Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti
Download 1.1 Mb.
|
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxonaning asosiy kapitali (asosiy fondlari)
- Korxonaning asosiy kapitali (asosiy fondlar)ining moxiyati va tarkibi
Nazorat uchun savollar:
1. Korxona eki firma deginda nima tushuniladi? 2.”YUridik shaxs”va “jismoniy shaxs “ iboralari nimani bildiradi? 3.Hususiy korxona qfirma) kanday mablaglar hisobiga tashkil kilinadi ? 4. Aksionerlik jamiyatining kanday turlari mavjud? 5.Aksiya va dividend nima? Korxona va firma turlari kanday? Kichik korxonalarning hususiyatlari nimalardan iborat? 8.Kushma korxonalar kanday tuziladi? 3-ma’ruza Korxonaning asosiy kapitali (asosiy fondlari)Reja: Asosiy kapitalning moxiyati va tarkibi; Asosiy fondlarning isobi va baxolanishi; Asosiy fondlarning emirilishi va amortizatsiyasi; Asosiy fondlarning qayta ishlab chiqarish va takomillashtirish; Asosiy fondlardan foydalanish ko‘rsatkichlari. Korxonaning asosiy kapitali (asosiy fondlar)ining moxiyati va tarkibiAsosiy kapital – bu uzoq davr mobaynida xizmat ko‘rsatuvchi moddiy boylik sifatida asosiy fondlarning qimmati bo‘yicha baxolashdir. Ishlab chiqarish jarayonida korxona xodimlari mexnat qurollari yordamida mexnat buyumlardan turli xil maxsulotlar yaratadilar. Mexnat qurollari (mashina, apparat, bino, dastgoxlar, transport vositalari), mexnat buyumlari bilan birgalikda (xom ashyo, material, yoqilg‘i, quvvatlar) ishlab chiqarish vositalarini tashkil qiladilar. Ularning qiymat formasida ko‘rinishi esa korxonalarning ishlab chiqarish fondlari deb ataladi. Ishlab chiqarish jarayonida ishtiroq xarakteriga binoan, xamda tayyor mahsulotga o‘z qiymatlarini o‘tkazish usuli va qayta ishlab chiqarish turlariga qarab ishlab chiqarish fondlari asosiy va aylanma (oborot) fondlarga bo‘ladilar. Asosiy ishlab chiqarish fondlar ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt mobaynida ishtiroq etib, o‘z natural xolati (shakli)ni o‘zgartirmaydilar, qiymatlarini esa asta-sekin, emarilgan sari tayyor mahsulotga o‘tkazib boradilar. Korxonalar balansida ishlab chiqarish fondlaridan tashkari yana nosanoat asosiy fondlar mavjud. Bularga madaniyat uylari, bolalar bog‘chalari va yaslilar, kommunal ob’ektlar, tibbiyot va sog‘lomlashtirish muassasalari kiradi. Ular ishlab chiqarish jarayonida ishtiroq etmaydilar va qiymatlarini tayyor mahsulotga o‘tkazmaydilar – ularning vazifasi ishchi va xodimlarga xizmat ko‘rsatib, moddiy, madaniy turmushdarajasini ko‘tarish va faravonligini yaxshilashdir. Aylanma mablag‘lar esa ishlab chiqarish siklida bir marotaba ishtiroq etib, batamom iste’mol qilinadilar, o‘z natural xolatlarini yo‘qotib, qiymatlarini to‘la-to‘liq tayyor mahsulotga o‘tkazadilar. Bularga xom ashyo, material, yarim fabrikat, tara, tez ishdan chiqadigan va qiymati past buyumlar va xokazolar kiradi. Sanoat tarmoqlar xususiyatlariga qarab fondlarni umumiy xajmida asosiy va aylanma fondlarning ulushi turlicha. Masalan, umumiy ishlab chiqarish fondlar tarkibida asosiy fondlarning ulushi kimyo sanoatida 90 %, mashinasozlikda 60%, umum sanoat bo‘yicha esa 80% ga teng. Kimyo sanoati tarmoqlarida ham asosiy fonjlarning ulushi quyidagicha: Lak-bo‘yoq sanoatida 70%; Maishiy kimyo sanoatida 60%; Plastmassa va chaqich sanoatida 84%; Azot sanoatida 97%; Asosiy kimyo sanoatida 91%; Tog‘-kimyo sanoatida 93% va x.k. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida asosiy fondlar ishlab chiqarishning barcha omillar asosida intensifikatsiyalashtirish asosida iqtisodiy o‘sishini ta’minlovchi zaminidir. Asosiy fondlar – bu mehnat vositalarining katta sonini tashkil qilib, o‘zlarining iqtisodiy birligi, o‘xshashligiga qaramasdan, bir-birlaridan maqsadli ahamiyat; xizmat davri, ishlab chiqarish jarayonida ishtiroki bo‘yicha aloxida gurux (gruppalar) ga bo‘linadilar. Bu bo‘linish ishlab chiqarish fondlarning tasnifi (klassifikatsiya) deb ataladi va quyidagicha ko‘rinishida bo‘ladi: Bino va imoratlar – sex, ombor, garaj, laboratoriya korpuslari, ya’ni qurilish – arxitektura ob’ektlari. Ularning vazifasi ishlab chiqarishda sharoit yaratib, xom ashyo, material, mahsulotlar, mehnat vositalarni saqlash. Inshootlar – injener-qurilish ob’ektlari, ularning vazifasi mehnat buyumlarni o‘zgarishiga ta’sir qilmay, texnik funksiyalarni bajarishdir (estakada, tutun quvurlar, bunker, ko‘prik, avtoyo‘llar, nasos stansiyalar, temir yo‘llar, to‘g‘onlar). Uzatma moslamalar – transporter (uzatgich) lar, kranlar, ko‘targich mexanizmlar, osma yo‘llar, gaz, neft quvurlar, pnevmoquvurlar, quvvatlar, etkazuvchi moslamalar, aloqa liniyalar, elektr, issiqlik tizimlari va x.k. Mashina va dastgohlar – shu jumladan: Kuch beruvchi mashina va uskunalar – issiqlik va elektr quvvatini ishlab chiqaruvchi, turli xil quvvatlarni mexanika quvvatiga aylantiruvchi ob’ektlar (generator, el.dvigatel, bug‘, qozonlar, turbina, kompressor va x.k.). Ishchi mashina va dastgoxlar – inson mexnat vositalariga ta’sir ko‘rsatuvchi ob’ektlar – kontakt apparatlar, reaktor, absorberlar, avtoklav, qoliplash uskunalar, quritgichlar, tegirmonlar, quydirgich (pech) lar va x.k. V) O‘lchov, sozlovchi va avtomatika asboblari, laboratoriya uskunalar – ishlab chiqarish jarayonini nazorat va sozlanishi, laboratoriya izlanishlar uchun mo‘ljallangan asboblar. G) xisoblash texnikasi – matematik, logik echimlar bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni tezlashtirish (jadallashtirish) va avtomatlashtirish uchun qo‘llaniladigan mashina, moslama, asboblar – ExM, raqamli xisoblash mashina va moslamalar. Transport vositalari – korxonaga qarashli odam va yuq tashish uchun mo‘ljallangan xarakat vositalari – suv, havo, temir yo‘l transport vositalari, elektr va avtokara, elektr yuqlagichlar va x.k. Instrument va moslamalar – ishchi mashinalar bilan mehnat buyularni og‘lashda qulayliklar yaratuvchi moslamalar: pnevmobolg‘alar, zajim, qisqichlar va h.k. Ishlab chiqarish va xo‘jalik inventar – stol, shkaf, bosma mashinalar, baklar, yong‘inga qarshi vositalar, texnik biblioteka. xo‘jalik instrument va inventarlarning ko‘pligidan, asosiy fondlarga xizmat davri 1 yildan ortiq va qiymati 1000 so‘mdan ortiq bo‘lganlari kiradi. Asosiy ishab chiqarish fondlar aktiv (faol) va passiv (sust) qismlarga bo‘linadilar. Aktiv qismini tashkil qiluvchi asosiy ishlab chiqarish fondlar ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtiroq etadilar, sus asosiy ishlab chiqarish fondlar esa shart- sharoit yaratib beradilar. Asosiy ishlab chiqarish fondlar aktiv qismini ishchi, kuch beruvchi mashina va dastgoxlar, o‘lovchi, sozlovchi asboblar tashkil qilsa, passiv qismiga bino, inshoat, inventarlar kiradi. Ja’mi qimytida asosiy ishlab chiqarish fondlar guruxlarning nisbati ularning strukturasini (tuzilishini) aks ettiradi. Kimyo va oziq-ovqat sanoatida asosiy ishlab chiqarish fondlar strukturasiga ta’sir etuvchi asosiy omillar quyidagilar: Ishlab chiqariladigan maxsulotning xarakteri; Maxsulot ishlab chiqarish xajmi; Ishlab chiqarishni tashkil qilish formasi; Kooperatsiya va ixtisoslik darajasi; Avtomatizatsiya va mexanizatsiya darajasi; Korxna joylashishining geografik va iqlim shart-sharoitlari. Asosiy ishlab chiqarish fondlarning kimyo va oziq-ovqat sanoatidagi strukturasi quyidagi jadvalda keltirilgan. - jadval Kimyo sanoatida tarmoqlarida asosiy fondlarning turi bo‘yicha strukturasi (%-da)
- jadval Oziq-ovqat sanoati asosiy fondlarining strukturasi (%-da)
- javdal Oziq-ovqat sanoati va uning asosiy tarmoqlari, asosiy fondlarining strukturasi Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling