Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Download 1.1 Mb.
bet11/83
Sana23.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1047910
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   83
Bog'liq
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti

A=Na*Afo‘.y. so‘m


Asosiy fondlarning o‘rtacha-yillik qiymatlari boshlang‘ich, qayta baholashdan so‘ng, tiklangan qiymatlari bo‘yicha va yil mobaynida asosiy fondlar ishlangan vaqtini inobatga olgan xolda hisoblanadi.
А = А Афк * п Афд (12 − п)
ф у.й. ф у.б . + 12 12
bu erda:
Afy.b. – asosiy fondlarning yil boshidagi qiymati, so‘m;
Afk – kiritilgan asosiy fondlar, so‘m;
Afd – demontaj qilingan (chiqarilgan) asosiy fondlar, so‘m.
Korxonalar tasdiqlangan amortizatsiya normalarga nisbatan pasaytirilgan yoki tezlashtirilgan amortizatsiya normalarni qo‘llashga xaqli, ammo tezlashtirilgan amortizatsiya normasining koeffitsienti 2-dan oshmasligi kerak.
Amortizatsiya ajratmalarining xisobi kuyidagicha:
A=Af/Tn
A= (Af-L)/Tn
A=(Af+Rm-L)/Tn
Bu erda Rm – modernizatsiya eki rekonstruksiya buyicha sarflar, sum.
Amortizatsiya ajratmalar umumiy summasi ishlab chiqarish xarajatlar tizimiga kiritiladi. Mahsulot sotilgandan so‘ng korxona amortizatsiya ajratmalaridan mustaqil ravishda o‘zi foydalanadi (korxonani kengaytiri, asosiy fondlarni qayta tiklash va modernizatsiyalashtirishga ishlatadi).
Bozor munosabatlari sharoitda amortizatsiya ajratmalar miqdori korxona iqtisodiyotiga katta ta’sir etadi. Ajratmalarning balandligi ishlab chiqarish sarflarini o‘sishiga olib keladi, natijada mahsulot raqobatbardoshligi va foyda hajmini pasayib ketishiga olib keladi.
Asosiy fondlarning kayta tiklash va takomillashtirish.
Ishlab chiqarishning jadallashtirilgan taraqqiyoti tufayli asosiy fondlarni yangilash va jamg‘arish ularni qayta ishlab chiqarish (tiklash) deb ataladi.
Qayta tiklash oddiy va kengaytirilgan shaklida bo‘ladi.
Asosiy fondlarning oddiy tiklash eskirgan mehnat vositalarni yangilari bilan almashtirish (texnik xarakteristikalari o‘zgarmagan xolda) va kapital ta’mirdan iborat.
Asosiy fondlarning kengaytirilgan tiklashi – bu yangi qurilish, korxonalarni kengaytirish, ularning rekonstruksiya va texnik jixatdan qayta jixozlash,
modernizatsiyalashtirish demakdir.
Bu ikkala tur tiklash ma’lum vazifalarni bajaradi, lekin bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida birinchi o‘rinda korxonalarni texnik jixatdan qayta jixozlash va rekonstruksiya turadi.
Bu tur tiklashda kapital mablag‘larning asosiy qismi asosiy fondlarni aktiv qismini takomillashtirish va yangilashga sarflanadi.
Dastgohlarga sarf xarakatlarni o‘sishi ishlab chiqarish o‘sishiga olib keladi, mehnat unumdorligini, fond samarasini o‘sishini, mahsulot tannarxini kamayishiga imkon beradi.
Korxonalarni qayta jixozlash – bu alohida ishlab chiqarish, sex, uchastkalarni ilg‘or texnika, texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatizatsiyalashtirish, modernizatsiyalashtirish hamda eskirgan va emirilgan dastgohlarni yangi, unumliroq turlari bilan almashtirish, yordamchi o‘jaliklarni takomillashtirish asosida texnik-iqtisodiyot darajasini o‘stirishga qaratilgan chora- tadbirlar kompleksi tushuniladi.
Korxonalarni rekonstruksiya va texnik qayta jixozlash asosiy fondlarni qayta tiklashining eng samarali yo‘nalishi hisoblanadi, chunki yangi qurilishga nisbatan yangi quvvatlarni joriy etish, ularni o‘zlashtirish, ishlab chiqarishni zamonaviy darajada yangilash qisqarok muddatda va kamroq kapital mablag‘lar evaziga amalga oshiriladi.
Asosiy fondlarning kengaytirilgan qayta tiklash shakliga yana modernizatsiya ham kiradi, ya’ni ularni ma’naviy emirilishini (to‘liq yoki qisman) bartaraf etish maqsadida yangilash va shu bilan barcha texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini zamonaviy konstruksiyalar darajasiga ko‘tarish.
Dastgohlar modernizatsiyasi natijasida mahsulot hajmi va mehnat unumdorligi oshganda mahsulot tannarxi kamaysa, u iqtisodiy samara beradi va ishlab chiqarish rentabelligi oshadi.
Asosiy fondlar ta’miri va uni moliyaviy ta’minlash manbaalari
Asosiy fondlarning alohida ob’ektlari va ularning tarkibiy qismlari jismonan turlicha emiriladir.
Aktiv qismi – mashina va dastgohlar sust qismiga nisbatan intensiv jismoniy emiriladi.
Mehnat vositalarning ekspluatatsion foydalanish xususiyatlari, xossalarini tiklash hamda ekspluatatsiya muddati tugaguncha qadar ishchi xolatini ta’minlash ta’mir ishlari asosida amalga oshirladi.
Ta’mir ishlari joriy (tekuщiy) va kapital ishlarga bo‘linadilar.
Joriy ta’mir mobaynida murrakab bo‘lmagan detal, uzellarni almashtiriladi.
Kapital ta’mir asosiy fondlarning konstruktiv elementlari, uzellarni yangilash va tiklashdan iboart kapital ta’mir o‘tkazish vaqtida dastgohlarning ma’naviy emirilishini bartaraf etish maqsadida bir yo‘la ularning modernizatsiyasi ham amalga oshiriladi.
Kimyo korxonalarida texnologik jarayonlar agressiv muhit, yuqori xarorat va bosim, sutka bo‘yi, dam olish va bayram kunlari uzluksiz sharoitda o‘tishi bois ta’mirlarni rejali ravishda va sifatli amalga oshirish katta ahamiyatga ega.
xozirgi sharoitda korxona mexnat vositalarning ta’mirlari ishlab chiqarib sarflar evaziga o‘tkaziladi (normativlar asosida maxsulot tannarxi hisobiga ta’mirlash fondi tashkil etiladi).

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling