tezlashtirish, alohida uchastkalar quvvatlarini muvofiqlashtirish, ishlab chiqarish satxlardan ratsional foydalanish, ishda tezkor usullarni va mehnatni ilmiy asosida tashkil qilish zarur;
- dastgoxlar, uskuna va mashinalar ish vaqtini ko‘paytirish (o‘rnatilmagan dastgoxlarni jorish qilish, smenalik koeffitsienti ko‘tarish, ta’mir vaqtlarni qisqartirish va x.k.).
2. Fond sig‘imi - Fsg‘, fond samaradorligiga teskari ko‘rsatkich bo‘lib, 1 so‘m mahsulotga to‘g‘ri keladigan fondalr qiymatini ko‘rsatadi va asosiy ishlab chiqarish fondalr o‘rtacha-yillik qiymatini yillik maulot xajmiga bo‘lgan nisbati asosida hisoblanadi, ya’ni:
Fsg = Afur.y./Mi so‘m/so‘m
3. Fond ta’mini darajasi – asosiy fondlar qiymatining sanoat ishlab chiqarish xodimlar soniga bo‘lgan nisbatidir:
Ft = Afur.y./Np so‘m/kishi
1. Ishlab chiqarish (asosiy va aylanma) fondlardan unumli foydalanish ko‘rsatkichlardan yana biri -–umumiy rentabillik ko‘rsatkichdir (Ru) va u balans foydaning (Fb) ishlab chiqarish fondlar (asosiy fondlarning o‘rtacha-yillik qiymati Afur.y. hamda normalashgan aylanma mablag‘lar Om qiymati) nisbatiga teng,
ya’ni:
Ru=Fb/(Afur.y.+Oi.m.)*100%
Asosiy fondlar tarkibi va strukturasini izoxlovchi ko‘rsatkichlar quyidagilardir:
fondlarni yangilash koeffitsienti:
Kya=Afj(k)/Afy.o.
Bu erda:
Afj(k) – ma’lum davr mobaynida joriy qilingan, kiritilgan asosiy fondlar qiymati;
Afy.o. – shu davr oxirida asosiy qiymati.
asosiy fondlarni chiqish koeffitsienti:
Kchiq=Afchiq/Afbosh
Bu erda:
Afchiq – ma’lum davr mobaynida chiqarilgan asosiy fondlar qiymati; Afbosh – shu davr boshidagi asosiy fondlar qiymati.
V) asosiy fondlarning o‘sish koeffitsienti:
Ko‘=(Afj(k)-Afchiq)/Afbosh
Asosiy fondlar samaradorligini o‘stirish ularni yuqlash darajasi (ayniqsa aktiv qismi) ni oshirish, fondlarni yangilash, ilg‘or, progressiv dastgox, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash va malakali xodimlar mexnatidan foydalanish kabi chora- tadbirlar asosida oshirilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |