Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti
Download 1.1 Mb.
|
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti
(%-da)
Jadvallardan ko‘rinib turibdiki, sanoat tarmoq va soxalarda asosiy fondlarning strukturasi har xil. Kimyo sanoatida uzatma mexanizmlar ulushi, oziq-ovqat sanoatida transport vositalari, mashina va dastgohlar ulushi, go‘sht, yog‘-pishloq va sut ishlab chiqarish sanoatida, un-erma va omuxta sanoatida bino va inshoatlarning ulushi yuqori. Asosiy fondlar strukturasini quyidagi tadbirlar yordamida yaxshilash mumkin: dastgoxlarni yangilash va modernizatsiyalashtirish; progressiv dastgoxlar ulushini oshirish, avtomatlashtirilgan liniyalar, raqamli dastgoxlar asosida boshqariladigan uskunalar joriy etish evaziga asosiy fondlar strukturasini takomillashtirish; bino va inshoatlardan unumliroq foydalanish, bo‘sh ishlab chiqarish satxlarda qo‘shimcha dastgoxlar o‘rnatish; kam foydalanadigan yoki ortiqcha jixozlardan voz kechish va x.k. Asosiy fondlarning xisobi va baxolanishi. Sanoatda asosiy fondlar natural va qiymat shaklida xisobga olinadilar. Asosiy fondlar natural shaklda xisboga olish jarayonida mashina va dastgoxlar soni, unumdorligi, quvvati, ishlab chiqarish satxlarning o‘lchami, quvurlar uzunligi va boshqa miqdoriy ko‘rsatkichlar belgilanadi. Bu ma’lumotlardan korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini xisoblashda, ishlab chiqarish dastgoxlarini rejalashda, dastgoxlar unumdorligini oshirish rezervlarini tuzishda foydalaniladi. Aynan shu maqsadlarda dastgoxlarning inventarizatsiya va pasportizatsiyalari o‘tkaziladi. Asosiy fondlarni qiymat shaklida baxolash ularni jamlash imkonini beradi. Bu tur baxolash asosiy fondlarning kengaytirilgan qayta ishlab chiqarishni rejalashda, emirilish darajasini aniqlashda va amortizatsiya ajratmalar xajmini xisoblashda, xususiylashtirish (privatizatsiya) xajmlarni aniqlashda zarur bo‘ladi. Asosiy fondlarni baxolash bir necha turdan iborat: boshlang‘ich; tiklangan; qoldiq qiymatlari bo‘yicha. Korxona kapital mablag‘lari evaziga olingan asosiy ishlab chiqarish fondlarning boshlang‘ich qiymati ularni qurish, barpo etish yoki sotib olish, tashib keltirish va o‘rnatish uchun ketgan xaqiqiy sarflaridan iborat. Aksioner jamiyat ta’mirchilarning ustav kapital ulushidagi sarmoyalari evaziga olingan asosiy fondlar qiymati tomonlar kelishuvi asosida belgilanadi. Boshqa korxonalardan bekaraz olingan, foydalanilgan asosiy fondlar esa qoldiq qiymatlari bo‘yicha xisobga olinadilar. Tiklangan qiymat xozirgi, zamonaviy sharoitda asosiy fondlarni qayta ishlab chiqarish sarf xarajatlarni ifodalaydi. Tiklangan qiymatni belgilash uchun jami mavjud asosiy fondlarni xozirgi zamon narxlar bo‘yicha qayta baxolash zarur, chunki ilmiy-texnika taraqqiyoti ta’sirida xar xil yillarda ishlab chiqarilgan asosiy fondlarning bir xil turlari turlicha baxolanadilar. Asosiy fondlarni qayta baxolash (pereotsenka) oxirgi marotaba 1.01.95 yilda o‘tkazilgan va qayta baxolash indekslar (koeefitsientlar) asosida amalga oshirilgan. Qayta xisoblash indekslar, asosiy fondlar turlari, xamda ularni ishlab chiqarish, qurish yoki sotib olish muddatlariga qarab farq qiladilar. Qoldiq qiymat asosiy fondlarning boshlang‘ich yoki tiklangan qiymati va emirilish qiymatlar farqini aks ettiradi, ya’ni bu qiymat asosiy fondlardan ma’lum davr mobaynida foydalanish natijasida xozirgi muddatda ularda mujasamlangan qiymatni aks ettiradi. Korxona balansida asosiy fondlar boshlang‘ich yoki tiklangan (qayta baxolashdan so‘ng) qiymatlari bo‘yicha xisobga olinadi (balans qiymati). Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling