Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Fondlar bilan ta’minlanganlik


Download 1.1 Mb.
bet64/83
Sana23.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1047910
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   83
Bog'liq
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti

Fondlar bilan ta’minlanganlik – asosiy ishlab chiqarish fondlari bilan ta’minlanganlik ko’rsatkichi (asosiy ishlab chiqarish fondlarining korxonaning har bir xodimi yoki ishchisiga to’g’ri keluvchi hajmi).

Franchayzer - franchayzi bilan franchayzing shartnomasi imzolovchi yirik korxona (korporatsiya, firma va hokazo).

Franchayzi (operator) – yirik franchayzer korxona bilan bitim tuzuvchi kichik korxona.

Franchayzing - yirik va kichik tadbirkorlikning aralash shakli; o’zaro foydali hamkorlik munosabatlari.

Xolding kompaniyasi - o’z kapitalidan boshqa kompaniyalarni boshqarish, ularga rahbarlik qilish va dividend olish maqsadida ularning aktsiyalarini sotib olishda foydalanuvchi aktsiyadorlik kompaniyasi.

Xususiylashtirish – davlat mulkini boshqa mulkchilik shakllariga, jumladan, jamoa, aktsiyadorlik va xususiy mulkka o’tkazishda mulkchilik munosabatlarining o’zgarish jarayoni.

YAlpi daromad – korxona faoliyatining yakuniy natijalarini tavsiflaydi hamda yalpi pul tushumi va mahsulot ishlab chiqarish va sotishga sarflanuvchi barcha xarajatlar o’rtasidagi farqni ifodalaydi.

YAlpi pul tushumitovar mahsuloti, ish, xizmat va moddiy boyliklarni sotishdan tushuvchi pulning umumiy miqdori.

YAlpi foyda – korxona yalpi daromadining barcha majburiy to’lovlarni chiqarib tashlagandan so’ng korxona ixtiyorida qoluvchi qismi.

Huquqiy shaxs – fuqarolik sub’ekti sifatida faoliyat yurituvchi, mustaqil balans, gerbli muhr va bankda hisob raqamiga ega, Nizom asosida faoliyat yurituvchi hamda baknrotga uchraganda o’z mulki bilan javob beruvchi korxona.

Qayta tiklash – mavjud ishlab chiqarishni texnik va tashkilish takomillashtirish, asosiy fondlarni kompleks ravishda yangilash va zamonaviylashtirish asosida to’liq qayta qurish jarayoni.


Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling