Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Mustaqil ta’limga oid topshiriqlar


Download 1.1 Mb.
bet77/83
Sana23.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1047910
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   83
Bog'liq
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti

Mustaqil ta’limga oid topshiriqlar
Mustaqil ishni bajarishning maqsad va vazifalari.
Mustaqil ish talaba tomonidan mustaqil bajariladigan ilmiy izlanish bo‘lib, unda talaba o‘qish davri mobaynida olgan nazariy bilimlari, amaliy darslarni qanday darajada o‘zlashtirganligini, shu bilan birgalikda o‘z ixtisosligi bo‘yicha mexnat faoliyat uchun tayyorgarlik darajasini namoyon etadi.
Kurs ishi bakalavriatning mazkur yo‘nalishiga davlat ta’lim standartlarida qo‘yilgan talablarga, qishloq xo‘jaligi va agrosanoat majmuasining rivojlanish istiqbollariga va mamlakatimiz xukumatining agrar siyosati va bu soxada olib borayotgan iqtisodiy islohotlari mazmuniga mos kelishi maqsadga muvofiq.
Mustaqil ishni bajarishdan ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalar quyidagilardan iborat:
-talabalarning ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha olgan nazariy va amaliy bilimlarni umumlashtirish, tizimga keltirish, mustahkamlash va kengaytirish, olingan bilimlarni aniq ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy va biznes vazifalarini hal etishda qo‘llash;

  • talabalarda mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, echim talab etadigan muammo va masalalarni tadqiq etish usullarini egallashga va tadqiqot o‘tkazishga imkon yaratish;

  • ijodiy ishlash, ishlab chiqilayotgan masalaning (muammoning) qo‘yilish jarayonidan boshlab, uni to‘la nihoyasiga etkazish bo‘yicha qaror qabul qilishda bo‘lgan ma’suliyatni xis etishga o‘rgatish;

  • zamonaviy ishlab chiqarish va biznes, iqtisodiyot, texnika va madaniyatining rivojlanishi sharoitida talabalarni mustaqil ishlashga tayyorgarligini aniqlash.

Mustaqil ishning muhim vazifalaridan biri – talabaning muayyan bir qishloq xo‘jaligi korxonasi yoki uning bo‘linmasi misolida ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish masalalariga tanqidiy baho bera olishidir. Ishni bajarish jarayonida faqatgina korxona erishgan ishlab chiqarish va iqtisodiy natijalarni qayd etish bilan cheklanmay, ularni muayyan shart-sharoitlar bilan bog‘lay olish, mavjud kamchiliklar va muammolarning kelib chiqish sabablarini ochib berish muhimdir. Tashkiliyiqtisodiy masalalarni ishlab chiqarishning texnik, texnologik va tabiiy omillari bilan uzviy bog‘liklikda ko‘rib chiqish lozim.
1. Mustaqil ish mavzulari.

1.

Iqtisodiy rivojlanishning yuqori sur’atlarini ta’minlash sharoitida korxona tashqi iqtisodiy faoliyatini samarali tashkil etish.

2.

Iqtisodiy rivojlanishning samaradorligini ta’minlash sharoitida korxonada mehnat unumdorligi va uni oshirish yo‘llari.

3.

Iqtisodiy rivojlanishning yuqori sur’atlarini ta’minlash sharoitida korxonada biznes-rejalashtirishni takomillashtirish.

4.

Iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish jarayonlarini chuqurlashtirish sharoitida sanoat korxonalari ishlab chiqarish tuzilmasini takomillashtirish yo‘llari.




5.

Islohotlarni davom ettirish va chuqurlashtirish sharoitida korxonani modernizatsiyalashda lizing tizimidan foydalanishni kengaytirish yo‘llari.

6.

Iqtisodiy rivojlanishning yuqori sur’atlarini ta’minlash sharoitida korxonada mahsulot raqobatbardoshligini ta’minlash asoslari

7.

Iqtisodiy rivojlanishning samaradorligini ta’minlash sharoitida korxonada ishlab chiqarishning material sig‘imini kamaytirish yo‘llari.

8.

Iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish jarayonlarini chuqurlashtirish sharoitida korxonalar kooperatsiyasini rivojlantirish yo‘nalishlari.

9.

Iqtisodiy rivojlanishning yuqori sur’atlarini ta’minlash sharoitida korxonaning tijorat siri va iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash.

10.

Mamlakat raqobatdoshligini oshirishni ta’minlash sharoitida sanoat korxonalarida iqtisodiy nochorlikni oldini olish va inqirozga qarshi boshqaruvni yaxshilash.

11.

Mamlakat raqobatdoshligini oshirishni ta’minlash sharoitida sanoat korxonasining bankrotligi va uni oldini olish yo‘llari.

12.

Iqtisodiy rivojlanishning samaradorligini ta’minlash sharoitida korxonada marketing va sotish faoliyatini samarali tashkil etish yo‘nalishlari.

13.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat korxonalarida yordamchi xo‘jaliklarni samarali tashkil etish.

14.

Iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish jarayonlarini chuqurlashtirish sharoitida sanoat korxonalarida ixtisoslashuv va kooperatsiyani tashkil etishni yaxshilash.

15.

Iqtisodiy rivojlanishning samaradorligini ta’minlash sharoitida korxonada resurs tejamkorligini amalga oshirish yo‘nalishlari.

16.

Iqtisodiy rivojlanishning samaradorligini ta’minlash sharoitida korxonada foydani shakllantirish va undan samarali foydalanish yo‘llari .

17.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ishlab chiqarishda texnologik xizmatlarni tashkil etishni takomillashtirish.

18.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat korxonasida moliyaviy rejalashtirishni takomillashtirish.

19.

Mamlakatimiz raqobatdoshligini oshirishni ta’minlash sharoitida sanoat korxonasida halqaro standartlarga muvofiq mahsulot sifatini oshirish yo‘nalishlari.


Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling