Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti
Asosiy fondlardan foydalanish ko‘rsatkichlari
Download 1.1 Mb.
|
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti
- Bu sahifa navigatsiya:
- K sm =(1*20+2*24+3*36)/80=2,2 teng
- K int =400/500=0,8
- F s =M y /Af ur.y. so‘m/so‘m
Asosiy fondlardan foydalanish ko‘rsatkichlari
Bozor munosabatlariga o‘tish va intensiv taraqqiyot yo‘liga o‘tish davrida asosiy fondlardang unumli, yaxshiroq foydalanish katta ahamiyatga ega. Buning natijasida mahsulot hajmi oshadi, mahsulot tannarxi kamayib, korxona jamg‘armalari ko‘payadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlardan foydalanish darajasini tavsifi bo‘yicha 3 guruh ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi: a) Dastgohlardan foydalanish darajasi ularning ekstensiv va intensiv nagruzkalariga bog‘liq hamda dastgohning vaqt va quvvat bo‘yicha foydalanish ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi; dastgohlar parkidan foydalanish koeffitsienti Kp (bor apparatlardan qanchasi ishlatilishini aqs ettiradi); dastgohlardan ekstensiv nagruzka darajasi ularning yil mobaynida ishlagan soati bilan belgilanadi. Dastgohning ekstensiv foydalanish koefitsienti Keks uni xaqiqy ishlagan soatining reja bo‘yicha umumiy ishlashi zarur bo‘lgan soatlar soni nisbatiga teng: eks=td.x./td.r. Bu erda: d.x. – dastgohning xaqiqiy ishlagan vakti (soat), td.r. – dastgoxning norma bo‘yicha ishlaydigan vaqti (soat). Misol: 5-ta sentrifuga birinchi kvartal mobaynida uzluksiz ishlagan kalendar vaqti. 24*5*90-10800 soatga teng, xaqiqiy ishlagan ish vaqti fondi esa 8500 soat. U xolda sentrifugalarning Keks=8500/10800=0,787 ga teng, ya’ni ularning kalendar ish vaqti fondidan 78,7% darajada foydalanilgan. Dastgohdan ekstensiv foydalanish yana uni ishining smenalik koeffitsienti bilan xam izohlanadi. Bu koeffitsient xar bir dastgoh har kuni o‘rtacha qancha smena ishlashini ko‘rsatadi. Misol: ishlab chiqarish birlashmada 80 pech ishlaydi, jumladan bir smenada 20, ikki smenada 24, uch smenada 36 pech. Pechlar ishining smenalik koeffitsienti: Ksm=(1*20+2*24+3*36)/80=2,2 tengDastgoxdan quvvati bo‘yicha foydalanish yoki intensiv nagruzka koeffitsienti Kint vaqt birligida dastgox quvvati bo‘yicha qanday ishlatilganishi bildiradi va asosiy texnologik dastgoxning xaqiqiy quvvatini uni normativ quvvatiga bo‘lgan nisbati bilan aniqlanadi, ya’ni Kint=Mx/Mn Bu erda: Mx – dastgoxning vaqt birligida ishlab chiqargan xaqiqiy mahsulot hajmi (unumdorligi); Mn – vaqt birligida dastgohning normativ unumdorligi (texpasport ma’lumotiga asosan). Misol: stanokning sutkalik unumdorligi (pasport bo‘yicha), ya’ni ishlab chiqargan mahsuloti 500 o‘lcham, xaqiqiy unumdorligi esa 400 o‘lcham mahsulotni tashkil qilgan, unda: Kint=400/500=0,8Bu dastgox quvvat (unumdorlig)i bo‘yicha faqat 80% da ishlatiladi. Dastgoxdan foydalanishning integral koeffitsienti ekstensiv va intensiv koeffitsientlar ko‘paytmasiga teng bo‘lib, uni vaqt va quvvati (unumdorligi) bo‘yicha ekspluatatsiyasini kompleks ravishda izoxlaydi: Kintegr=Keks*Kint b) Ishlab chiqarish satxlardan foydalanish tavsiflarini aniqlashda bir kvadrat (1m2) ishlab chiqarish satxidan olinadigan maxsulot miqdori hisoblanadi. Ma’lum ishlab chiqarish jarayonlarida sexdagi dastgoxlar ham gorizontal, ham vertikal xolatda joylashtirilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich satxdan tashkari, yana binolarning hajmiga ham bog‘liq bo‘ladi, (masalan plastmassa, rezina ishlab chiqarishda). Bu gurux ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiradi: dastgoxlar o‘rnatilgan ishlab chiqarish satxidan foydalanish koeffitsienti – dastgoxlar o‘rnatilgan satxning umumiy ishlab chiqarish satxiga bo‘lgan nisbati bilan belgilanadi; ishlab chiqarish satxidan umumlashgan foydalanish koeffitsienti yoki 1 m2 ishlab chiqarish satxidan olinadigan mahsulot hajmi. Bu ko‘rsatkich natural yoki qiymat ifodadagi mahsulot hajmining ishlab chiqarish satxiga bo‘lgan nisbati orqali xisoblanadi. v) Asosiy ishlab chiqarish fondlardan foydalanish ko‘rsatkichlari quyidagilardir: 1. Fond samaradorligi (qaytimi) – 1 so‘mlik asosiy fondlarga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarilgan mahsulot xajmi bilan belgilanadi va keltirilgan tenglama bo‘yicha xisoblanadi: Fs=My/Afur.y. so‘m/so‘mBu erda: My – tovar yoki sotilgan mahsulot hajmi, so‘m; Afur.y – asosiy ishlab chiqarish fondlarning o‘rtacha-yillik qiymati, so‘m. Fond samaradorligini oshirish xar bir sanoat korxonaning muhim vazifalaridan biri bo‘lib, quyidagi omillar asosida amalga oshiriladi: ishlab chiqarish fondlarni texnik jixatdan takomillash (yangi texnika asosida rekonstruksiyalash, ilg‘or, progressiv texnologiyalardan foydalanish, dastgoxlarni modernizatsiyalash va h.k.). ishlab chiqarish satxlar va texnikani optimal yuqlash (zagruzka qilish). Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling