Korxonaning tijorat sirlari– korxonaning ishlab chiqarish, texnologiyalar, boshqaruv va boshqa turdagi faoliyati bilan bog’liq, oshkor qilinishi korxona manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo’lgan, davlat sirlariga aloqasi bo’lmagan ma’lumotlar.
Lizing - mulkka egalik qilish huquqi ijaraga beruvchida saqlangan holda, mulkni uzoq muddatli ijaraga berishga asoslangan holda investitsiyalarni moliyalashtirish shakli; mashina, uskuna va transport vositalarining o’rta va uzoq muddatli ijarasi.
|
Litsenziya - qonunda belgilangan muayyan xo’jalik operatsiyalari, jumladan, tashqi savdo (eksport va import) operatsiyalarini amalga oshirish bo’yicha, vakolatli davlat idoralarining huquqiy shaxslarga beruvchi maxsus ruxsatnomasi.
|
Marketing - korxonalarning mahsulot ishlab chiqish, ishlab chiqarish va sotish yoki xizmat ko’rsatishga oid faoliyatini, bozorni va iste’molchilar talabiga faol ta’sir ko’rsatishni o’rganish asosida boshqarish tizimi.
|
Materiallardan foydalanish koeffitsienti – xom ashyo va materiallarning oqilona tarzda sarflanishini tavsiflovchi ko’rsatkich. Tayyor mahsulot tarkibiga kiruvchi materiallarning ishlov berilgan materiallarning umumiy hajmiga nisbati sifastida hisoblanadi.
|
Mahsulot attestatsiyasi - mahsulot sifatining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini ob’ektiv baholashni tizimli ravishda amalga oshirishni ko’zda tutuvchi, tashkiliy-texnik va iqtisodiy chora-tadbirlar majmuasi.
|
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari – mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniluvchi tabiiy resurslar, xom ashyo va materiallar, yoqilg’i va energiya, asosiy fondlar va mehnat resurslari, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish va sotishning boshqa xarajatlarining qiymat baholari.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |