Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Aylanma mablag‘laning xosil bo‘lish manbaalari


Download 1.1 Mb.
bet15/83
Sana23.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1047910
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   83
Bog'liq
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti

Aylanma mablag‘laning xosil bo‘lish manbaalari
xosil bo‘lish manbaalari bo‘yicha aylanma mablag‘lar, shaxsiy va zayom
aylanma mablag‘larga bo‘linadilar.
SHaxsiy aylanma mablag‘lar – bu xususiy resurslar xisobidan tashkil topgan va korxona xisobida doimiy bo‘lgan mablag‘dir (masalan, foyda va boshqa).
Unga tenglashtirilgan mablag‘lar – korxona xodimlariga to‘lash lozim bo‘lgan ish xaklar va ijtimoiy sug‘urta ajratmalarning karzlari, moddiy resurslar bilan ta’minlovchilar uchun mo‘ljallangan to‘lovlar va boshqa.
Zayom mablag‘lar – banklar kreditlari, kreditorlik karzlar (tijorat krediti) va boshqa turli maxsus fondlar mablag‘lari. Kredit – ma’lum davrga ma’lum maqsadlar uchun mo‘ljallangan mablag‘lar, uning uchun korxona belgilangan miqdorda %-da xak to‘laydi.
Korxonada tashkil topgan maxsus fondlar mablag‘laridan sarflaguncha qadar korxona oboritida foydalanish mumkin va ular ichki moliya resurs manbaa xisoblanadilar.
Korxonaning samarali ish faoliyati - bu minimal xarajatlar asosida maksimal natijalarga erishish. Sarflar minimizatsiyasi esa – bu avvalo aylanma mablag‘larning xosil bo‘lish manbaalari va strukturasini optimizatsiyasi demakdir, ya’ni shaxsiy va kredit resursdarning oqilona muofiqligi.

Aylanma mablag‘larning aylanishi


Aylanma mablag‘lar doimo xolatini o‘zgartirib turadilar. Bir ishlab chiqarish sikli davomida ular 3 bosqichdan o‘tadilar.

  1. bosqichda korxoan pul mablag‘larini mexnat buyumlari (aylanma fondlarga), ish xakiga sarflaydi. Bu bosqichda aylanma mablag‘lar pul formasidan tovar ko‘rinishiga, pul mablag‘lari esa muomala doirasidan ishlab chiasiga o‘tadi.

  2. bosqichda sotib olingan aylanma (oborot) fondlar bevosita ishlab chiqarish jarayoniga o‘tib, avval ishlab chiqarish zaxiralari va yarim fabrikat aylanadilar; ishlab chiayoni tugallangandan so‘ng esa tayyor maxsulotga aylanib tovar formasiga o‘tadilar.

  3. bosqichda tayyor maxsulot sotiladi, natijada aylanma fondlar ishlab chiasidan muomala doirasiga o‘tib, qayta pul formasini qabul qiladilar. Bu mablag‘lar qaytadan yangi mexnat buyumlar xarid qilishga sarflanib, yangilanish doira boshlanadi, ya’ni: (P-T-F-T-P-F-T-P)

yoki P -I/CH –T-P1
P 1 P dan (foyda evaziga)
Bu erda:
P va P1- pul mablaglari
I/CH zax.- i/ch zaxiralari
I/CH – tugallanmagan ishlab chikarish yoki chala maxsulot. T- tayyor maxsulot.
Ammo bu aylanma mablag‘lar ketma-ket bir bosqichdan boshqasiga o‘tadi degan ma’noni bildirmaydi. Ular bir vaqtni o‘zida doiraviy aylanishning 3 bosqichida bo‘ladilar. xar bir daqiqada nimadir sotib olinadi, ishlab chiqariladi, sotiladi va yana xarid qilinadi. Ana xuddi shu esa uzluksiz ishlab chiqarish va beto‘xtov maxsulot sotilishini ta’minlaydi.
Aylanma mablag‘larning to‘la doiraviy aylanish vaqti, ya’ni ishlab chiqarish davri va muomala davridan o‘tishlari, aylanma mablag‘larning aylanish davri deb ataladi. Bu ko‘rsatkich tarmoq yoki korxonalarda aylanma mablag‘larning o‘rtacha xarakat tezligini ifodalaydi, lekin u aniq maxsulot turining xaqiqiy ishlab chiqarish va sotish davriga to‘g‘ri kelmaydi. Aylanma bo‘lgan vaqti maxsulotning iste’mol va texnologik xossalariga, uni ishlab chiqarish va sotish xususiyatlarga xos sezonlik xususiyatlar aylanma mablag‘larni 1 bosqichda ancha ushlanib qolishiga sabab bo‘ladi.
Vino, pivo, konyak ishlab chiqarish tarmoqlarida esa ishlab chiqarish siklining uzoq davom etishi va tugallanmagan ishlab chikarish xajmiga nisbatan katta xajmi aylanma mablag‘larni 2 bosqichda (ishlab chiqarish bosqichi) ancha vaqt qolishini talab qiladi.
Sabzavot-meva tarmog‘ida esa tayyor maxsulotni sotilishining aylanma mablag‘larni 3 bosqich (tovar bosqich) ga ko‘proq jalb etilishiga olib keladi.
Kimyo sanoatida esa ishlab chiqarish siklining qisqaligi tugallanmagan ishlab chiqarish ulushining kamayishini ta’minlaydi. Asosiy kimyo soxalarida eng yuqori ulush – bu tayyor maxsulot. SHina ishlab chiqarish tarmog‘ida ishlab chiqarish zaxiralar ulushi eng katta va x.k.
SHunday qilib, aylanma mablag‘lar aylanma doirasining umumiy, bu ushbu mablag‘larni aylanish bosqichlarida turgan vaqtining funksiyasi.
Amalda, aylnma mablag‘lar aylanish doirasini utish vaqtining uzayishi xususiy aylanma mablag‘larni bog‘lab ko‘yishdan tashkari, yana qo‘shimcha mablag‘ni jalb etishga olib keladi, aqs xolda ishlab chiayonining uzluksizligini ta’minlab bo‘lmaydi. Bozor munosabatlari sharoitida bunday vaziyat korxona raqobatbardoshligini susaytirib, uni iqtisodiy axvolini og‘irlashtiradi. SHuning uchun bozor sharoitida korxonani aylanma mablag‘lar bilan ratsional ta’minlash juda katta axamiyatga ega.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling