foyda ketidan quvish – bozor tizimining ikkinchi jihatidir. Bu narsa ishlab chiqaruvchilarni xaridorgir tovarlar ishlab chiqarishga va ularni bozorga sotib olinishi mumkin bo‘lgan narxda etkazib berishga majbur qiladi. Foydaga undashning aynan shu talabi sotuvchilarni mahsulotni eng kam xarajat bilan ishlab chikarishga majbur qiladi. CHunki eng kam xarajat: 1) foydani, ya’ni sotiladigan narx bilar xarajatlar orasidagi tafovutni oshirish; 2) raqobatchilar bilan kurashda narxni pasaytirish; 3) xar ikkalasiga erishish imkonini beradi.
Bozor iqtisodiyotini narxlar boshqaradi, resurslar esa, talab va taklif qonuniga muvofiq ishlatiladi.
Aralash iktisodiyot Hozirgi kunda sof bozor iqtisodiyoti yo‘q. Bozor iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlarda aksariyat iqtisodiy echimlarni bozor belgilasada, ularda davlatning roli tobora oshmoqda. Bozor kuchlari bilan davlat ishtirokining qo‘shiluvi ko‘pgina demokratik mamlakatlar tizimini “aralash iqtisodiyot” deb atash imkonini beradi (AQSHda davlat mulki 20%, Fransiyada 29- 30%, Angliyada 20% ni tashkil qiladi. Hozirgi kunda Xitoy, MDX mamlakatlarida xususiy mulk asosida bo‘lgan korxonalar vujudga kelganligi sababli, bu tizimlar ham aralash iqtisodiyot jumlasiga kiradilar).
Bozor iqtisodiyoti jamiyatning barcha tomonlarini ta’minlay olmasligi, to‘la xolda o‘z tizimiga kamray ololmasligi tufayli (to‘la tariqqiy etgan bozor iqtisodiyotini olsak xam, bunda eng kamida uch muhim muammo - pul muomalasini, tub ijtimoiiy iste’molni va iqtisodiyotning tashki samaradorlik ta’siri)larini davlat aralashuvisiz eplay olmaydi, bozor tizimi davlat iqtisodiy faoliyati bilan to‘ldirilib borilganda umumiy yuqori natijalarga erishilib, jamiyat talabi to‘laroq qondiriladi.

  1. Iqtisodiy hayot jarayon va xodisalarini shu jumladan, KOOS korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlarini o‘rganish darajasi nuqtai nazaridan, odatga ko‘ra makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot farqlash lozim.

«Makroiqtisodiyot» fani iqtisodni bir butun sifatida qaraydi va umumiy talab va taklifning, milliy daromat va yalpi milliy mahsulotning shakllanish jarayonlarini tadqiq etadi, xukumat byudjet siyosatining iqtisodiy o‘sishiga, inflyasiya va ishsizlik darajasiga ta’sirini taxlil etadi. Boshqacha aytganda, bu fan makroiqtisodiy jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solish muammolarini o‘rganadi va o‘rgatadi.
«Mikroiqtisodiyot» fani sanoat tarmog‘i va korxona, tovar va moliya bozorlari, banklar, turli firmalar, o‘y xo‘jaligi kabi alohida sub’ektlar xolatini tadqiq etadi. U alohida tovarlarning ishlab chiqarish hajmi va ularga qanday baho belgilanishini, soliq va boshqa to‘lovlarning aholi jamg‘armalariga qanday ta’sir etishini o‘rganadi.

  1. Korxona iqtisodiyoti va menejmenti fani “Iqtisodiy nazariya”, “Makro va Mikroiqtisodiyot”, “Korxona iqtisodiyoti”, “Statistika”, “Mehnat iqtisodiyoti”, “Marketinng”, “Moliya – kredit”, “Bug‘galteriya hisobi va audit”, “Menejment”, “KOOS sanoati dasgohlari va jarayonlari” kabi fanlar bilan uzviy bog‘liqdir.


Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling