Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti
Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi
Download 0.56 Mb.
|
Iqtisodiy talimotlar tarixi
Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi. Iqtisodiy taraqqiyot J.S.Mill ta’limoti bo‘yicha fan-texnika taraqqiyoti, shaxsning va mulkning rivojlanishi bilan bog‘liq. Ishlab chiqarish va jamg‘arish ko‘payadi, soliqlar ancha erkinlashadi, ko‘pchi!ik kishilaming ishbilarmonligi oshadi, kooperatsiya takomillashib va rivojlanib boradi. Bulaming barchasi samaradorlikning o‘sishiga, ya’ni ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishiga va qiymatning pasayishiga olib keladi (oziq-ovqat va xomashyo qiymatidan tashqari).
J.S.Millda kapital evolyutsiyasi D.Rikardo nazariyasiga o'xshab ketadi. Foyda me’yori pasayib boradi, asta-sekin minimum darajaga intiladi, lekin bu holat hali ham kapitalni jamg‘arishga va jamg‘arilgan vositalardan unumli foydalanishga undaydi. Foiz me’yorining minimum darajasiga boMgan intilishni chetga kapital chiqarish va eksportni ko‘paytirish bilan sekinlashtirish mumkin. Bunda foyda me’yorini pasaytiruvchi kapitalning ortiqcha qismi chetga chiqib ketadi; bu yerda kapital yo‘qoImaydi, baiki u yangi bozorlarni tashkil etish va chetdan arzon tovarlami olib kelish uchun ishlatiladi. Kapitalning bir qisinining chetga chiqib ketishi foydani va foiz me’yorini oshirib, jamg‘armaga bo‘lgan yangi intilishni keltirib chiqaradi. U shuningdek, foyda me’yorining pasayish moyilligi davlat xarajatlarini oshirishga qarshi bo‘lgan dalillarni kuchsizlantiradi, deb hisoblaydi. Ko'rilayotgan kapital harakatining oxirgi natijasi bu iqtisodiy yuksalish uchun kurash to‘xtagan paytdagi turg‘unlik holati hisoblanadi. Ammo J.S.Mill agar turg‘unlik holati ishlab chiqarishning yuqori darajasida yuzaga kelgan bo‘lsa, unga ijobiy munosabatda boMgan «Faqat dunyodagi qoloq mamlakatlarda ishlab chiqarishni ko'paytirish eng asosiy vazifa hisoblanadi. Ancha rivojlangan mamlakatlarda taqsimotni takomillashtirish iqtisodiy zaruratga aylandi». Uning fikriga ko‘ra hech kim kambag‘al bo‘lmagan, hech kim boylikka intilmagan va birovlarning oldinga chiqib olishga qilgan harakati tufayli boshqalaming orqaga surib tashlanishi xavfi boMmagan vaziyatdagi jamiyat odamlar uchun eng yaxshi yashaydigan jamiyat hisoblanadi. Bunday turg‘unlik davrida madaniyatning barcha shakllarini rivojlantirish, ma’naviy va ijtimoiy taraqqiyot uchun imkoniyatlar cheklanmagan bo‘ladi. Odam o‘zi yaratmagan narsalarga uning egalik qilish huquqini adolatsizlik, deb hisoblovchi xususiy mulk tanqidiga J.S.Mill qarshi chiqdi. Masalan, ishchilar fabrikada barcha mahsulotni yaratadi, lekin uning ko‘pchilik qismi boshqa birovga tegadi. «Bu e’tirozga javob shundan iboratki, fabrikada mehnat tovar ishlab chiqarish uchun zarur boMgan sharoitlaming biri hisoblanadi xolos. Ishni materiallarsiz, asbob- uskunalarsiz hamda ishlab chiqarish paytida ishchilami ta’minlash uchun oldindan tayyorlangan yashash vositalari zaxiralarisiz bajarib bo‘lmaydi. Bu narsalaming hammasi o‘tgan mehnat mahsuli hisoblanadi. Agar ishchilar bu narsalarga ega bo‘lganda, ularda mahsulotni boshqa birovlar bilan boMishishga zarurat boMmas edi. Ammo ishchilarda bu narsalar bo‘lmaganligi uchun ular ekvivalentning bir qanchasini (mahsulotlaming bir qismini-muallif) ushbu narsalarga egalik qiluvchi kishilarga berishi kerak». Ammo xususiy mulk doirasidan yer chiqarib tashlanishi lozim (chunki u mehnat mahsuli hisoblanmaydi). Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling