Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti
Download 1.1 Mb.
|
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollar
Tayanch so‘z va iboralarMenejment – maxsus boshqarish faoliyatini bildiradi. Menejment firma, korxonaning ishlab chiqarish, tijorat va moliyaviy faoliyatini boshqarish bo‘lib, firma jamoasining guruxiy manfaatiga xizmat qiladi. Menejment ishlab chiqarishni rejalash, tartibga solish, nazorat qilish, shuningdek ishlab chiqarishga raxbarlik qilish, uni tashkil qilishdir. Menejer – maxsus tayyorgorlik ko‘rgan boshqarishning sir-asrorlari, qonun- qoidlarini ellanma boshqaruvchilar bo‘lib, axolining aloxida ijtimoiy qatlamini tashkil etadi. Zamonaviy menejer jamoat ishlab chiqarishda: a) boshqaruvchi; b) diplomat; v) etakchi (peshqadam); g) innovator; d) inson sifatida maydonga chiqadi. Mnejment yoki boshqarishning ob’ekti – korxona faoliyatidir, uning sub’ekti esa boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning xodimlaridir. Korxona, firmani boshqarish menejerlarning kasbiy faoliyati xisoblanadi. Menejment ishida boshqarishning usullari: a) iqtisodiy usul – kutilgan maqsadlarga erishish iqtisodiy vositalar yordamida amalga oshiriladi. Kishilarning shaxsiy va guruxiy manfaatlarini yuzaga chiqarish orqali ularning samarali ishlashi ta’minlanadi; b) ma’muriy usul – boshqarish buyruq va farmoyishlar orqali olib boriladi; v) ijtimoiy-psixologik usul – ijtimoiy-ma’naviy vaziyatga ta’sir etish orqali kishilarning fe’l-atvori, ruxiyatini xisobga olib ularning ijtimoiy (sotsial) talabini qondirish oqali boshqarish. Axborot (informatsiya) – menejment ichki va tashki axborotga asoslanadi. Ichki axborot korxona va uning ayrim bo‘g‘inlarining ishiga oid ma’lumotlar, tashki axborot bozorining axvoli, bozordagi o‘zgarishlar, rariklar va mijozlarning xatti-xarakatiga tegishli ma’lumotlardan iborat bo‘ladi. Axborot umumlashtiriladi, unga tayangan xolda boshqarishga oid qarorlar qabul qilinadi, xarakatlar amalga oshiriladi. Boshqarish – bu ko‘zlangan maqsadga etish qobiliyati va maxorati. Nazorat savollarMenejment (boshqaruv) moxiyati va uning tasnifi. Menejerlar kim va ularga qanday talablar qo‘yilgan? Menejment jarayonining bosqichlari va ularning amalga oshish usullari. Menejment tamoyillari va ularning tasnifi. Menejment funksiyalari va ularning tasnifi. Boshqaruv usullari va ularning moxiyati qanday? Marketing moxiyati va uning turlari nimadan iborat? FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. Karimov I.A. – “O‘zbekiston o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li”. T.: “O‘zbekiston”, 1992. Karimov I.A. –“O‘zbekiston - bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li”. T.: “O‘zbekiston”, 1993. Karimov I.A. – “O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida”. T.: “O‘zbekiston”, 1995. Karimov I.A. – “O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda”. T.: “O‘zbekiston”, 1999. Karimov I.A. Isloxatlar strategiyasi– mamlakatimiz iqtisodiy saloxiyatini yuksaltirishdir.(ma’ruza) “Xalq so‘zi” gazetasi, 2003 Karimov I.A. “O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li” (O‘R-si Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prezident Devonining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasi). “Xalq so‘zi” gazetasi, 31 avgust, 2007 O‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar to‘g‘risida»gi Qonuni. 8.O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi. T.: «Adolat», 1996. O‘zbekiston Respublikasining «Mahsulot tannarxi (ishlar, xizmatlar) ni tashkil qiluvchi sarflar tarkibi va mahsulot (ishlar, xizmatlar) ni sotish, moliyaviy natijalarni hosil bo‘lish tartibi to‘g‘risida»gi Yo‘riqnoma. Toshkent, 1999. Gorfinkel V.YA. i dr. – «Ekonomika predpriyatiya». M.: YUNITI, «Banki i birji», 1998. Gruzinov V.P. i dr. – «Ekonomika predpriyatiya». M.: «Finansы i statistika», 1998. Volkova O.I. M. «Ekonomika predpriyatiya» (kurs leksiy) “INFRA –M”, 2003. 13.Xasanov N.A., Xaydarov SH.U., YUgay L.P. «Zarabotnaya plata na predpriyatii». T.: izd. dom «Mir ekonomiki i prava», 2003. Kontor D. «Ekonomika predpriyatiya». SPb.: «Piter», 2003. Sultonxo‘jaev O.A., Muratova SH.X., Gabrielyan N.A., Abduraxmonov A.K. “Korxona iqtisodiyoti” (ma’ruzalar matni). T.: TKTI, 2000. Ortikov A. «Sanoat iqtisodiyoti» (darslik). T.: TDIU, 2004. Egamberdiev E., Kudratov F. «Korxona iqtisodiyoti» (o‘quv qo‘llan-ma), T.: TMI, 2004. Sklyarenko V.K. i dr. «Ekonomika predpriyatiya». M.: «INFRA-M», 2002. 19.Ortiqov.A.A va boshq... “Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil qilish” (o‘quv qo‘llanma) T.: TDIU, 2004. Maxmudov E.T “Korxona iqtisodiyoti” (o‘quv qo‘llanma) T.: TDIU, 2004. Muratova SH.H. “Kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonalarining iqtisodiyoti” (ma’ruzalar to‘plami). T.: TKTI, 2007 Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling