Bashorat qilish - kelajakda ro’y berishi mumkin bo’lgan turli hodisa va jarayonlarni statistik, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa turdagi tadqiqotlar yordamida ilmiy asoslangan holda avvaldan aytib berish.
Biznes - bozor iqtisodiyoti sharoitlarida sub’ektning ma’lum bir mahsulot yoki xizmat turini yaratish va sotish yo’li bilan foyda olishga mo’ljallangan iqtisodiy faoliyati.
|
Biznes-reja - korxona faoliyati dasturi, kutilayotgan xarajat va daromadlar hisobini o’z ichiga oluvchi kompaniya faoliyatining muayyan maqsadlariga erishish uchun muayyan chora-tadbirlar rejasi. Marketing tadqiqotlari asosida ishlab chiqiladi.
|
Veksel - qimmatbaho qog’oz turi, belgilangan tartibda yozma shakldagi qarz majburiyati, o’z egasiga (veksel oluvchiga) veksel beruvchidan ko’rsatilgan pul miqdorini belgilangan muddatda gap-so’zsiz to’lanishini talab qilish huquqini beradi.
|
Venchur firma – tijorat bilan shug’ullanuvchi ilmiy-texnik firma, yangi texnologiyalar va mahsulotlarni daromadlarni avvaldan belgilamagan holda ishlab chiqish va qo’llash bilan shug’ullanadi (tavakkalchilikka asoslangan kapital qo’yilmasi).
|
Dividend - aktsiyadorlik jamiyati foydasining bir qismi, har yili soliqlarni to’lash, ishlab chiqarishni
|
kengaytirish, zahiralarni to’ldirish, obligatsiyalar bo’yicha foizlar to’lash va direktorlarni mukofotlashdan so’ng aktsiyadorlar o’rtasida taqsimlanadi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |