Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Kamayib borayotgan qoldiq usuli


Download 1.1 Mb.
bet9/83
Sana23.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1047910
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   83
Bog'liq
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti

Kamayib borayotgan qoldiq usuli aktivdan foydalanish muddatida amortizatsiya summasining doimo kamayib borishini ifodalaydi. Ushbu usulda eskirish me’yori asosiy vositalarning qoldiq qiymatiga ko‘paytiriladi. Odatda, bu usulda amortizatsiya me’yori ikki hissa qilib olinadi. 5 yil xizmat etish muddatida me’yor 20% (100 : 5 = 20)ni tashkil etadi. Kamayib borayotgan qoldiq usulida me’yor 40% (20 x 2 = 40)ga barobar olinadi. Ushbu belgilangan 40% li stavka har yilning oxirida asosiy vositalarning qoldiq qiymatiga nisbatan olinadi.
Kamayib borish qoldiq usuli bo‘yicha amortizatsiya quyidagicha hisoblanadi, (so‘mlarda):

Hisoblash sanasi

Yil boshiga balans qiymati

Amortizatsiyani hisoblash

Amortizatsiyaning yillik summasi

Jamlangan amortizatsiya

Yil oxiriga balans qiymati

1-yil oxirida

500 000

500000x40%

200 000

200 000

300 000

2-yil oxirida

300 000

300000x40%

120 000

320 000

180000

3-yil oxirida

180 000

180 000x40%

72000

392 000

108 000

4-yil oxirida

108 000

108 000x40%

43200

435 200

64800

5-yil oxirida

64800


34800

470 000

30000

YUqorida keltirilgan misoldan ko‘rinib turibdiki, birinchi yilda amortizatsiya ajratmalari tugatish qiymati ayirilmagan to‘liq dastlabki qiymat, ya’ni 500000 so‘m asosida aniklandi. Foydalanish muddatining oxirgi yilida amortizatsiyani hisoblash uchun qo‘llanadigan hisob-kitob shakli o‘zgartiriladi, chunki oldindan baholangan va mo‘ljallangan asosiy vositalarni tugatish qiymatini hisobdan chiqarishga olib keladigan miqdorda amortizatsiyani hisoblash mumkin emas. SHuning uchun oxirgi yilda belgilangan sxema bo‘yicha hisoblangan 25920 so‘m (64800 x 40%) o‘rniga amortizatsiya 34800 so‘m qiymatida belgilanadi. Binobarin, oxirgi yilning yakunida asosiy vositalarning qiymati 30000 so‘mga kamaytirilib, ularning tugatish qiy-matiga teng bo‘lib qoladi.
Yillar yig‘indisi usulida (kumulyativ usul) har yilgi amortizatsiya me’yori amortizatsiya muddati yakuniga qadar qolgan amortizatsiyalanayotgan qiymatning bo‘lagi sifatida belgilanadi. Bo‘lak amortizatsiya hisobining tugagunigacha qolgan to‘liq yillar yig‘indisini amortizatsiya muddatini belgilaydigan yillarning tartib soniga bo‘lib aniqlanadi.
5 yil foydalanish muddatiga mo‘ljallangan asosiy vositalar ob’ekti uchun yillik raqamlar yig‘indisi quyidagini tashkil etadi:

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling