Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Download 1.1 Mb.
bet63/83
Sana23.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1047910
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   83
Bog'liq
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti

Smenalilik koeffitsienti –uskunalarning vaqt bo’yicha ish bilan ta’minlash darajasi ko’rsatkichi; sutka davomida ishlab berilgan mashina-smenalarning o’rnatilgan barcha smenalar soniga nisbati orqali aniqlanadi.

Stanadartlashtirish - ishlab chiqarishning ma’lum bir sohasida faoliyatni tartibga solish maqsadida barcha manfaatdor tomonlar ishtirokida qoidalar belgilash va qo’llash. Normativ hujjatlar, standartlar, yo’riqnomalar, usullar, talablarda aks ettiriladi.

Ta’sis hujjatlari – yangi tashkil qilinuvchi korxona, kompaniya, aktsiyadorlik jamiyatini ta’sis etish va ularni belgilangan tartibda ro’yxatga olish uchun asos bo’lib xizmat qiluvchi hujjatlar.

Texnik qayta qurollantirish – ishlab chiqarish alohida uchastkalarining texnik imkoniyatlarni zamonaviy darajaga chiqarish jarayoni.

Uskunalarni zamonaviylashtirish – harakatdagi uskunalar konstruktsiyasiga, uning texnik darajasini oshiruvchi hamda texnik va iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilovchi sezilarli o’zgarishlar kiritish. Zamonaviylashtirish ikkinchi shakldagi ma’naviy eskirishning oldini olishga ko’maklashadi.

Ustama xarajatlar – asosiy xarajatlarga qo’shimcha bo’lib, ular bilan birga ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiritiluvchi, ishlab chiqarish va korxona boshqaruviga xo’jalik xizmati ko’rsatish xarajatlari.

Fan-texnika taraqqiyoti - fan, texnika, texnologiyalar rivojlanishi, mehnat predmetlari, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning uzluksiz rivojlanish jarayoni.

Firma - huquqiy shaxs maqomiga ega bo’lib, tovar ishlab chiqarish va sotishni bir umumiy boshqaruv (va umumiy firma nomi) ostida birlashtiruvchi, korxona yoki turli mulkchilik shaklidagi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar majmuasi.

Foyda – korxona faoliyatining yakuniy moliyaiy natijalari; pul tushumi va xarajatlar o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.

Fond qaytimi – asosiy ishlab chiqarish fondlarining bir so’miga to’g’ri keluvchi mahsulot miqdori.

Fond sig’imi –fond qaytimiga teskari bo’lgan nisbat. Asosiy ishlab chiqarish fondlari o’rtacha qiymatining ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati sifatida hisoblanadi.


Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling