Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Download 1.1 Mb.
bet10/83
Sana23.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1047910
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   83
Bog'liq
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti

5 + 4 + 3 + 2 + 1 = 15 yil


Masalan, amortizatsiyalanayotgan qiymat 470000 so‘m (500000 -- 30000) bo‘lgan holda har yilgi amortizatsiya ajratmalarini hisoblash quyidagi jadvalda keltirilgan (so‘mlarda):

Yil

Amortizatsiyani hisoblash

Amortizatsiya ajratmalari qiymati

Yil oxiriga balans qiymati

1-yilga

470000x5/15

156 667

343 333

2-yilga

470000x4/15

125333

218000

3-yilga

470000x3/15

94000

124000

4-yilga

470000x2/15

62666

61 334

5-yilga

470000x1/15

31 334

30000

Jadvallardan ko‘rinib turibdiki, amortizatsiya hisoblashning oxirgi ikkita usulida asosiy vositalardan foydalanish muddatining boshida hisoblangan amortizatsiya ajratmalari ob’ekt xizmat muddatining oxirida xisoblangan amortizatsiya qiymagidan ortiq bo‘ladi. Ushbu usullar ishlab chiqarishga taalluqli asosiy vositalarni hisoblash uchun qo‘llaniladi, chunki mazkur vositalardan foydalanishning birinchi yillarida samaraliroq foydalaniladi va ta’mirlashga xarajatlar unchalik ko‘p bo‘lmaydi. Keyingi yillarda amortizatsiya xarajatlari kamayadi, ta’mirlash xarajatlari esa odatda oshib boradi.
Har xil turdagi asosiy vositalarda amortizatsiya hisoblashning turli usullaridan foydalanish mumkin.
Amortizatsiya hisoblashning tanlangan usuli korxonaning hisob siyosati bilan belgilanishi, bir hisobot davridan ikkinchi hisobot davrigacha izchil qo‘llanishi lozim va yil davomida uning o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Agar korxona to‘g‘ri chiziqli usuldan tashqari amortizatsiya hisoblashning boshqa usullarini qo‘llasa, hisoblangan amortizatsiya summasini O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga binoan tasdiqlangan me’yorlarga muvofiq yozila-digan summa bilan taqqoslash zarur. Haqiqatda hisoblab yozilgan amortizatsiya summasi me’yorlar bo‘yicha hisoblanishi kerak bo‘lgan amortizatsiya summasidan oshib ketganda farqni xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga doir 1 -ilovaga ko‘ra foyda solig‘i bo‘yicha soliq solish bazasiga kiritish zarur.
Jismoniy emirilish asosiy fondlar xizmat davrlariga binoan quyidagi formula
asosida xisoblanadi:
Е ж = ТТ хн *100%
bu erda:
Tx – xaqiy xizmat davri; Tnnormativ xizmat davri.
Pul ifodada emirilish darajasi quyidagicha aniqlanadi:
Афе *100%
Еж =
Афб
bu erda:
Afe – asosiy fondlarning emirilish qiymati;
Afb – asosiy fondlarning boshlang‘ich qiymati.
Asosiy fondlar jismoniy (moddiy) emirilishdan tashqari yana ma’naviy emirilishiga ham uchraydilar. Ma’naviy emirilish dastgoh va apparatlarning tabiiy xususiyatlariga ta’sir etmaydi. Ma’naviy eskirish, asosan, texnik taraqqiyot tufayli mehnat sarfini kamaytiruvchi, yangi, unumliroq, sermahsul, avzalroq mehnat vositalarni yaratilishi natijasida yoki asosiy fondlar son jixatdan ko‘payib ketishi tufayli ularning qiymati arzonlashishi orqali hosil bo‘ladi yoki vujudga keladi.
Demak, asosiy fondlarning ayrim elementlari jismoniy va ma’naviy emirilish natijasida ishlab chiqarish doirasidan chiqariladilar.
Ma’naviy eskirgan asosiy fondlar vaqtida o‘zgartirilmasa, bozor raqobati sharoitida o‘ta yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan xol – qimmatroq va sifati pastroq maxsulot ishlab chiqarilishiga olib keladi.
Amortizatsiya normasining hisobi quyidagicha:

Н а = ТАиф*б А Лфб *100%
bu erda:
Afb – asosiy fondlarning boshlang‘ich qiymati, so‘m;
L – asosiy fondlarning likvid qiymati, so‘m;
Ti – asosiy fondlarning xizmat davri (normativ amartizatsion davr) yil.
Amortizatsiya normasi asosiy fondlar ishlab chiqargan mahsulotga xar yili o‘z balans qiymatlaridan qancha miqdorini o‘tkazishini belgilab beradi.
Amortizatsiya ajratmalar jamini – A (so‘m) amortizatsiya normalar va asosiy fondlarning o‘rtacha-yillik qiymatlari asosida xisoblash mumkin:

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling