Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti
Download 1.1 Mb.
|
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti
Nazorat savollari:
1.Meo‘nat unumdorligining mohiyati va axamiyati. 2.Mexnat unumdorligining ta’sir etuvchi omillar. Mexnat unumdorligining ko‘rsatkichlari. Tayanch so‘zlar: Mexnat unumdorligi-ishlab chiqaruvchi vaqt birligida (soat,kun,yil)yaratgan mahsulot miqdori (natural yoki pul shaklida)yoki mahsulot birligi(m,d) ishlab chiqarish uchun qancha vaqt sarflanganini ko‘rsatadi. Individual mexnat unumdorligi-alohida bir ishlab chiqaruvchining mexnat unumdorligi. Ijtimoiy mexnat unumdorligi-jamiyatdagi barcha kishilarning yaratgan yalpi milliy mahsulotning axoli jon boshiga to‘g‘ri keladigan miqdori. 7-ma’ruza Mehnat xaqining prinsipial asoslariReja: Mehnat xaqining mohiyati; Ish xaqini tashkil qilishning asosiy tamoyillari; Hodimlar mehnat xakini to‘lash tizimi; 4. Hodimlar mehnat xaqlarining turlari; 5. Ish xaki fondining hisob usullari. Mehnat xaqining mohiyati. Hodimlarning mehnat xaqi – bu ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etgan resurslar narxi. Asosan mehnat xaqi sarf etilgan mehnatning miqdori va sifati bilan belgilanadi, ammo uncha bozor omillari (mehnat talabi va taklifi, konkret bozor konyukturasi), xududiy aspekt, xuquqiy normalar ta’sir qiladi. Bozor iqtisodiyoti ishchi kuchi bozorini mehnat resurslarining hududiy siljishi bilan taklif etadi – talab bor joyda mehnatni ko‘payishii, taklif ortig‘i bilan bor joyda esa kamayishi bilan ifodalanadi. Ana shu omillar komleksi konkret mehnat xaqini shakllantiradi. xodimning o‘zi ham, jamoa ham shaxsiy iste’mol uchun o‘zlari yaratgan va bozorda sotilgan jamiyat mahsulotining bir qismiga ega bo‘lish imkoniyatiga loyiq( maxsulot jamiyat uchun zarur va uncha xaridor topilgan). Demak, ikki omil – bozor konyukturasining xolati va iste’molchi tomonidan tan olinganligi jamoa va alohida xodim daromadining darajasini belgilaydi. Bunday vaziyat ishlab chiqaruvchilarni aholining qatlamlariga qarashligini kuchaytiradi, shu bilan birga yaratilgan maxsulot natijalari uchun, sifat darajasi va narxiga bo‘lgan iqtisodiy ma’suliyatini oshiradi. Mehnat taqsimoti ham o‘zgarib barmoqda. Teng bajarilgan ish uchun teng, bir xil xak to‘lashda ish vaqtining sarflangan soat soni va malaka darajasi emas, maxsulotni tovar sifatida bozorda tan olinganligi, mexnatining natijalari asos bo‘la oladi. Ish xaqini tashkil qilishning asosiy tamoyillari. Ish xaqini tashkil qilish – bu xodimlar sarf qilgan mehnatining soni va sifatiga qarab xak to‘lashni ta’minlab beruvchi chora-tadbirlar majmuasi, hamda shu asosda ularda mehnatlarining pirovard natijaga erishishi uchun moddiy qiziqish o‘yg‘otishdir. Ish xaqi ishlab chiqarish va undash, rag‘batlantiruvchi funksiyalarni bajarar ekan, u korxona xodimlarining mehnatini taqdirlashda muhim vositadir. Taqdirlashga pensiyalar (nafaqa), kasallik varaqalar – mehnatga layoqatsizliklar bo‘yicha nafaqalar (posobiya), to‘lovli otpuskalar, korxona transportidan foydalanish xuquqi va shunga o‘xshash imtiyozlar, hamda komission haqlar, korxona yoki firmaning foydasidagi ulushlar kiradi. Ish xakining umumiy darajasi quyidagi omillar: korxona xo‘jalik faoliyatining natijalari, uning foyda olish darajasi; korxonaning kadrlar siyosati; ixtisoslar bo‘yicha xodimlar orasidagi xududdagi ishsizlik darajasi; kasaba uyushmalar, raqobatchilar va davlat ta’sirlariga bog‘liq. Mehnat haqini ratsional tashkil qilishdan maqsad – haq miqdori va korxonaning xo‘jalik faoliyatiga qo‘shilgan ulush o‘rtasida muofiqlikni ta’minlash, ya’ni mehnat va iste’mol me’erlarini bir-biriga muvofiqlashtirishdir. xodimlar daromadlari faqatgina ish xaki bilan cheqlanmay, balki ijtimoiy iste’mol fondlar to‘lovlaridan ham iborat. Bularga davlatning ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha sarflar, nafaqalar, ta’lim, bepul tibbiy xizmat, ko‘p bolalik va yakka xolda yashovchi onalarga beriladigan moddiy yordam pullari, bolalar bog‘chalari va yaslilar qaramog‘i, sanatoriy va dam olish uylariga bepul va imtiyozli yo‘llanmalar va shunga o‘xshash boshqa to‘lov va imtiyozli to‘lovlar kiradi. Bozor munosabatlariga o‘tish mehnat haqini yangicha tashkil qilishni talab qiladi. Bu real zaruriyatdir va O‘R-si qonunlarida ham qayd etilagan. xar bir xodimning mehnat daromadlari korxona turidan kat’iy nazar, korxona faoliyatining pirovard natijalarini inobatga olgan xolda, uning shaxsiy mehnat ulushi bilan belgilanadi, soliqlar asosida rostlanadi va maksimal miqdori tiklanmaydi. O‘R-si Prezidenti Farmoyishi asosida belgilangan ish xaki minimal- kafolatlangan miqdorda ko‘rinishi lozim, ya’ni korxona, muassasalar shtat jadvalini tasdiqlashda xodimga ushbu minimal-kafolatli ish xakidan kam belgilashi mumkin emas. xodimlarning tarif stavka va oylik okladlari mehnat darajasi bilan bog‘liq bo‘lib, ular ob’ektiv iqtisodiy mehnat bo‘yicha taqsimot qonuniga va ijtimoiy tamoyilga muvofiq kelishlari lozim, teng bo‘lmagan mehnatga bir xil, teng xak to‘lanishi lozim emas. Ish xakini tashkil qilish tizimi quyidagi tamoyillarga asoslanadi: xak to‘lash mehnat miqdori va sifatiga qarab amalga oshiriladi; ish haqi xodimning malakasi, mehnat sharoiti, korxonani tarmoq va regionalga tegishligiga nibatan differensiyalangan bo‘lishi lozim; real ish haqining sistematik o‘sishi, ya’ni minimal ish haqining o‘sishi inflyasiyadan ustun kelishi kerak; mehnat unumdorligini o‘sishi ish haqi o‘sishidan yuqori bo‘lmog‘i lozim. Bevosita korxonalarda mexnat haqini to‘lash tizimi quyidagi elementlardan iborat: mexnat xaki fondini shakllantirish, tuzish; mehnatni normalash; tarif tizimini belgilash; ish xaki tizim va turlarini aniqlash. Hodimlar mexnat xakini to‘lash tizimi. Sanoatda ishchilar ish haqini aniqlashda, hamda og‘ir va engil malakali va malakasiz mexnat uchun haqlar o‘rtasida to‘g‘ri nisbatlarni belgilashda tarif tizimi qo‘llaniladi. Tarif tizimi – mexnat muraqqabligi va sharoitlarga qarab haq to‘lash darajasini aniqlash uchun qo‘llaniladigan normativlar to‘plamidir. Tarif tizimi 3 elementdan iborat: tarif-malaka ma’lumotnomasi, TMM (tarifno-kvalifikatsionnыy spravochnik); tarif setkasi; - tarif stavkasi. Tarif-malaka ma’lumotnomasi ma’lum sanoat tarmog‘ida bajariladigan ishlar tavsifi (xarakteristikalari) va shu ishni bajarish uchun ishchilarga qo‘yilgan talablar ruyxati (perechen) dan iborat. Bu xujjat asosida ishchilar malakasi (razryad) aniqlanadi. TMM 2 xil bo‘ladi: tarmoqning asosiy ishlab chiqarishdagi kasblar uchun; yordamchi ishlab chiqarish uchun ishlar va kasblarning yagona tarifmalaka ma’lumotnomasi, YATMM (hamma tarmoqlarda qo‘llaniladi). Tarif setka – qo‘llaniladigan razryadlarga mos, to‘g‘ri keladigan xak to‘lash darajasini aniqlash shkalasi. Tarif setkada ma’lum tarmoqda qo‘llaniladigan tarif razryadlar va xar bir razryad uchun belgilangan tarif koeffitsientlar ruyxati qayd etilgan. Iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirish sharoitida ish haqini rag‘batlantiruvchi ahamiyatini ko‘tarish maqsadida O‘R-si Vazirlar Maxkamasi tomonidan 1996 yil 18.03-da qabul qilingan qaroriga binoan x/x-ning hamma tarmoqlarida qo‘llaniladigan yangi YAgona tarif setka (YATS) tasdiqlangan. Bu YATS 22 razryaddan iborat bo‘lib, uning asosini O-razryadning tarif koeffitsienti 1-ga teng bo‘lgan tarif stavkasi tashkil qiladi. Tarif setka malaka va ma’lumot talab qilmagan ish uchun belgilangan xak (O-razryad) dan boshlanib, eng yuqori davlat boshqaruv organlari xodimlari uchun (22 razryad) belgilangan ish haqi bilan tugallanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 2 apreldagi «Ish xaqi, pensiyalar va stipendiyalarning miqdorlarini oshirish tug‘risida»gi Farmoniga muvofiq minimal ish xaqining miqdori 5440 sum, 2004 yil-9420 so‘m, 2005yil- 10800 so‘m, 2006 yil-12420 so‘m va 1.08.2007 yildan e’tiboran-15525 so‘m etib tayinlandi. Xozirgi paytda iqtisodiyot soxasida qo‘llanilayotgan tarif setkasi 1-jadvalda keltirilgan. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling